hisobidagi
tarkibini bilsak, har qaysi gazning parsial bosimini hisoblash oson
bo’ladi.
Alveolyar havo
kislorod, azot, karbonat angidrid va suv bug’idan iborat
aralashma. Uning umumiy bisimi 760 mm.s.u. ga teng bo’lib, shundan 47
mm.s.u. suv bug’iga to’g’ri keladi. Qolgan 713 mm.s.u. kislorod, azot va
karbonat angidridlar bosimi. Aralashmada bu gazlarning foiz nisbati 14,4; 5,6 va
80. Demak, alveolyar havodagi kislorodning parsial bosimi 713 mm ni 14,4%
ini, ya’ni 102 mm ni, karbonat angidridning parsial bosimi 713 mm ni 5,6% ini,
ya’ni 40 mm ni tashkil qiladi.
Aralashmadagi gazlar suyuqlikka duch kelganda, suyuqlikda gazlar o’z
parsial bosimiga bog’liq holda eriydi. Ma’lum vaqtdan keyin gaz aralashmasi va
suyuqlik o’rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi; vaqt birligida suyuqlikka
o’tgan gaz miqdori undan chiqqan gaz miqdoriga tenglashadi. Bu sharoitda
suyuqlikdagi gazning parsial tarangligi shu gazlar
aralashmasidagi parsial
bisimga teng bo’ladi.
Alveola va kapillyar devori bo’lmish aerogematik to’siqning bir tomonida
gazlar aralashmasi – alveolyar havo, ikkinchi tomonida suyuqlik – qon. Kislorod
va karbonat angidrid bu to’siqdan erigan holda diffuziya yo’li bilan o’tadi.
Kislorodning surfaktantda eruvchanligi yuqori bo’lganligi gaz diffuziyasini
yengillashtiradi. Diffuziyani gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi va
shu gazlarning qondagi parsial tarangligi o’rtasidagi farq ta’minlaydi.
Alveolyar havoda kislorodning parsial bosimi 102 mm.s.u
va karbonat
angidridning parsial bosimi 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu gaz bilan
aerogematik to’siq orqalo o’zaro munasabatda bo’ladigan suyuqlik – venoz
qonda ham ma’lum miqdor kislorod va karbonat angidrid bor. Kislorodning bu
qondagi tarangligi 40 mm.s.u.ni tashkil qiladi. Karbonat angidridning tarangligi
esa 46 mm.s.u. ga teng (45-rasm).
Kislorodning alveolyar havodagi parsial bosimi va uning venoz qondagi
parsial tarangligi o’rtasidagi farq 60 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu kuch havodan
qonga qaratilgani uchun kislorodni alveola bbo’shlig’idan qonga haydaydi.
Karbonat angidridning parsial bosimi va parsial tarangligi o’rtasida ham 6
mm.s.u. ga teng farq bor. Ammo bu kuch qondan alveola bo’shlig’iga
qaratilgan. U karbonat angidridni qondan alveolyar havoga diffuziyasini
ta’minlaydi. Karbonat angidridning alveolyar membranada
eruvchanligi yuqori
bo’lganidan bosimlar farqi oz bo’lsada, qon o’pka kapillyarlaridan o’tayotganda
butunlay diffuziyalanib bo’ladi.
Qon o’pka kapillyarlaridan o’rta hisobda 0,7 sekundda o’tadi. Shu vaqt
davomida gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi qondagi parsial
tarangligiga tenglashadi hamda kislorod uchun 100 mm.s.u. ni, karbonat
angidrid uchun 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: