1- §. Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi
fanining maqsad va vazifalari hamda uning fanlararo
aloqadorligi
Fizika va astronomiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi-talabalarga umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejiarida fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish metodlarini, bu fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga erishishning eng samarali va optimal yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Bu kurs umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining fizika va astronomiya fanlaridan o‘quv dasturi bilan ishlash, uni tahlil qilish, kurs mazmunini soatlar bo‘yicha taqsimlash hamda o‘qitish bo‘yicha metodik yo‘l-yo‘riqlardan talabalami ogoh etadi.
Darsning turli shakllarini sharoitga qarab tashkil etish, talabalami fan asoslariga qiziqtirish bo‘yicha ham to‘g‘ri yo‘l ko'rsatib, ularga darsni faollashtirishning turli metodik yonda- shuvlaridan foydalanish bo‘yicha bir qator ijobiy maslahatlar beradi.
Talabalaming darsda, darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish, darsdan tashqari ishlami (to‘garaklar, olimpiadalar, ekskur- siyalar, kechalar va konferensiyalar) o‘tkazish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar beradi. Shuningdek, fizik va astronomik ta’limning estetik, ekologik aspektlari hamda metodologik asoslari haqida mukammal ma’lumot beradi.
«Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanining vazifasi - fizika va astronomiya o‘qituvchilari tayyor- lovchi oliy ta’lim muassasalari talabalariga fizika va astronomiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining zamonaviy mazmuni haqidagi bilimlami berishdan, ta’lim jarayonida fizika va astronomiya fani asoslarini o‘qitishning ilg‘or tajribalari bilan tanishtirishdan iboratdir. «Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani quyidagi vazifalami hal qiladi, ya’ni:
ta’lim jarayonida fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadini asoslaydi, shuningdek, fizika va astronomiya asoslarini o‘qitish jarayonidagi tarbiyaviy tomonlarini ochib beradi; .
fizika va astronomiya kursining mazmuni va strukturasini aniqlash hamda sistemali tarzda takomillashtirib borishni asoslaydi;
fizika va astronomiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘quvchilami o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning samarador metodlari hamda yo‘Hari, shuningdek, mashg‘ulotlar uchun zaruriy jihozlami ishlab chiqadi, eksperimentda tekshirib ko'radi va amaliyotga joriy etadi;
fizika va astronomiya kursini o‘qitishga mutaxassislami ham nazariy, ham metodik jihatdan tayyorlaydi;
talabalar umumta’lim maktablari, akademik litseylar va KHKlari fizika va astronomiya fani dasturlari bilan tanishib, o‘rganib chiqishlari kerak.
Fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakasiga qo ‘yiladigan talablar. «Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani bo‘yicha talabalarning bilimiga qo‘yiladigan talablar: kursni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
fizika va astronomiya fani dasturlarini tahlil qila bilishi kerak;
dasturda ko‘rsatilgan fizik va astronomik tushuncha, qonun, kattaliklamihg mazmunini bilishi hamda o‘quv amaliyoti davomida o‘quvchilarga o‘rgata bilishi zarur;
har bir talaba fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi fanidan o'tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarida o‘zi o'qiyotgan kurs talabalariga o‘qituvchi bo‘lib dars o‘tib bera olishi;
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaza olish ko‘nikmalariga ega bo'lishlari kerak;
ALva KHKlar o‘quvchilariga barcha demonstratsion tajriba- lami ko‘rsata dish, laboratoriya ishlarini bajara olish malaka- larigaega bo‘lishlari kerak.
Fanning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi. Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi hamda metodikasi fani uning barcha bo‘limlari: pedagogika, psixologiya, nazariy fizika, astoronomiya, astrofizika bilan o‘zaro bog‘liq hamda oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya, geografiya kabi tabiiy-ilmiy fanlar bilan uzviy bog‘langan, shuningdek, talabaning ushbu fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo ‘ lishligi talab etiladi.
Farming ta’limdagi o‘mi. «Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanini o‘zlashtirgan talaba umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika va astronomiyadan dars berish, laboratoriya ishlarini bajarish, namoyish tajribaiarini ko‘rsatish, masalalar yechish, shuningdek, hozirgi zamon fizika va astronomiyasi haqidagi bilimlami o‘rga- nadi, yangi axborot texnologiyalarini tatbiq etib, olgan bilimlarini pedagogik va ilmiy faoliyatida qo‘Uaydi.
Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnolo- giyalar. «Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanini o‘qitishda bir qator elektron plakatlar, tarqatma materiallar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, virtual laboratoriyalar, internet ma’lumotlari, lokal tarmoqdagi turli o‘quv, ilmiy bilimni nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar jamlamasidan foydalaniladi. Mustaqil ta’lim, seminarlar, aqliy hujum, vaziyatli masalalami yechish, diskussiya, rolli o‘yinlar, referatlar yozish kabi pedagogik usullar bilan fanning o‘qitilishi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |