Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


TURLI SHROITLARDA NAFASNING XUSUSIYATLARI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

TURLI SHROITLARDA NAFASNING XUSUSIYATLARI.
JISMONIY ISH PAYTIDAGI NAFAS
Ish bajarayotganda muskullar sarflaydigan kislorod miqdori keskin oshadi.
Ana shu ehtiyojni qondirish uchun tashqi nafas va kislorodning qon bilan
tashilishi jadallashishi kerak. Katta yoshdagi odamning organizmi tinch holatda
har daqiqada 300 ml kislorod o’zlashtirsa, bir qadar og’ir jismoniy ish
bajarilganda bu miqdor 4-5 litrga yetadi. Ayni paytda CO
2
va kislotali tabiatga
ega bo’lgan moddalarning hosil bo’lishi tezlashadi. Bularni organizmdan
chiqarib tashlash va to’qimalarni O
2
ga bo’lgan ehtiyojini to’ldirish uchun nafas
va qon aylanish tizimlari o’z faoliyatini oshirishi kerak.
Jismoniy ish davomli bo’lsa, o’pka ventilyatsiyasi o’zlashtirilgan kislorod
miqdoriga yarasha ortadi. Tashqi nafasning bajarilayotgan ishning og’irlik
darajasiga moslashish mexanizmlari ancha murakkab. Ish boshlanishi bilan
qonning gaz tarkibi o’zgarib ulgurmasdanoq, o’pka ventilyatsiyasi kuchayadi.
Demak, nafas markaziga nerv tizimining ta’siri o’zgaradi. Miya postlog’ining
motor sohalaridan muskullar ishini boshqarishga qaratilgan efferent impulslar
nafas markaziga ham ta’sir qilib, nafasni kuchaytiradi. Po’stloqning nafasga
ta’siri gipotalamik markazlar faoliyatini o’zgartirish yo’li bilan ham yuzaga
chiqishi mumkin.


Bundan tashqari, ish vaqtida o’pka ventilyatsiyasining kuchayishiga sabab
qisqarayotgan muskullar proprioretseptorlaridan kelib chiquvchi afferent
impulsatsiyaga ham bog’liq. Oyoq muskullari passiv harakatlanganda
kuzatiladigan giperventilyatsiya buning isboti bo'’ishi mumkin.
Ish davom etaversa, o’pka ventilyatsiyasini yuqori darajada saqlab turish
mexanizmi o’zgaradi. Endi chetdagi va markaziy xemoretseptorlarning
qo’zg’alishi nafas markaziga sezilarli ta’sir o’tkaza boshlaydi. Agar
bajarilayotgan ish uncha og’ir bo’lmasa, o’pka ventilyatsiyasining oshishi
qonning gaz tarkibi deyarli bir me’yorda bo’lishini va kislota-asos muvozanat
saqlanishini ta’minlaydi. Tabiiyki, bu sharoitda qon aylanishi ham yetarli
darajada jadallashishi kerak.
Organizm bunga yurakning urish tezligini bir daqiqada 70 dan 150-200
gacha, sistolik hajmni 70 ml dan 200 ml gacha ko’paytirish yo’li bilan erishadi.
Natijada tinch holatda 4-5 litrga teng bo’lgan qonning minutlik hajmi 25-30
litrga yetadi. Ishlayotgan muskullarning qon tomirlari kengayib, qon bilan
ta’minlanishi yaxshilanadi.
Ayni vaqtda qonning kislorod sig’imi ham ortadi, chunki zahiralardan
eritrotsitlarga boy qon tomirlarga o’tadi.
Ishlab turgan muskullarning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilashda
to’qimalardagi oksigemoglobinning parchalanishini tezlashishi ham ahamiyatga
ega. Faol muskul to’qimasida kislorod miqdori keskin kamayadi, CO
2
va sut
kislota miqdori ortishi tufayli muhit pH kislotali tomonga suriladi, to’qimaning
harorati ko’tariladi. Bu o’zgarishlarning barchasi oksigemoglobinning
parchalanishini tezlashtiradi. Natijada jismoniy ish vaqtida kislorodni
o’zlashtirish koeffitsiyenti 30-40% dan 50-60% gacha ko’tariladi.
Agar bajarilayotgan ish juda og’ir bo’lsa, tashqi nafas va qon aylanishi
qanchalik tezlashmasin, organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji to’la
qondirilmaydi. Kislorod qarzdorligi vujudga keladi. Shuning uchun ish
tugagandan keyin ham ma’lum vaqt davomida o’pka ventilyatsiyasi va qon
aylanishi yuqori darajada saqlanib qoladi. Bu davrda organizm kislorodni
keragidan ko’proq o’zlashtirib, kislorod tanqisligini qoplaydi. Kislorodning
ortiqcha qismi ish vaqtida qonda to’planib qolgan sut kislotani oksidlanishi
uchun sarflanadi. Sut kislotaning bir qismidan dam olish vaqtida glyukoza qayta
sintezlanadi.
Doimo jismoniy ish bilan shug’ullanadigan odamlarda o’pkaning tiriklik
sig’imi ko’payadi. Tinch holatda nafas siyrak va chuqur bo’ladi, qonning
kislorod va bufer sig’imi ortadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish