SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil
7 fevraldagi PF № 4947 «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ning «Ijtimoiy sohani
rivojlantirish» ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
maqsadida ta’lim sifatini oshirish
va talabalarni bilim olish sifatini
ko‘tarish uchun zamon talablariga javob beruvchi adabiyotlar yaratish
muxim ahamiyat kasb etadi.
Fiziologiya fani tibbiyot institutlari umumiy ta’lim tizimida yetakchi fan
hisoblanadi.
Fiziologiya
- butun organizmning hayot faoliyati, uni tashqi muhit
bilan o‘zaro ta’siri hamda hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur o‘quv
qo‘llanmada odam fiziologiyasiga oid asosiy ma’lumotlar: faoliyatlarning umumiy
mexanizmlari, a’zolar va tizimlarini хususiy fiziologiyasi bayon etilgan.
Fiziologiya
tibbiyot,
farmatsevtika,
biotexnologiya
va
boshqa
mutaxassisliklarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologik tekshirishlar
organizmning va uning ayrim tizimlarini funksional faoliyatining qonuniyatlarini,
odam salomatligini saqlash tamoyillarini, organizmning hayot faoliyati davomida
turli ekologik sharoitlarga moslashish imkoniyatlarini, organizmni o‘rab turuvchi
muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirining qonuniyatlarini anglash imkoniyatlarini beradi.
Farmatsevtika
va
tibbiyot
institutlarining
farmatsevtika
fakultetlari uchun fiziologiya fani umumlashtirilgan holda yagona
dastur asosida o‘qitiladi. Odam fiziologiyasi fanini o‘qitishda, organizmning
barcha tizimlarini umumiy faoliyatida ularning tutgan o‘rni, muhit hamda ekzogen
va endogen omillarga bog‘liq ravishda shakllanishi, rivoji va yashashini tushunish
va bilimlarga ega bo‘lish, farmatsevtika soxasida taqsil olayotgan mutaxasislar
uchun tabiiy va sun’iy ravishda olingan dorivor preparatlarni tirik organizmga
ta’sir mexanizmlari haqida bilimlarni yanada mukammal bo‘lishiga asos yaratadi.
Ushbu “Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan” fanidan oquv
qo’llanma farmatsevtika yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarga fanning nazariy
qismini mustahkam o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
8
KIRISH
Fiziologiya va anatomiya biologik fanlarga tegishli, chunki ularning tadqiqot
ob’ektlari jonli organizmlardir. Fiziologiya, organizmning funksiyalarini, tizim,
a’zolar, to‘qimalar va hujayralarning hayotiy jarayonlarini o‘rganadi. Anatomiya
organizm tuzilishini va uning tarkibiy tuzilmalarini va a’zolarini o‘rganadi.
Fiziologiya va anatomiya uzviy bog‘liq, chunki organizmning funksiya va tuzilish
bir-biriga bog‘liqdir. Har bir hujayra, to‘qima, a’zo ma’lum faoliyatni amalga
oshirish uchun moslangan. Misol uchun, mushak hujayrasi – qisqaruvchanlik, bez
hujayrasi-organizm uchun kerakli faol moddalar ishlab chiqarish, tomirlar – qonni
harakati uchun, asab hujayrasi impulslar o‘tkazish vazifasini bajaradi. Bunday
mexanizmlar evolyutsiya davomida shakllangan hayvonot dunyosida shakllangan.
Bu jarayonlarni chuqurroq tushunish uchun organizmni bir butunligicha va tashqi
muhit bilan bog‘liq holda o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Anatomiya va
fiziologiya fanlarini o‘rganish, nafaqat tanasi tuzilmalari va ularning funksiyalarini
o‘rganishga yordam beradi, balki organizmning salomatligini saqlab qolish va
faoliyat mexanizmlarini ochish uchun ham ahamiyatli. Demak, anatomiya va
fiziologiya fanlarini o‘rganish amaliy tibbiyot uchun ham muhimdir. Anatomiya va
fiziologiya nazariy va amaliy tibbiyotning asosidir. Organizmning tuzilishi va
funksiyalarini o‘rganmay turib tibbiyot, jarrohlik, nevrologiya, ginekologiya,
endokrinologiya, psixiatriya, va hokazo fanlarni o‘rganish mumkin emas.
Shuningdek, organizmdagi turli patologiyalarni o‘rnanuvchi tibbiyot sohasi, avvalo
organizmning normal holdagi faoliyatini o‘rganishdan boshlaydi.
