Muqobil energiya manbalaridan foydalanishdagi umumiy samaradorlikni o‘rganish
Muqobil energiya manbalarini amalda qo‘llaganda yuzaga keladigan iqtisodiy, ekologik, texnologik, ijtimoiy, sotsial va boshqa turdagi samaradorlik, afzalliklarni o‘rganish, kamchilik va iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yo‘llarini izlash mazkur xisob-grafik ishining asosiy maqsadini tashkil etadi. Talaba o‘zining qiziqish soxasi, bilimlari doirasi, kasbiy yo‘nalishi va boshqa asoslardan kelib chiqib, quyosh energiyasidan foydalanishdagi, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishdan biri, yoki bir nechtasi doirasi izlanishlar olib borshi mumkin. Bunda asosiy etibor aniq xisob- kitoblarga, ularning reallik darajasi va amalga oshirilishi imkoniyatlariga qaratiladi.
Mustaqil xisob-grafik ishni bajarishda narxlar amalda mavjud ma’lumotlar asosida olinadi. Masalan 100 Vt quvvatli quyosh panelining narxi 800 000 so‘m, 1 kVt quvvatli invertorning narxi 1500 000 so‘m va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |