birinchi muskulga tegib turgan nervni qoʻzg'atadigan darajada kuchli bo'ladi, bu esa ikkinchi
muskulning ham qisqarishiga sabab bo'ladi.
5.Мушакнинг якка қисқаришини курсатиш.
Mushakning qisqarish turlari. Mushak berilgan yakka ta'sirlarga
mushak yakka qisqarishi
bilan javob beradi. Yakka qisqarish uch davrda sodir bo'ladi(14-rasm): Qisqarishning latent
davri,
Qisqarish davri.
Bo'shashish davri
. Latent davr mushak tolasi membranasining qoʻzg'alishi, tola ichidagi T-tizim bo'ylab harakat
potentsialining tarqalishi, inozitol uch fosfatning hosil bo'lishi, hujayra ichida kaltsiy
konsentrasiyasining oshishi, ko'ndalang ko'priklaring faollashishi
uchun ketgan vaqt bilan
ifodalanadi. Mushak qisqarishini miografik qayd qilishining oddiy usulida latent davri 0,02
sekundni tashkil giladi.
Qisqarish davri yoki taranglikning ortishi. Mushak tolalarining aniq qisqarishi kuzatilsa, bu
holda izotonik qisqarish kuzatiladi. Bunda mushakning tarangliligi deyarli oʻzgarmaydi, faqat
mushak tolalarining uzunligi o'zgaradi. Agar mushak tolasi ikki tomondan mahkamlanib unga
ta'sir berilsa, u holda aniq qisqara olmaydi. Bunday qisqarishga izometrik qisqarish deb
ataladi. Vaqt. 0,5 MS gar bu qisqarish turini to'laligicha
tahli qilsak, qisqarish davomida
mushak tolasining uzunligi haqiqatdan ham o'zgarmaydi, biroq, sarkomer o'lchami o'zgaradi,
bu holat aktin va miozin oqsil iplarini bir-biriga nisbatan "sirpanib" kirishidan vujudga keladi.
Bu holatda yuzaga ketgan taranglanish, tola ichida joylashgan elastik elementlarga uzatiladi.
Elastik xususiyatni miozin iplarining ko'ndalang ko'prikchalari,
aktin iplari, Z- plastinka,
uzunasiga joylashgan sarkoplazmatik retikulum va mushak tolasining sarkolemmasi namoyon
qiladi. Inson organizmida sof holdagi izotonik yoki izometrik qisqarishlar uchramaydi.
Taranglikning rivojlanishi mushak tolasining uzunligini qisqarishi bilan namoyon bo'ladi
qisqarishning bunday turi - auksotonik + deyiladi.
Bo‘'shashish davri miofibrilladagi Ca+2 ionlarining konsentrasiyasi kamayganda, miozin
boshchasi aktin filamentlaridan uziladi va natijada bo'shashish yuzaga keladi. Skelet
mushakiningyakka qisqarish balandligi ta'sir kuchiga bog'liq. Bo'sag'a kuchi bilan ta'sir
etilganda
qisqarish arang seziladi, ta'sir kuchi orttirilganda qisqarish kuchayadi (submaksimal
qisqarish), ma'lum balandlikka etgan ta'sir kuchi orttirilganiga qaramay, mushakning
qisqarish balandligi o'zgarmay qolaveradi (maksimal qisqarish). Buning sababi shuki, mushak
bir talay tolalardan tuzilgan. Mushak tolalarining har biri "bor yoki yo'q" qonuniga muvofiq
reaksiya ko'rsatadi, ammo hamma tolalaring qo'zg'aluvchanligi bir xil bo'lmaganligi
uchun
kuchsiz ta'sirga ularing bir qismi qo'zg'aladi. Maksimal qo'zg'alishda esa mushakning hamma
tolalari qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: