Endi bir oz radiokarnaylarga to‘xtalsak. Ular ham mikrofonlarga o‘xshab, turli-tuman quvvatlarga va chastotalarga ega.
Radiokarnaylar birinchi bo‘lib 1885 yilda Peterburgda Oxorovich tomonidan kashf etilgan.
Ovoz chastotasining toki I bilan ta’minlanganda elektr dinamikda kuch hosil bo‘ladi va uning o‘ramida bo‘ylama to‘lqin hosil qiladi.
F ∼ I⋅B, B=6000÷9000 gauss,
V – induksiyali magnit maydoni D – diffuzor
z – g‘altak (cho‘lg‘am)
Radiokarnayning asosiy xarakteristikalaridan biri uning sezgirligidir:
P
l = bar/v, (50) U
bu yerda, R – ovoz bosimi, radiokarnaydan ma’lum bir masofada (taxminan 1 m), U – diffuzor cho‘lg‘amidagi kuchlanish.
Radiokarnayning sezgirligi signalning chastotasi yoki amplitudasiga bog‘liq.
Ixtiyoriy bog‘liqlik l0 tanlab olinib, cheksiz kattalik topiladi.
l α=10lg dB.
l0
Sezgirlikning 10n o‘zgarishi α o‘zgarishiga javob bo‘lib, u 10n dB dan iborat.
Buning shunday qabul qilinishiga sabab, bizning ovozni eshitish organlarimizni qabul qilish darajasidir.
Karnayni chastota xarakteristikasi, karnay joylashadigan qutining ko‘rinishiga va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Quti ichiga o‘rnatiladigan karnay o‘rtaga emas, balki qutining baland yoki past qismiga o‘rnatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 38-
rasmda o‘rtacha sifatli dinamik karnayning (a), elektromagnitli dinamikning (b) chastota xarakteristikalari berilgan.
38-rasm.
Ikkala holda ham harakteristikaning past va yuqori chastotalarda pasayishi kuzatiladi. Kichik chastotali tovushni eshittirish uchun diffuzor katta o‘lchamlarda bo‘lishi kerak (uzun tovush to‘lqini). Yuqori chastotali tovushni eshittirish uchun diffuzor va uning g‘altagi yengil qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi lozim. Bu talablarni bir vaqtning o‘zida bajarish qiyin bo‘lganligi uchun ikkita (hatto uchta), yaxshi xarakteristikaga ega, chastota oraliqlari turlicha bo‘lgan karnaylar ishlatiladi. Bunday karnaylarni chastota xarakteristikasi 39-rasmda, ikkita karnayni ulanish sxemasi esa 40-rasmda ko‘rsatilgan.
α,
39-rasm. 40-rasm.
Radio liniyalariga ulanadigan karnaylar g‘altagining qarshiligi 20 Om atrofida bo‘lganligi uchun, ular radio simlariga doimo pasaytiruvchi transformatorlar yordamida ulanadi. Ularni bergan tovush bosimi 2-4 bar va qabul qiladigan quvvati juda kichik. Transformatorni birlamchi o‘ramiga beriladigan kuchlanish 15-30 v.
Elektromagnitli karnayning xarakteristikasi ancha yomon bo‘lib, uning ta’sir etuvchi kuchi, doimiy magnit induksiyasi yig‘indisining kvadratiga proporsional. O‘zgaruvchan induksiya B = Bm ⋅ cos Ωt tovush chastotasi tokini hosil qiladi.
Shuning uchun
Bm2 Bm2
f ) + 2B0 ⋅ Bm ⋅cos Ωt + ⋅cos2Ωt] (51)
4 2
So‘nggi paytlarda pezoelektrik karnaylari ham keng qo‘llanilmoqda. Bu karnaylar membranalarining o‘zgarishini, asosan majburiy mexanik pezokristall tebranishlari hosil qiladi. Ular pezokristall plastinalariga tovush chastotalarining kuchlanishi berilishi oqibatida ishlaydi. Pezoelektrik karnayining chastota xarakteristikasi elektromagnitli karnay harakteristikasiga qaraganda ancha yaxshi bo‘lishiga qaramasdan, qo‘llanilishi ancha chegaralangan. Chunki undagi segnet tuzi temperatura oshishiga chidamsiz.
Pezoelektrik karnaylar rossiyalik olimlar tomonidan ixtro qilingan bo‘lib, ularda juda yupqa hamda 15-25 sm2 yuzali plastinalar mavjud. Ularning chastotasi 250-4000 Hz, xarakteristikasi elektromagnitli karnayga nisbatan ancha yaxshi. Pezoelektr karnay ham xuddi elektromagnitli karnay kabi katta quvvatga ega va tovush bosimi 2-6 bar.
Radiokarnaylarni kuchaytirgich chiqishidagi quvvatga mos qilib tanlash mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Aks holda, noto‘g‘ri tanlab olingan radiokarnaylar tez ishdan chiqishi mumkin. Radiokarnaylarni to‘g‘ri o‘rnatilishi ham katta mahorat talab qiladi. Ularning eng ko‘p ishlatiladigan tiplari elektrodinamik radiokarnaylardir.
Hozirgi kunda mikrofonlar va radiokarnaylar radiotexnika qurilmalarida, musiqiy ovoz yozish va eshittirish qurilmalarida, san’at saroylarida, hatto fazodan turib yer bilan bevosita axborot almashishda ham keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |