212
imkoniyatlarning yetishmovchiligi hissiy zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Maqsadga
etish uchun zarur bo‘lgan
omillarni bilim, ko‘nikma, tajriba, energiya va vaqt
tashkil etadi. Organizmda bu omillarning birortasi yetarli bo‘lmasa, zo‘riqish holati
rivojlanadi. Ehtiyoj, maqsadning ahamiyati qanchalik katta bo‘lsa, omil
yetishmovchiligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, zo‘riqish darajasi shunchalik yuqori
bo‘ladi. Zo‘riqish ma’lum darajaga yetganidagina hissiyot uyg‘onadi.
Ong, tafakkur, xotira, diqqat.
Ong - odam OAF ning natijasidar. Ikkinchi
signal tizimi tufayli odam o‘z organizmi va tashqi muhitda, jumladan jamiyatda
vujudga kelgan hodisalarni ongi orqali anglashi mumkin.
Odamning OAF da
ikkinchi signal tizimining yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risida, so‘zlashish
simvolizatsiyasi bo‘lmaganda, qoidaga binoan faqat birinchi signal tizimidagina
vaqtli aloqalar ishlab chiqarilishi to‘g‘risida ilgari so‘z yuritgan edik. Bu aloqalar
ixtisoslashgandan so‘ng, ya’ni onglilik darajasiga (xali onglilik darajasida emas)
o‘taboshlagach, ular ikkinchi signal tizimning doimiy nazorati ostiga olinadi.
Birinchi signal tizimning vaqtli aloqalari, ayrim holatlarda subsensor
qo‘zg‘atgichlarga ham ishlab chiqariladi va ikkinchi signal tizimda aks etmasligi
mumkin.
Bunday aks etmaslik, ikkinchi signal tizimning organizmni qandaydir
faoliyati tufayli tormozlanib qolishi paytida, masalan, tashqi omillar, patologik
jarayonlar yoki ontogenezning birinchi davrlarida
uni yetarli rivojlanmasligi
paytida sodir bo‘lishi ham mumkin. Ikkala signal tizimning hamkorlikda faoliyati
tufayligina vaqt bo‘yicha orientirlanish imkoniyati bor. Ushbu qonuniyat barcha
vaqtli aloqalar va ulardan kelib chiqadigan tizimlarga tarqaladi va unga, ongli
(anglab yetilgan) va anglab yetilmagan reaksiyalarning o‘zaro harakat
mexanizmlari ham bo‘ysinadi. Organizmning
ongli va anglab yetilmagan
reaksiyalari o‘rtasidagi nisbiylik muammolarining fiziologik aspektiga eng yaqin
yondoshgan olim I.P.Pavlov bo‘ladi. U, odam va hayvonlar xulq - atvorini
o‘rganish paytida miya faoliyatida bir butun bog‘langan uchta bosqichni: shartsiz
reflekslarni, birinchi va ikkinchi signal tizimlarini ko‘rib chiqqan. Ong
tushunchasini belgilashda I.P.Pavlov unga fiziologik hodisa sifatida yondoshgan.
I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimi to‘g‘risidagi konsepsiyasiga alohida ahamiyat
213
bergan I.A.Orbeli, bu tizimlarning o‘zaro faoliyati odam OAF ning sub’ektiv va
ob’ektiv tomonlarini aks ettirishi va aynan shu xol, ikkinchi signal tizimi
faoliyatini belgilaydigan asab jarayonlari dinamikasining
natijasi ekanligini
yozgan. Adabiyotlardagi fikrlar ichida, buni tasdiqlaydigani ham bor: «...ikkinchi
signal tizimi birinchi signal tizimi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatib, voqelikni
aks ettirishning insonga xos shakllari bo‘lmish - insonning maqsadga qaratilgan
rejali faoliyatini oddiy organizm sifatida emas,
balki jamoa tarixiy hayot
faoliyatining sub’ekti sifatida ongli aks ettirishning fiziologik asosi bo‘lib xizmat
qiladi». Miya faoliyati uchchala darajasining uzluksiz birligi va o‘zaro hamkorlik
sxemasi eksperimental jihatdan tasdiqlanib, ongli, ongga yaqinlashish va
anglamaslik darajalarida shakllanish mexanizmlarini va o‘zaro
hamkorligini
chuqur o‘rganish dasturi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: