O‘zgaruvchan tok o‘tayotgan o‘tkazgich-
dagi kuchlanishni o‘zgartirishga o‘zgaruv-
chan tokni transformatsiyalash deyiladi.
Transformator — o‘zgaruvchan tok
o‘tayotgan o‘tkazgichdagi kuchlanishni
transformatsiyalaydigan asbobdir.
«Transformatsiyalash», «transformator» so‘zlari
lotincha «transformo» so‘zidan olingan bo‘lib,
«o‘zgartiraman» degan ma’noni bildiradi.
200-rasmda transformator va uning elekr zan-
jir sxemasida belgilanishi aks ettirilgan.
Transformatorlar turli xil bo‘ladi (201-rasm).
Ular yuksaltiruvchi va pasaytiruvchi transforma-
torlarga bo‘linadi.
Agar transformatorning ikkilamchi
chulg‘amidagi kuchlanish birlamchi chul-
g‘amidagi kuchlanishdan katta bo‘lsa,
bunday transformator yuksaltiruvchi
transformator deb ataladi.
=
n
2
n
1
U
2
U
1
.
=
U
2
U
1
n
1
n
2
Do'stlaringiz bilan baham: |