Fiziologiya – organizmni faoliyat mexanizmlari bilan bir qatorda uni
tashqi muhit bilan aloqasini ham o‘rganadi. Bu shuningdek, fiziologik
tadqiqotlar usullarini belgilaydi. Fiziologiya faqat tirik organizmlarni
o‘rganadi. Fiziologik izlanishlarning asosiy usuli – tajriba va tadqiqotdir.
Tajriba o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir tajriba asosida hayvonni
narkoz ostida a’zo faoliyatini kuzatish (masalan, yurak, o‘pka, mushak, va
boshqalar.) va a’zolar faoliyatiga ta’sir qilish orqali ularning faoliyatidagi
9
qonuniyatlarni aniqlash mumkin. Ba’zi fiziologik jarayonlarni o‘rganish
uchun a’zolarni ajratib olish, biron bir oziqlantiruvchi suyuqlik yuborish
(perfuziya) usullari qo‘llaniladi. Bu usullar organizmni to‘qima va a’zo
darajasida o‘rganish imkonini yaratadi. Surunkali tajriba, fiziologik
jarayonlarni
o‘rganishda
o‘tkir
tajribaga
nisbatan
mukammalroq
hisoblanadi.Shu
maqsadda,
hayvonni
davomli
tadqiqotlar
uchun
tayyorlanadi. Ushbu usul yordamida organizmdan a’zolarni ajratmagan
holda, hayvonni uzoq muddat davomida funksiyalarini o‘rganish mumkin
bo‘ldi.
Kasallik
fiziologik jarayonlarning buzilishi bo‘lib, a’zolarning tuzilishidagi
o‘zgarishlarga olib keladi. Patologik jarayonlarni normal holga keltirish uchun
dori-darmonlar orqali davolash keng qo‘llaniladi. Dori ta’siri ularning
farmakologik xususiyatlariga, ya’ni tananing buzilgan funksiyalarini tiklash
qobiliyatiga asoslangan. Sog‘lom odamda fiziologik jarayonlarning aniq bilish bu
dori-darmonlarni aniq maqsadli qo‘llash uchun zamin yaratadi. Shuning uchun,
anatomiya va ayniqsa, fiziologiya fanlarini chuqur o‘rganish insonlarning turli xil
kasalliklarida ularni to‘g‘ri qo‘llash uchun zarur. Shu sababli fiziologiya va
antomiya fanlari farmatsevtika sohasidagi mutaxasislar uchun farmakologiya,
biokimyo,
mikrobiologiya, patologik fiziologiya asoslari kabi fanlarni
o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Biroq, maxsus farmatsevtika sohasining
maxsus fanlari farmakognoziya, farmatsevtika, dorixona texnologiyalari kabi
fanlarda dorilarning xususiyatlari, ishlab chiqish usullari va ularni kasalliklarda
qo‘llash kabi ma’lumotlar o‘rganilganligi sababli organizmning funksional holatini
bilmagan xolda ularni qo‘llash mumkin emasligi katta ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, zamonaviy tibbiy amaliyotda faoliyat ko‘rsatuvchi shifokor
jahon farmatsevtika sanoatining shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitida dori
vositalarini baholash, tanlash va bemorlarning tayinlash jarayonida qiyinchiliklarga
uchrashi mumkin. Aytish joizki, har qanday dori vositalari ma’lum bir shakllarda
ishlab chiqarilishi (eritmalar, suspenziyalar, damlamalar, tomchi, malham,
qadoqlangan dorilar, tuzlar, va boshqalar) va ularni har birining ko‘p hollarda shu
10
turlari borligini ta’kidlagan xolda ularni davolovchi xususiyatlari ko‘pincha ularni,
ishlab chiqarish texnologiyasi va qo‘shimcha tarkibiga ham bevosita bog‘liq.
Farmatsevtik vositalarni davolovchi ta’sirini samarasini fanning yangi.yo‘nalishi
biofarmiya o‘rganiladi. Bundan kelib chiqqan holda amaliy tibbiyotga yangi
yo‘nalishdagi mutaxasis – tibbiyot provizori yoki dorishunos-shifokor zarur bo‘lib,
bu mutaxasis zamonaviy dori-darmon, ularning biofarmatsevtik va farmakologik
xususiyatlari haqida keng-ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi oydinlashadi. Bu
mutaxassislar shifokorga dori-darmonlarni bemorlarga tanlash va tayinlash bilan
bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha malakali maslaxat bera olishi kerak. Ushbu
yo‘nalishdagi mutaxasis farmatsevtika oliy o‘quv yurtida fiziologiya faning
asoslarini samarali o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.. Inson fiziologiyasini o‘rganish
organizmning funksional xususiyatlarini va mexanizmlarini tushunishga, uning
hayotiy faoliyatini ta’minlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |