10.1. Bipolyar tranzistoridan yig‘ilgan past chastotali kuchaytirgich kaskadi
umumiy emitter bilan ulangan sxema ishlatilib (28-rasm), u yordamida kuchlanish yoki tok kuchaytiriladi (8jadvalga qarang)
28-rasm.
8-jadval
Ulanish tiplari
|
Kuchaytirish koeffitsiyentlari
|
Kirish qarshiligi,
Om
|
Umumiy baza bilan
|
≈1
|
1000
|
1000
|
birdan o‘ngacha
|
Umumiy emitter bilan
|
10÷100
|
100÷1000
|
10000
|
yuzlab
|
Umumiy kollektor bilan
|
10÷100
|
≈1
|
10÷1000
|
o‘n minglab
|
S xemada (28-rasm) turgan R1 va R2 korpus bilan +E orasiga ulanib, kuchlanishni bo‘luvchi qarshilikni tashkil
0,5 etadi. Kuchlanish R2 qarshiligida tushib, IB1 baza-emitter UBE kuchlanishini tashkil qiladi va ish nuqtasi P1 ni aniqlaydi (29- 0,2 rasm).
Taqsimlagich tokining chegarasi It ≈(2÷5) /IB1 .
Taqsimlagich asosida bo‘lingan tok qiymati qancha katta bo‘lsa, kuchaytirish kaskadining ishi shuncha turg‘un (stabil)
bo‘ladi. 29-rasm
Tranzistorning baza toki IB =IK – IE ga teng bo‘lib, siljish kuchlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
Taqsimlagich qarshiligi tarafidan bo‘lingan tok qiymatini haddan tashqari ko‘p olinishi kuchaytirish kaskadining foydali ish koeffitsiyentini pasaytiradi. Bu pasayish taqsimlagich qarshiligida energiyaning yo‘qolishi hisobiga bo‘ladi.
Aytaylik, kirish kuchlanishi Ukir=0. Baza-emitter kuchlanishi UBE tranzistorning pn-ochiq o‘tishidan «emitter-baza» baza toki IB oqib o‘tadi. Ajratuvchi kondensator Cr1 doimiy tokning kirish signali orqali o‘tishiga yo‘l bermaydi.
Bu holda tranzistor ochiq bo‘lib, aktiv holatda bo‘ladi. Uning holatini ish nuqtasi P1 bilan EK nuqtasidan o‘tkazilgan yuklama to‘g‘ri chizig‘i (EK/RK) belgilaydi. U asosan shu tranzistor bazasiga berilayotgan tok qiymatiga bog‘liq (30-rasm).
30-rasm.
Kollektordagi doimiy tok IKI kuchlanishning kamayishiga sabab bo‘ladi – IKI⋅RK, bu esa kollektor-emitter kuchlanishini UKEI ko‘rsatadi. Shunday qilib, ajratuvchi Cp2 kondensatoridan doimiy kuchlanish o‘tmaydi, chunki chiqish kuchlanishi –Uchiq.=0. Sxemaning bu holati doimiy tok tartibidagi holati deb yuritiladi.
Misol uchun, tashqaridan sinusoida amplitudali Ukirish signali berilayotgan bo‘lsin. Uning ta’siri, kirish xarakteristikasiga asoslanib (29-rasm), baza tokining o‘zgaruvchan tashkil etuvchi kondensator Cr1 dan o‘tib, emitter-baza zanjiri – Cr1 ga berilayotgan signal +IBm va –IBm amplituda signali tranzistorning kollektor zanjiridagi tok holatini o‘zgartiradi.
Kollektor tokining o‘zgarishi IKr+IKm dan to IKr–IKm tushish kuchlanishining pulsasiyasini oshishiga olib keladi – IKm⋅RK, shuningdek, kuchlanish pulsasiyasi
UKE va amplitudasini UKEm=EK–IKm⋅RK o‘zgarishiga ham olib keladi.
Bu pulsasiya Cr2 kondensator orqali o‘tib kuchaytirgichning chiqishida paydo bo‘ladi Uchiq.= UKEm. Bu holat o‘zgaruvchan tok rejimida ishlash deyiladi. 28rasmda ko‘rsatilgan sxema ma’lum bir siljish kuchlanishida ishlab, u ancha turg‘un hisoblanadi, biroq tashqi temperaturani o‘zgarishi ish nuqtasi R ni o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun, ularning ishlashini har xil termostabilizasiya qilish elementlaridan foydalanib yaxshilanadi.
Kuchaytirish kaskadida temperaturaning oshishi, masalan har 10°da tranzistorning boshqarilmaydigan IK tokini ikki martagacha oshirishi mumkin. Ko‘p ishlatiladigan RECE elementi bilan termostabilizasiya qilingan kaskad 31rasmda ko‘rilgan.
S iljish kuchlanishi Ub qarshilik R2 da paydo bo‘ladi va bunga RE qarshiligida hosil bo‘layotgan kuchlanish ta’sir etib, u orqali doimiy ta’sir etuvchi emitter toki IE oqib o‘tadi. Temperaturaning ortishi bilan doimiy ta’sir etuvchi IK toki oshadi. Shunday qilib IE=IK+IBI va kollektor tokining o‘zgarishi doimiy ta’sir etuvchi emitter IE tokining o‘zgarishiga va kuchlanishning pasayishiga (tushishiga) olib keladi RE⋅IE, UKE IE . Bu
o‘z navbatida tranzistorning baza IBI 31-rasm. Тermostabilizasiya tokini kamayishiga ham sabab bo‘ladi. qilingan (REСE – elementi) Kollektor zanjiridagi RE qarshilikdan tranzistorli kuchaytirish kaskadi. o‘zgaruvchan tok qoldig‘ini ayirish uchun, zanjirga shunt kondensatori ulanadi. Bu kondensatorning sig‘imi o‘nlab mikrofarada bo‘lib, reaktiv qarshiligi – 1
xc = πf ⋅CE , bu qiymat o‘zgaruvchan
2 tok uchun juda kam miqdordagi qarshilik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |