Shamol elektrostansiyasida shamolning mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. Shamol elektrostansiyalarida shamol generator rotorini aylantiradi.
Shuning hisobiga o‘zgaruvchan tok generatorida elektr energiya ishlab
chiqariladi.
1. Issiqlik elektrostansiyasi blokining tuzilishi va elektr energiya qanday ishlab
chiqarilishini tushuntirib bering.
2. Gidroelektrostansiyada suvning mexanik energiyasi qay tarzda elektr energiyaga
aylantiriladi?
3. Atom elektrostansiyasining issiqlik elektrostansiyasiga o‘xshashligi va undan farqi
nimadan iborat?
4. Shamol elektrostansiyasida elektr energiya qay tarzda ishlab chiqariladi? Nima
sababdan SHESlar kam quriladi?
5. O‘zbekistondagi qanday yirik elektrostansiyalarni bilasiz?
Gidroturbina modelini (suv parragini) yasang va uni vodoprovod jo‘mragidan
tushayotgan suv oqimiga tutib, aylanishini kuzating.