26
22. Ikkita metall sharcha shunday zaryadlanganki, ulardan birining zaryadi ikkinchisinikidan
5 marta ortiq. Sharchalar bir-biriga tekkizilib, yana avvalgi masofaga surib qo‘yildi.
Agar sharchalar bir xil ishorali zaryad bilan zaryadlangan bo‘lsa, bunda o‘zaro
ta’sir kuchi (modul bo‘yicha) necha marta o‘zgargan? Har xil ishorali zaryad bilan
zaryadlangan bo‘lsa-chi?
23. Bir xil ishorali
q va 4
q zaryadlar bilan zaryadlangan ikkita bir xil metall sharcha bir-
biridan
r masofada turibdi. Sharchalar bir-biriga tekkiziladi. O‘zaro ta’sir kuchi
avvalgidek qolishi uchun ularni qanday
x masofaga surish lozim?
24. 10 va 16 nC zaryadlar bir-biridan 7 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan 3 mm
va katta zaryaddan 4 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan 2 nC zaryadga qancha
kuch ta’sir qiladi?
25. 90 va 10 nC zaryadlar bir-biridan 4 sm masofada joylashgan. Uchinchi zaryad
muvozanatda turishi uchun uni qayerda joylashtirish lozim?
26. Zaryadi −3
⋅
10
−8
C bo‘lgan nuqtaviy zaryadning 5 sm masofada hosil qilgan elektr
maydon kuchlanganligini toping.
27. Bir xil zaryadlangan ikki nuqtaviy zaryadlar bir-biri bilan 10
−4
N kuch bilan
itarishishadi. Birinchi zaryadning ikkinchi zaryad turgan nuqtada hosil qilgan elektr
maydon kuchlanganligi 2
⋅
10
4
N/C ga teng. Nuqtaviy zaryadlarning qiymatlarini toping.
28. Maydonning biror nuqtasida 2 nC zaryadga 0,4 µN kuch ta’sir qilmoqa. Shu nuqtadagi
maydon kuchlanganligini toping.
29. Elektr maydon kuchlanganligi 2000 N/C bo‘lgan nuqtaga joylashgan 12 nC zaryadga
qanday kuch ta’sir qiladi?
30. 36 nC zaryadning undan 9 va 18 sm masofada yotgan nuqtalardagi maydon
kuchlanganligini toping.
31. Sig‘imi 400 pF bo‘lgan yassi kondensator qoplamalarining yuzasi 200 sm
2
ga teng.
Qoplamalar orasiga shisha plastina qo‘yilgan bo‘lsa, bunday sig‘imli kondensator
qoplamalari orasi qancha bo‘lishi kerak? Shisha uchun ε
= 7.
32. Sig‘imlari 250 pF dan bo‘lgan beshta kondensator ketma-ket ulangan. Kondensatorlar
sistemasining umumiy sig‘imini toping. Shu kondensatorlar o‘zaro parallel ulanganda
umumiy sig‘im qancha bo‘lar edi?
33. Sig‘imlari 100 pF, 200 pF va 300 pF bo‘lgan kondensatorlar ketma-ket ulangan.
Kondensatorlar sistemasining umumiy sig‘imini toping.
34. Nima uchun Faradey o‘tkazgan tajribada qafasning zaryadlanganligini sezmagan?
35. Nima uchun chaqmoq paytida yakka daraxt ostida turish xavfli?
36. Nima uchun yashin qaytargichning pastki uchi tuproqning nam qatlamiga ko‘miladi?
Do'stlaringiz bilan baham: