18
2-Bob. Hujayra tuzilishi va fiziologiyasi. Hujayra nazariyasi. Hujayra
membranasi. Organizmdagi to’qimalar tuzilishi va vazifalari.
Hujayraviy nazariyaning asosiy xolatlari 1665 yilda ingliz fizigi R. Guk o`zi
yasagan mikroskop ostida po`kak kesmasini tuzilishini tekshirib ko`rgan. Bunda u
birinchi bo‘lib, po`kak kesmasi kattakchalardan yoki hujayralardan tashkil
topganligini aniqlagan. “Hujayra” terminini biologiyaga birinchi martaba R. Guk
kiritgan. 1671
yilda Malpigi, Gryu o`simlik to‘qimalari hujayralardan tashkil
topganini o`z tekshirishlarida ko`rsatdilar va Gukning kashfiyotini tasdiqladilar.
1680 yilda gollandiyalik A.V. Levenguk bir hujayrali organizmlarni tuzilishini
birinchi marotaba kashf etgan va bir qancha tirik hujayralarni (eritrotsitlar) tuzilish
xossalarini bayon etdi.
Hujayra haqidagi bilimlar mikroskop tuzilishi murakkablashishi va
ko`rsatish kattaligi oshishi bilan chuqurlashadi. XIX asrda Y.A Purkine hujayra
tarkibida protoplazma borligi va 1830 yilda esa ingliz fizigi R. Broun birinchi
bo‘lib, hujayra tarkibidan maxsus igna bilan yadroni ajratadi va hujayra yadrosiz
yashay olmasligini ko`rsatadilar. Nihoyat, shu davrgacha yig`ilgan
hujayralarning
tuzilishi va vazifasi haqidagi bilimlar asosida 1838 –1839 yillarda ikkita nemis
olimlari T. Shleyden va T. Shvann “Hujayraviy nazariya” ni yaratadilar va bu
kashfiyot XIX asrning eng katta kashfiyoti bo‘lib, o`z ahamiyati bo`yicha Darvin
tomonidan yaratilgan evolyutsion nazariya va energiya saqlanish qonunlari bilan
teng deb yuqori baholanadi. Hujayra haqidagi ta’limot keyinchalik nemis olimi
Virxov tomonidan ancha chuqur rivojlantirildi. Rus olimi K. Ber ko‘p hujayrali
organizmlarning rivojlanishi bitta hujayradan - tuxum hujayrasidan boshlanishini
ko`rsatdi. Keyingi davrda bir qancha o`tkazilgan ilmiy tekshirishlarda o`simlik va
hayvon hujayralarida
modda almashinish protsesslari, kimyoviy tarkibi
o`xshashligi tasdiqlandi. Ana shu dalillar organik olamning kelib chiqishi birligini
yana bir bor isbotladi.
Hujayralarning rivojlanishi, tuzilishi va funksiyasi xaqidagi fan s
itologiya
deb ataladi. Hujayra – sitoplazma bilan yadrodan iborat elementlar tirik sistema
19
bo‘lib, barcha hayvonlar va o`simliklarning
tuzilishi, rivojlanishi va hayot
faoliyatining negizidir (ilova:1-rasm). Hujayralar katta-kichikligi jihatdan bir-
biridan farqlanadi. Masalan: limfotsitlarning katta-kichikligi 7 mikron bo`lsa,
tuxum hujayralari kattaligi esa 200 mikrongacha yetadi. Bundan tashqari
hujayralar shakllari xilma-xildir. Hujayralararo moddada joylashgan hujayralar
ko‘pincha o`simtali va noto‘g‘ri shaklga ega. Bunday hujayralar xuddi amyobaga
o`xshash bo‘lib, o`z shaklini o`zgartirish qobiliyatiga ega.
Sitolemma
–
universal biologik membrana bo‘lib, kimyoviy tarkibi jihatdan 2 qatlamli lipiddan
va ularda joylashgan integral va pereferik oqsillardan iborat (ilova:4-rasm).
Sitolemmani yuza qatlami glikokaliks deyiladi va uning tarkibida oqsil va yog`
molekulalar uglevodlar bilan glikoproteidlar va glikolipidlarni hosil qiladi.
Sitolemma qalinligi 9- 10 nm. sitolemma yuzasida retseptorlar joylashgan
bo‘lib, turli biologik aktiv moddalarni – gormonlar
va mediatorlarni hujayra
tomonidan tanishini ta’minlab beradi. Sitolemma bir qancha muhim biologik
funksiyalarni bajaradi. Hujayra bilan atrof muhit orasidagi doimo modda
almashinuv protsesslarini ro`y berishini ta’minlaydi. Ma’lumki, hujayra
sitolemmasining yuzasida ko‘p miqdorda mayda teshikchalar – poralar bor. Har bir
poraning radiusi 8 A
o
teng bo‘lib, orasidan ma’lum hajmga ega bo‘lgan
molekulalar o`ta olish qobiliyatiga ega. Hujayra sitolemmasi fermentativ aktivlikka
ega, uning yuzasida bir qancha fosfataza fermentlar guruhlari va bir qator
moddalarni parchalash qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar aniqlangan. Hujayrani
oziqlanishda ham, sitolemma aktiv ishtirok etadi.Sitolemma
turli burmalar hosil
etib, qattiq zarrachalarni (fagotsitoz) va suyuq moddalarning tomchilarini
(pinotsitoz) o`rab olish qobiliyatiga ega (ilova:5-rasm).
Fagotsitoz
– bu qattiq
holdagi makromolekulalarni hujayra sitolemmasi orqali yutib olishi.
Pinotsitoz
–
bu suyuq va kolloid holdagi makromolekulalarni yutib olishiga aytiladi. Hujayra
ichiga o`tgan makromolekulalar parchalanishning keyingi bosqichlaridan o‘tadi.
Hujayra sitolemmasi ekzotsitoz jarayonini bajarishda ishtirok etadi.
Ekzotsitoz
–
bu modda almashinish natijasida hujayrada hosil bo‘lgan keraksiz zararli
moddalarni tashqariga chiqarishdir. Nihoyatda, sitolemma hujayralarning butun
20
ichidagi komponentlarini
tashqi muhitdan ajratib turib, himoya vazifasini
bajaradi.Sitoplazma organellalari deb, hujayrada maxsus tuzilishga ega bo‘lgan va
muayyan funksiyalarni bajaradigan doimiy qismlarga aytiladi. Organellalar ikki
gruppaga bo`linadi: umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan organellalar va maxsus
organellalar. Muhim ahamiyatga ega organellalar hamma o`simlik va hayvon
hujayralari uchun xos bo‘lib, bularga sitoplazmatik to`r, plastinkali kompleks,
mitoxondriyalar,
ribosomalar, sentrosoma yoki hujayra markazi va lizosomalar
kiradi. Maxsus organellalar faqat muayyan to‘qimalar uchun xos bo‘lib, ularni
bajaradigan spetsifik funksiyasi bilan bog`lik. Masalan, faqat muskul to‘qimaning
muskul hujayralarida qisqarish funksiyasini bajaradigan miofibrillalar, asab
to‘qimasini tashkil etuvchi asab hujayralar sitoplazmasida neyrofibrillalar, epitelial
to‘qimasida esa tayanch funksiyasini bajaradigan tonofibrillalar mahsus
organellalar bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: