“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
72
materialining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga yordam beradi, talabalarning fikrlash qobiliyatini
oshiradi. Pestalossining «O‘z vaqtida berilmagan savol yo‘qotilgan xazinadir», degan dono so‘zlarini
esdan chiqarmaslik kerak. V.A.Suxomlinskiy talabalarning o‘qituvchiga beradigan savollari ular
faolligining namoyon bo‘lishi, «bilimlarni undirishning» zarur elementi, deb hisoblagan edi. Agar
talabalarda o‘qituvchiga savollar bo‘lmasa, bu hol o‘qituvchini sergaklantirishi lozim. Talabalar
passivligiga sabab nima, ularning qiziqmasligimi, tushunmasligimi yoki boshqa sabablar bormi, deb
o‘ylashga majbur qilishi lozim. Oqilona berilgan savol uchun talabani rag‘batlantirish lozim.
Talabalarning e’tiborini yuqori darajada tutib turishga mantiqiy savollar deb ataladigan, ya’ni
talabani ijodiy fikrlashga undovchi savollar yordam beradi. Bunday metodik usul bayonni xilma-xil
qiladi, bundan tashqari, talabalarni savollarga javob qaytarishga tayyorlaydi, bu esa talabalarning
darsni diqqat bilan tinglashiga olib keladi.
Talabalar charchashining oldini olish usullaridan biri dars o‘tish uslublarining xilma-xil bo‘lishi,
darsning eng unumli qismidan o‘rganilayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun foydalanishdir.
Tajribali o‘qituvchilar talabalar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan materialni darsning birinchi yarmida bayon
etadilar, takrorlash, talabalardan so‘rash va bilimlarni mustahkamlash ishlarini esa darsning ikkinchi
yarmida o‘tkazadilar.
Ma’lumki, o‘qitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs
rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish
faoliyati jarayonidagi mantiqiy bilish ziddiyatini hal qilishning ob’ektiv qonuniyatlari didaktik tamoyil
- muammolilikka tayanadi. O‘qitishning hozirgi jarayoni tahlili asosida psixolog va pedagoglarning
fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan holat va mahliyo bo‘lishdan boshlanadi, degan taliliy
xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko‘rinadi. O‘qitish jarayonida insonning o‘sha psixik, hissiy
holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o‘ziga xos turtki vazifasini bajarar ekan.
Umuman olganda, innovatsion usullar quyidagi samaradorlikka olib keladi:
- o‘qitish mazmunining yaxshi o‘zlashtirilishi;
- tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi;
- o‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi;
- o‘z-o‘zini baholashning o‘sishi;
Xulosa qilib olganda, to‘g‘ri qo‘llangan o‘qitish usuli yuqorida keltirilgan natijalarga erishtiradi
va dars samaradorligining sezilarli oshishiga olib keladi. shu bilan birga talabalarni faol va mustaqil
ishlashga o‘rgata olsakkina, biz tashabbuskor insonlarni tarbiyalay olamiz. Hammamizga ma’lum
bo’lgan hozirgi kunda o’tiladigan faninng xususiyatidan kelib chiqib, dars mashg‘ulotini oldindan
loyihalashi, talabalarga tushunarli bo’ladigan, qo‘llash uchun qulay bo‘lgan yangi texnologiyalar
ustida ishlashi muhimdir hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O`zbekiston Respublikasi
“Ta’lim to’g’risidagi qonun”
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan
2.
Oliy Majlisining IX sessiyasida
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
1997 yil 29
avgustda qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |