Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Oliy asab faoliyatining turlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Oliy asab faoliyatining turlari.
Qadimdan odamlar bir-birini xulq - 
atvorida individual xususiyatlarni kuzatganlar. Qadimgi yunonlar davridan ma’lum 
bo‘lgan quyidagi 4 tipdagi mijoz: xolerik («xole» – o‘t-safro), sangvinik 
(«sangvis» - qiziqqon), flegmatik («flegma» – shilimshiq) va melanxolik 
(«melanxole» - qora o‘t-safro) hozirgi vaqtda ham ishlatiladi. Shunday qilib, 
qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘lgan, asabi tez taranglashadigan, serjahl, reaksiyalari 
kuchli bo‘lgan odamlarni xoleriklar, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga o‘zining 
harakatlari muvozanatini saqlagan holda jonli reaksiya bilan javob beruvchi 
odamlarni – sangvinik deb atashgan. Muvozanatlangan xarakterli, hayot 
sharoitlarining o‘zgarishlariga o‘z munosabatini qiyin o‘zgartiradigan odamlarni – 


208 
flegmatik; kuchsiz, qo‘rqoq, bir qarorga kela olmaydigan, ko‘ngli bo‘sh odamlarni 
– melanxolik deb atashgan(ilova: 74- rasm). Mijozlar to‘g‘risidagi ta’limotga 
qadimgi Sharq mamlakatlarining olimlari va hakimlari ham katta ahamiyat 
berganlar. Ularning fikricha, uchta asosiy mijoz – issiq, o‘rtacha va sovuq mijozlar 
mavjud bo‘lib, odam o‘z mijoziga qarab hayot kechirishi, ovqatlanishi va kasal 
bo‘lganda davolanishi zarurligini aytganlar. I. P. Pavlov o‘zining ko‘p yillar 
davomida itlarda o‘tkazgan tajribalari asosida, asab jarayonlarining kuchiga, 
muvozanatlashganlik darajasiga va harakatchanligiga qarab quyidagi 4 tipdagi 
OAF ni farqlagan:
1. 
Kuchli, 
Qo‘zg‘aluvchan, 
harakatchan, 
muvozanatlashmagan 
(tiyib 
bo‘lmaydigan) tip (xolerik). Ushbu tipga mansub hayvonlarda qo‘zg‘lish kuchli 
bo‘lib, tormozlanish jarayoni biroz kechikadi. Shundan kelib chiqqan holda, asab 
jarayonlari muvozanatlashmagan bo‘ladi. Ularda musbat shartli reflekslar tez hosil 
bo‘ladi, tormoz reflekslari esa sust hosil bo‘ladi va deyarli to‘liq sodir bo‘lmaydi. 
2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik). qo‘zg‘atuvchilarning 
signal mohiyatini musbat holatdan tormoz holatiga o‘tkazish bu hayvonlarda oson 
amalga oshiriladi (5 – 6 tajribadan so‘ng). Bunday hayvonlarda kech qoluvchi 
Shartli refleks oson ishlab chiqariladi va dinamik svtereotip tez o‘zgartiriladi.
3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tip (flegmatik). Bu tipdagi hayvonlarda 
qo‘zg‘atuvchilarning signal mohiyatini o‘zgarishiga shartli reflekslarni o‘zgarishi 
juda qiyin o‘tadi. Ularning asab hujayralari a’lo darajada mehnat qilish qobiliyatga 
ega, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari bir xil maromda o‘tadi 
(muvozanatlashgan), kuchli tashqi ta’sirlarni yengil qabul qiladi va ularga nisbatan 
adekvat javob reaksiyasi qiladi. Ularni muvozanatdan chiqarish qiyin, signallar 
mohiyatining o‘zgarishiga qaramasdan o‘z reaksiyalarini qiyin o‘zgartiradi. 
4. Kuchsiz tip (melanxolik). Bu tipdagi hayvonlarda qo‘zg‘atilish jarayonining 
kuchayishi faoliyatni chegaradan tashqari darajada tormozlanishiga olib keladi. 
qo‘zg‘alish va tormozlanishning kuchsizligi oqibatida ularning asab tizimini 
ishlash qobiliyati past bo‘lib, hayotda bunday hayvonlar passiv-mudofaa 
reaksiyalariga moyil bo‘lishadi. Tormozlanishning juda ham kuchsizligi tufayli, 


209 
ularning asab jarayonlarini muvozanatlashganligi va harakatchanligi to‘g‘risida 
biron narsa aytib bo‘lmaydi. Yuqorida nomlari qayd qilingan OAFning tiplari 
o‘zining tub ma’nosida chegaralangan holda mavjud bo‘lmaydi, bu nazariy 
jihatdan bo‘linishi mumkin bo‘lgan OAF tiplarining yig‘ma nomlaridir. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish