Yashin qaytargich minora, binolarni, sanoat
va qishloq xo‘jalik inshootlarini yashin urishi-
dan himoya qiluvchi qurilmadir.
Yashin qaytargich uchli o‘tkazgichdan iborat bo‘lib, u yo‘g‘on sim
orqali yerga chuqur ko‘milgan metall qoziqqa ulanadi. Yerga yaqinlashgan
zaryadlangan bulut o‘z zaryadini birinchi galda minora yoki bino ustiga
o‘rnatilgan yashin qaytargichga beradi. Juda ko‘p miqdordagi elektr
zaryadi minora yoki binoga shikast yetkazmay yashin qaytargich orqali
yerga o‘tib ketadi.
1. Bulutlar qay tarzda elektr zaryadlanib qoladi?
2. Chaqmoq qanday hosil bo‘ladi?
3. Momaqaldiroq nima?
4. Nima sababdan chaqmoq kuzatilgandan bir necha sekund o‘tgach momaqaldiroqni
eshitamiz? Momaqaldiroqning gumburlab turishiga sabab nima?
5. Yashin nima? U qanday sodir bo‘ladi?
6. Chaqmoq paytida yashin urishidan qanday saqlanish mumkin?
7. Yashin qaytargich qanday qilib minora va binoni yashin urishdan saqlaydi?
Siz chaqmoq chaqqanini ko‘rgansiz va momaqaldiroq gumburlaganini eshitgansiz. Bu
haqda o‘z taassurotlaringizni daftaringizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |