«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим, тиббий профилактика, фармация, факультети талабаларига



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/91
Sana23.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#151167
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M

69.Miyacha fiziologiyasi.
Miyacha bosh miya yarim sharlarining orqasida, uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi
ustida joylashgan. Miyacha o‘rta qismi – chuvalchang va uning ikki tomonidagi miyacha
yarim sharlari, hamda uncha katta bolmagan qo‘shimcha yon bolaklardan iborat.
Miyacha yarim sharlarining har qaysisi tishsimon, po‘kaksimon, sharsimon yadrolarga


ega. Miyachaning o‘rta qismida ikkita chodir yadrosi bor.
Miyacha MNTning boshqa qismlariga pastki, o‘rta va yuqori oyoqchalar degan uchta
qalin tutamlar yordamida bog‘langan.
Miyachaning po‘stlog‘i murakkab va mukammal tuzilgan. U uch qavat neyronlardan
iborat. Eng yuza molekulyar qavatida noksimon (Purkinye) hujayralar dendritlari
tarqalgan.
Bu qavatning pastida savatsimon hujayralarning somalari bolib, aksonlari noksimon
hujayralar tanasida sinapslar hosil qiladi. Molekulyaar qavatda yulduzsimon hujayralar
bor.
O‘rtadagi ganglioz qavatda noksimon hujayralarning somalari joylashgan.
Uchinchi – donalai (granulyar) qavatdagi Golji hujayralarining aksonlari molekulyar
qavatga o‘tgan.
Miyacha nneyronlari bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i bilan, qizil yadro, to‘rsimon
formatsiya va vestibulyar yadrolar bilan ikki tomonlarna bbog‘liq. Miyachaning turli
qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlaganda, katta yarim sharlar po‘stlog‘ining, oraliq, o‘rta,
uzunnchoq miya va to‘rsimon formatsiya muayyan neyronlarining elektr faolligining
o‘zgarishi shundan dalolat beradi.
Miyachaning ayrim yadrolarini kuchli elektr toki bilan ta‘sirlaganda ko‘z, bosh, qoi-
oyoqlar harakatga keladi. Bu harakatlar tonik tabiatda bolib, uzoq vaqt davom etadi.
MIYACHA FAOLIYATI
Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo`lib, quyidagi
vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga
qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga
chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish.
Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi
vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida
chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa


miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi. 
Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay
qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi.
Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi.
Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi
sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu
ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati
to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni
boshqarishda ishtirok etadi.
Ba‘zi bir maqsadga erishishga qaratilgan tez harakatlar ham (musiqa asboblarini
chalish, sport mashqlarini bajarish) miyachaning tishli yadrosi nazoratida yuzaga
chiqadi.
Miyachani elektr toki bilan ta‘sirlash muskullar tonusini o‘zgartirish va ma‘lum
harakatlarni yuzaga chiqarishdan tashqari, ichki a‘zolar faoliyati uchun ham befarq emas.
Bu ta‘sir bir qator vegetativ reaksiyalarga sabab boladi, masalan, qorachiq kengayadi,
arterial qon bosimi oshadi, hazm tizimi a‘zolarining harakati va shira ajratish faoliyati
susayadi. Demak, miyacha visseral faoliyatlarni boshqarishda ham ishtirok etadi.
Miyachani olib tashlash yoki shikastlash eng avvalo muskullar tonusining
o‘zgarishiga va harakatlarning buzilishiga olib keladi. L.Lyuchiani miyacha butunlay
olib tashlangandan keyin ro‘y beradigan hodisalarni uch davrga boldi; 1) jarohatlanish
davri, 2) funksiyalarni yo‘qotish davri, 3) funksiyalarning tiklanish davri.
Operatsiyadan keyingi birinchi davrda hayvon butunlay ojiz boladi, oyoqlarida tura
olmaydi. Ikkinchi – funksiyalarni yo‘qotish davrida uchta simptom: atoniya, astaziya va
asteniya ro‘y-rost namoyon boladi. Atoniya – muskullar tonusining yo‘qolishi, miyacha
olib tashlangandan keyin bir necha kun o‘tgach ro‘y beradi. Ayni vaqtda ba‘zi muskul
guruhlarining tonusi oshishi ham mumkin. Shuning uchun bu simptomni atoniya emas,
distoniya deyish to‘g‘riroq boladi. Odamsimin maymunlarning miyachasi olib tashlansa,


dastlab atoniya paydo boladi. Natijada ular muvozannat saqlay olmaydi.
Miyacha olib tashlangandan so‘ng muskullar silliq tetanik qisqarish qobiliyatini
yo‘qotadi. Hayvon tinmay qaltirab, tebranib turadi. Bu holat astaziya deyiladi.
Harakatlar tejamsizligi, unda ortiqcha muskullar ishtirok etishi, qisqarishlarning silliq
tetanik bolmasligi sababli organizn salga charchaydi yoki asteniyaga uchraydi.
Operatsiyadan keyin asliga kelayotgan harakatlar noaniq boladi, ularning kuchi,
kattaligi va yo‘nalishi buziladi.
Odamning miyachasi zararlanganda, u gandiraklaydi, ko‘zini yumsa, yiqilib tushadi.
Yurganida oyoq-qollarining harakatlari keragidan kucchli, poyma-poy boladi, mast
kishining harakatlariga o‘xshaydi. Bular ataksiya alomatlaridir.
Yuqorida ko‘rsatilgan atoniya, astaziya.astenuya, ataksiyalardan tashqari, miyacha
olib tashlanganda yoki jaroxatlanganda adiadoxokinez, dezekvilibratsiya va boshqa
simptomlarni ham kuzatish mumkin. Adiadoxokinez – antagonist muskullarning birin-
ketin tez harakati buzilishidir. Natijada kasal qoiini bir necha marta tez-tez buka va yoza
olmaydi. Dezekvilibratsiya muvozanatni saqlay olmaslikdan iborat.
Miyachaning yarmi olib tashlanganda muskullar tonusi operatsiya qilingan tomonda
buziladi. Bunday hayvonlar aylanma harakat qiladi (manej harakatlari).
Sut emizuvchi hayvonlarda shikastlanishdan so‘ng paydo bo`lgan miyacha
faoliyatidagi o‘zgarishlar vaqt o;tib, asli holiga keladi. Bu tiklanishni katta yarim
sharlarning motor sohalari miyacha funksiyalarini o‘z zimmasiga olib, ta‘minlaydi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish