27
II bob. Elektr tok
9-§. ELEKTR TOKI HAQIDA TUSHUNCHA
Zaryadli zarralarning tartibli harakati
Elektrometr sharchasini zaryadlangan tayoqcha
yordamida zaryadlaylik. Bunda elektrometr ko‘r-
satkichi ma’lum burchakka buriladi (33-
a rasm).
Agar bir uchi yerga ulangan o‘tkazgichning ikkin-
chi uchini elektrometr sharchasiga tekkizsak, shu
zahoti elektrometr ko‘rsatkichi nolga tushib qoladi.
Bu hodisaning sababi shuki, o‘tkazgichning ikkin-
chi uchi sharchaga tekkizilgan zahoti undagi zaryadli
zarralar o‘tkazgich bo‘ylab bir tomonga tartibli
harakatlanadi va yerga o‘tib ketadi (33-
b rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: