1.2 Absolut temperaturani aniqlash
Kerakli asbob va materiallar: 1. Optik pirometr. 2. YorugMik
manbai. 3. Tok manbalari. 4. Kalitlar.
Qizdirilgan jismlaming temperaturasini ulaming nurlanish spektridan foydalanib
aniqlash mumkin. Temperaturani bunday aniqlash usuli optik pirometriya, tegishli
asboblar esa optik pirometrlar deb ataladi.Temperaturani aniqlashning keng
tarqalgan usuli nurlanuvchi jism spektrining maMum bir AX toMqin uzunligi
intervalidagi nurlanishini absolut qora jism spektrining o'sha intervaldagi
nurlanishi bilan taqqoslashga asoslangan. Odatda, spektrning A.=0,66 |i atrofida
yotuvchi qizil qismidan foydalaniladi. Temperaturani bunday usulda aniqlashda
Yo`qolib boruvchi tolali pirometr deb ataluvchi ravshanlik pirometridan
foydalaniladi.Pirometming sxemasi 85-rasmda ko‘rsatilgan.Bunda lampaning
yarim aylana shaklidagi tolasi asbob o ‘qiga tik bo`lgan tekislikda yotadi. 2
obyektiv tekshirilayotgan nurlanuvchi sirtning tola yotgan
tekislikdagi tasvirini hosil qilib beradi. 4 yorug`lik filtri (qizil filtr) 3 okularga
faqat monoxromatik numi o ‘tkazadi.Pirometr okularidan qarab, uning R reostat
yordamida tola ravshanligi nurlanayotgan jism ravshanligi bilan bir xil bo‘lguncha
o ‘zgartirib boriladi. Tolaning ravshanligi nurlanayotgan jism ravshanligiga
tenglashganda tola nurlanish fonida sezilmay qoladi, ya’ni «yo‘qoladi».
Asbob absolut qora jism temperaturasiga nisbatan darajalangan bo‘lib,
G galvanometr shkalasi bo‘linmalarining to‘g ‘risiga temperaturaning
tegishli qiymatlari eC larda ko‘rsatilgan bo‘ladi.Agar kuzatilayotgan jism absolut
qora bo‘Isa, aniqlangan temperatura uning T haqiqiy temperaturasi bo‘ladi.
Absolut qora bo‘lmagan jismlar uchun bu usulda aniqlangan Trav temperatura
ravshanlik temperaturasi deb ataladi. Bu ikkala temperatura orasidagi
bog‘lanishni aniqlash uchun energetik ravshanlik deb ataladigan BE
kattalik kiritiladi. Ф yoruglik oqimi, R yorituvchanlik va В ravshanlik
kabi fotometrik kattaliklar orasidagi bog‘lanish ФЕ energiya oqimi, RE
11
energetik yorituvchanlik va BE energetik ravshanlik kabi energetik kattaliklar
uchun ham o ‘rinli bo‘ladi.
Pirometr yordamida T
rm
, ni o`lchab, (14) formuladan nurlanayotgan
jismning T haqiqiy temperaturasini hisoblash mumkin. Pirometrda
temperaturaning ikkita shkalasi bo`lib, bittasi 700-1400 eC oraliqdagi, ikkinchisi
esa 1200-2000 eC oralig`dagi temperaturalarni o`lchash uchun mo`jallangan.
Pirometr lampasi tolasining temperaturasi 1500 cC dan oshmasligi kerak. Shuning
uchun ikkinchi shkaladan foydalanilganda 2 obyektiv bilan 1 tola (85-rasm)
orasiga 5 xiralovchi filtr kiritiladi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. 86 - rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha zanjir tuzing.
2. OP pirometmi L elektr cho‘g ‘lanma lampadan 1 m masofaga o ‘rnating va
pirometr obyektivini lampa tolasiga to‘g‘rilang.
3. Pirometr reostatining 1 buralma halqasidagi oq rangli nol belgisini uning
qobig‘idagi xuddi shunday belgi qarshisiga qo‘ying (87- rasm), bu holda
pirometming strelkasi shkalaning nol belgisi qarshisiga kelishi kerak.
4. К
1
kalitni ulang va pirometr lampasi tolasining temperaturasi taxminan 1200eC
bo‘lganga qadar 1 halqani soat mili yo‘nalishi bo‘yicha burang. Temperatura
qiymatini 6 shkaladan yozib oling.
5. 3 okulami asbobning optik o ‘qi bo‘yicha surish bilan pirometr lampasi
tolasining aniq ko‘rinishiga erishing, so‘ng kalitni ulang.
6. 4 kallak yordamida ko‘rish maydoniga qizil rangli filtr kiriting.
12
7. 5 kallakning «20» deb yozilgan
indeksidan chorak aylana burab
xiralovchifiltrni chctlashtiring.
8. K
2
kalit yordamida L cho‘g ‘lanma
lampani manbaga ulang.
9. K
1
kalitni ulang va halqani pirometr
lampasi tolasining o ‘rta qismining
ravshanligi L cho‘g‘lanma lampa tolasining
ravshanligi bilan bir xil bo‘lguncha asta -
sekin burang.shkaladan temperaturani
yozib oling.
10. Pirometr lampasining ravshan- ligini bir oz ko‘paytirish yoki kamaytirish yo‘li
bilan L cho‘g ‘lanma lampa tolasining temperatura-sini uch marta o ‘lchab, o ‘rtacha
qiymatini oling.
11. R reostat yordamida L lampaga turli kuchlanishlar berib, tokning turli qiymatlari
uchun lampa tolasi temperaturasini aniqlang.
12. L cho‘g ‘lanma lampa tolasining temperaturasi 1400 C dan yuqori bo‘lganda o
‘lchashni xiralovchi 5 filtr kiritilgan holda bajaring. Xiralovchi filtrni kiritish uchun
5 kallakdagi nuqtani «20» indeksning to‘g ‘risiga qo‘ying.
13. (14) formuladan foydalanib cho‘g‘lanma lampa tolasining haqiqiy
temperaturasini hisoblab toping.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |