Sistemalar gomogen va geterogen bo‘ladi.
Gomogen sistema bitta fazadan, geterogen sistema bir necha fazadan iborat bo‘ladi.
Faza – geterogen sistemaning chegara sirt bilan ajralgan va hamma nuqtalarida bir xil fizikaviy xossaga ega qismi.
Sistemaning holati deganda uning barcha fizik va kimyoviy xossalari va termodinamik parametrlari yig‘indisi tushuniladi.
Sistemaning holatini xarakterlash uchun ko‘pincha R, t, V va modda konsentratsiyasidan foydalaniladi.Termodinamik parametrlar intensiv va ekstensiv parametrlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |