Fizika–matematika fakulteti «Fizika» kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………………20



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana01.06.2023
Hajmi0,68 Mb.
#947578
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………………20 
 



Kirish. 
Xalqimiz yuksalish sari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglar ekanman yurtimizni 
yuksaltirish uchun biz fiziklar oldidagi vazifalar qanchalik muhim ekanini his 
qildim. Dunyo iqtisodiyoti rivojlanishi olimlar tomonidan yaratilgan kashfiyotlar 
hamda texnologiyalar asosida amalga oshirilganligini koʻrishimiz mumkin boʻladi. 
Sanoat texnologiyalarining rivoji asosini esa shak shubhasiz fizikasiz tasavvur qilib 
boʻlmaydi. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomalarida fizika va chet tillarini 
oʻrganishni ustuvor yoʻnalish etib belgilashni taklif etish orqali juda muhim va 
dolzarb muammolarni hal qilish imkoni shu orqali hal qilish mumkinligini bizlarga 
bildirib oʻtdilar. 
“Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, 
degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish maqsadida Buxoro 
davlat universiteti fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi maktablar bilan 
uzviylik asosida taʼlim-tarbiya ishlarini olib bormoqda. Haftaning shanba kunlari 
kafedrada mavjud laboratoriyalardan foydalanib, oʻquvchilar bilimlarini 
mustahkamlash uchun tajribalar olib borilmoqda. Maktab oʻquvchilariga fizik 
jarayonlarning zamirida qanday qonuniyat yotganligi tushuntirilib kelinmoqda.
Hozirda shahar hamda tuman maktablari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilib 
kelinmoqda. Bu orqali biz oʻz oldimizga mamlakatimizda uchinchi Renessans 
poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻyganmiz. Fizika kafedrasi mudiri, 
fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori Fayziyev Shaxobiddin 
Shavkatovich
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng 
rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz 
hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan 
oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali 



ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali 
Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga 
beqiyos hissa qo‘shdi. 
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX 
asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida 
nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga 
sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy 
yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar 
yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq 
jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va 
issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi. 
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim 
jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni 
saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy 
tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka 
yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Shu bilan birga, sohada yechimini 
topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot 
samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini 
ko‘rsatmoqda. Jumladan:birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini 
kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda 
mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim 
sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob 
bermaydi;ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy ta’lim 
dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy 
bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy 
muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar 
yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga 
jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda; 



to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining 
bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum, 
laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini 
yaratishga e’tibor qaratilmagan;beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari 
infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va 
ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar 
tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni 
tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab 
bo‘lmoqda;yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli 
darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot 
ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida 
sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichlari talabga 
javob bermaydi. 
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va 
ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, 
darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning 
salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va 
ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi 
Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga 
oshirilishini ta’minlash maqsadida: 
1. 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika 
sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks 
chora-tadbirlar dasturiga (keyingi o‘rinlarda — Kompleks dastur) muvofiq 
tasdiqlansin. 
Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin: 



umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va 
o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish; fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, 
qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish 
uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
qilish; pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, 
iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan 
olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini 
ta’minlash;oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ 
prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan 
mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning 
fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;fizika sohasidagi ilmiy 
tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiyot 
tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini 
kengaytirish;ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va 
amaliy ahamiyatini oshirish. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish