147
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida
elektr uzatish tarmoqlari ko‘proq ochiq
yer maydonlaridan o‘tkaziladi.
Uzatish
tarmoqlarining simlari ostiga uylar, korxo-
nalar va
boshqa binolar qurish taqiq-
lanadi.
Pasaytiruvchi yordamchi stansiyalar
Elektr uzatish
tarmoqlari orqali sha-
harga yoki qishloqqa uzatilgan elektr toki
nihoyatda katta kuchlanishga ega bo‘ladi.
Bunday katta kuchlanish iste’molchiga
pasaytirib beriladi.
Kuchlanishni pasaytirish bir necha
bosqichda amalga oshiriladi
(204-rasm). Pasaytiruvchi yordamchi stansiyalarda pasaytiruvchi transfor-
matorlar yordamida elektr tokining kuchlanishi 6 kV gacha pasaytiriladi.
Shundan so‘ng, elektr energiyasi aholi yashaydigan joylarga uzatiladi.
Aholi yashaydigan joylardagi pasaytiruvchi
yordamchi transformatorlar
elektr tokining kuchlanishi ehtiyojga qarab pasaytiriladi. Odatda, xona-
donlarga, korxonalarga,
idoralarga, maishiy xizmat ko‘rsatish joylariga
tok kuchlanishi 220 V ga to‘g‘rilab beriladi. Sanoat korxonalariga 220 V
dan tashqari 380 V va 660 V kuchlanishli tok ham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: