Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Yurak 
mushagining 
qisqaruvchanligi.
Yurak 
mushagining 
Qo‘zg‘aluvchanligi uni qisqarishiga sabab bo‘ladi. Yurak mushagida ayrim 
tolalarning qisqarish davri harakat potensialining davom etish vaqtiga taxminan 
mos keladi. Yurak tezroq urganda, harakat potensialining va qisqarishning davom 
etish vaqtlari qisqaroq bo‘ladi.Yurak mushagining qisqarish mexanizmi, skelet 
mushagining qisqarish mexanizmidan deyarli farq qilmaydi. Aktin iplar miozin 
iplar oralig‘iga sirpalib kirib, miokard tolalarini qisqartiradi. 
 
Yurak avtomatiyasi.
Yurak mushagi ham boshqa targ‘il mushaklar kabi, 
yuqorida aytganimizdek, Qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik 
xususiyatlariga ega. Lekin, skelet mushaklarining qisqarishlari MAT dan kelgan 
impuluslar ta’sirida ro‘yobga chiqsa, yurak muskullarining qisqarishlari esa, 
avtomatik ravishda, ichki «spontan» jarayonlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladi. 
Yurak avtomatiyasi - yurakning o‘zida vujudga keladigan impuluslar ta’siri ostida, 
uning ritmik qisqarish qobiliyatidir. Har xil hayvonlarning yuragi turli avtomatizm 
xususiyatiga ega bo‘lib, ularning ichida baqa yuragi eng uzoq muddat qisqarib 
turadi. Yuksak umurtqalilar va qushlarda impulslarning paydo bo‘lishi yurak 
tugunlarida joylashgan atipik mushak hujayralari - peysmekerlar funksiyasi bilan 
bog‘liq. O‘tkazuvchi tizimning birinchi tutami kovak venalarni o`ng bo‘lmachaga 


66 
tutashadigan joyida joylashgan bo‘lib, sinusli-bo‘lmachali tutam deyiladi. U, yurak 
avtomatikasining bosh markazi - birinchi tartibli peysmekeri hisoblanadi. 
Qo‘zg‘alish, tutamdan diffuziya yo‘li bilan hamda yurak ichidagi mahsus 
o‘tkazuvchi bog‘lamlar bo‘ylab bo‘lmachalar miokardining hujayralariga tarqaladi. 
Bu ikkala oqim ikkinchi tutamga yetib keladi, bu tutam impulslarni generatsiya 
qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, muhim antrioventrikulyar tutam hisoblanadi. U, 
bo‘lmachalar va qorinchalar chegarasida yurak to‘sig‘ining ichida joylashgan. 
Tutam uchta: yuqori bo‘lmachalar, o‘rta va pastki qorinchali qismlardan iborat 
bo‘lib, ularning har biri o‘z qo‘zg‘alish chastotasiga ega. Bu tutam - ikkinchi 
tartibli peysmekeri hisoblanadi. Qo‘zg‘alish normal sharoitda, bo‘lmacha-qorincha 
tutamidan faqat bir yo’nalishda o‘tishi mumkin, impulslarni retrograd 
o‘tkazilishining imkoni yo‘q. Aynan shunday, Qo‘zg‘aluvchanlik jarayonining 
harakat yo`nalishiga erishadi va buning oqibatida, bo‘lmachalar va qorinchalar 
ishining koordinatsiyasi sodir bo‘ladi. Bu tutamdan qo‘zg‘alish o‘tishi paytida 
impulslar 0,02-0,04 s ushlanib qoladi. Bu hodisa antrioventrikulyar ushlanish 
deyilib, uning funksional mohiyati - qorinchalar sistolasi yakunlashishiga ulguradi 
va ularning tolalari refrakterlik fazasida bo‘ladi. Yurakning ritmik faolligini 
ta’minlovchi uchinchi daraja - Gis tutamlari va Purkine tolalarida joylashgan. Gis 
tutami bo‘lmacha-qorincha tutamidan boshlanib, ikkita oyoqcha hosil qiladi va 
ularning biri chap, ikkinchisi o`ng qorinchaga boradi. Bu oyoqchalar ancha 
ingichka o‘tkazuvchi yo‘llarga shoxlanadi va miokardning ichki hujayralari bilan 
bevosita kontakt qiladigan Purkine tolalari bilan tugaydi. Qorinchalarning 
o‘tkazuvchi tizimida joylashgan avtomatiya markazlari - uchinchi tartibli 
peysmekerlari deyiladi. Shunday qilib, qo‘zg‘alish Gis tutami oyoqchalari bo‘yicha 
yurakning tepasiga qarab yo`naltiriladi, keyin esa, u yerdan oyoqchalarning 
shoxchalari va Purkine tolalari bo‘yicha yurakning asosiga qaytadi. Buning 
natijasida, yurakning qisqarishlari ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshadi, ya’ni 
oldin bo‘lmachalar qisqaradi, keyin qorinchalarning tepasi va oxirida, ularning 
asoslari qisqaradi. Poykiloterm hayvonlarda Gis tutami va Purkine tolalari 
bo‘lmaydi va ularda, qo‘zg‘alish miokardning tolalari bo‘ylab tarqaladi. Yurak 


67 
avtomatiyasini baqaning ajratib olingan, ya’ni organizmdan qirqib olingan va 
Ringer eritmasiga solib qo‘yilgan yuragida yaqqol ko‘rish mumkin. Bunda, yurak 
bir necha soat va kunlar ham qisqarib turishi mumkin. Issiqqonli hayvonlarda 
yurak avtomatiyasini kuzatish uchun yurak organizmdan kesib olinadi va uning 
aortasiga kanyula suqib qo‘yiladi. Bu kanyula, ichiga fibrinsizlantirilgan qon yoki 
Ringer eritmasiga glyukoza qo‘shib solingan va yuqori ko‘tarib qo‘yilgan shisha 
idishga ulanadi. Bunda, Ringer eritmasi kislorod bilan to‘yintirilib, 37-38

C gacha 
isitiladi (Langendorf usuli). Bu idishdan yurak aortasiga kelayotgan suyuqlik 
ustunining bosimi ostida, aortaning yarimoysimon klapanlari yopiladi, natijada 
eritma yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar arteriyalarga kiradi va oqibatda, 
yurak soatlab o‘z ritmida qisqarib turishi mumkin.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish