Muqobil energetika yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar:
Muqobil energiya manbalarini amalda qo‘llaganda yuzaga keladigan iqtisodiy, ekologik, texnologik, ijtimoiy, sotsial va boshqa turdagi samaradorlik, afzalliklarni o‘rganish, kamchilik va iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yo‘llarini izlash mazkur xisob-grafik ishining asosiy maqsadini tashkil etadi. Talaba o‘zining qiziqish soxasi, bilimlari doirasi, kasbiy yo‘nalishi va boshqa asoslardan kelib chiqib, quyosh energiyasidan foydalanishdagi, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishdan biri, yoki bir nechtasi doirasida izlanishlar olib borshi mumkin. Bunda asosiy etibor aniq xisob- kitoblarga, ularning reallik darajasi va amalga oshirilishi imkoniyatlariga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |