So‘z boshi
“Elektrotexnika va elektronika asoslari” fani kimyo-texnologiya institutining barcha mutaxassiliklarida deyarli bir xil reja asosida o‘qitiladi va laboratoriya mashg‘ulotlari soati barcha mutaxassisliklar uchun bir xil bo‘lib 14 soatni tashkil etadi. Birinchi mashg‘ulot texnika xavfsizligi talablari bo‘yicha bo‘lib, bu darsda talabalarga yetkazilishi lozim bo‘lgan asosiy tushunchalar va texnika xavfsizligi talablari (1-Ilova), shuningdek texnika xavfsizligi yo‘riqnomasini o‘tkazish qaydnomasi (2- Ilova) qo‘llanmaga ilova qilingan. Jami 14 soat dars davomida talabalar 9 ta laboratoriya ishini amalda bajaradi. Har bir darsda (2 soat) bittadan laboratoriya ishi bajariladi.
Bitta darsda butun guruh bitta laboratoriya ishini kichik guruhlarga bo‘lingan xolda bajaradi. Laboratoriya ishlari Germaniyadan keltirilgan laboratoriya ishlari stentida va K4822-2 rusumli laboratoriya majmuasi asosida tashkil etilganligi tufayli dars davomida laboratoriya ishining elektr sxemasini yig‘ish va qayta yig‘ish muammo tug‘dirmaydi. Har bir kichik guruh bilan laboratoriya ishining sxemasi qaytadan yig‘iladi va bu talabalarning elektr sxemalarini yig‘ish, o‘lchov qurilmalarini sxemaga ulash va ulardan foydalanish kabi amaliy ishlarni bajarish ko‘nikmalarini xosil qilishida muxim rol o‘ynaydi.
Laboratoriya ishlari mavzularining ketma-ketligi ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari bilan moslashtirilgan, bu o‘z navbatida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari birligini taminlaydi.
Laboratoriya ishlarining mavzularini tanlash, ishlarni bajarish va hisob ishlarida ko‘proq ishlab chiqarish, xususan kimyo sanoati uchun harakterli bo‘lgan fizik kattaliklarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratilgan.
Ma’lumki Germaniyadan keltirilgan laboratoriya ishlari stentida va K4822-
2 rusumli laboratoriya majmuasi bilan ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining elektrotexnika laboratoriyalari jixozlangan va tegishli uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanmaning farqli jixati shundaki, laboratoriya ishlarining elektr sxemalari maksimal soddalashtirilgan va oddiy zanjirlar asosida ko‘proq amaliy ahamiyatga ega kattaliklarni o‘rganishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari laboratoriya ishlarining nazariy qismlari ham maksimal darajada sodda va qisqa tarzda keltirilib, sxemalarning amaliy-texnik jixatlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |