Mustahkamlilik prinsipi.O'quvchilar olgan bilim, birinchidan, chuqur fikrlash bilan qabul qilinishi, ikkinchidan, u uzoq vaqt esda saqlanishi kerak. Shuning uchun, ayrim hollarda berilayotgan bilimning mustahkamligiga e’tibor berish kerak. Olingan bilimning mustahkamligi ko'plab dalillarga (o'quv materialining sifati, tuzilishi, hajmi va boshq.) hamda subyektiv dalillarga (o'qituvchining e’tibor berishi, uning ichki motivi, o'quvchilarga bo'lgan muo- malasi va boshq.) bog'liq. Mustahkamlilik prinsipini amalga
oshirish o'quvchini berilgan materialni osongina mexanik tarzda yodlab olishini emas, balki uni chuqur hamda aniq bilishini taqozo elndi.
Esda saqlashni faoliyat bilan bog‘lanishi
6.2-jadval
()* qitish jarayonidagi faoliyat turlari
|
Esda saqlab qolish, foiz hisobida
|
O‘qisa
|
10
|
Eshitsa
|
20
|
Ko‘rsa
|
30
|
Ko'rsa va eshitsa
|
50
|
Aytib bersa
|
80
|
Aytib bersa va amalda ko‘rsatib bersa
|
90
|
O'/.lnshtirilgnn bilimni esda saqlab qolish, uni qabul qilish faollyntlun bcvosita bog‘liq (6.2 - jadval).
Iliindnn Inshquri, pedngogik tadqiqotlar asosida bilimning o'qltinh laniyonining mazmuniga va sifatiga bog‘liq ЙМ1|1||1 hhollangau, hi 6 l>|ndvnldn kcltirilgan.
6.3-jadval
O’quv mntcrialini buyon qilish
Ma'nizn
Ko'rgAzmall
Kn'rguzmall mn'nizn
Ayllh berlsh, ko'rgnz- mnllllknl amalda bearish
|
O‘quv materialini 3 soatdan keyin
|
esda qolishi, % 3 kundan keyin
|
1 yildan keyin
|
70
|
10
|
3
|
72
|
20
|
13
|
85
|
65
|
33
|
58
|
95
|
75
|
O‘quvchining bilimini mustahkam bo‘lishi uchun quyidagilar- ni hisobga olish zarur:
o‘quvchilaming fikrlashi bilan esda saqlashini muqobil tarzda amalga oshirish. Qo‘shimcha va ikkinchi darajali materiallami yodlashiga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘quvchilami turli o‘quv qurollari va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishtirish, ular bilan ishlashga o‘rgatish;
o‘tilgan o‘quv materialini takrorlashni o‘qitishning psixologik qonuniyatlari asosida o‘tkazish;
o‘quvchilami o‘quv materialini o‘zicha takrorlashga hamda noan’anaviy savollarga javob topishga o‘rgatish;
o‘quv materiallami esda saqlashning psixologik usullaridan foydalanishga o‘rgatish;
o'quvchilarda mustaqil bilim olish, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ishonchlilik prinsipi. O‘quv material! o‘quvchi va guruhning imkoniyatiga yarasha bo‘lishi va ulaming qabul qilish darajasiga mos tarzda bayon qilinishi zarur. Boshqacha aytganda, o‘quv materiali hajmi va sifati bo‘yicha o‘quvchilarning qabul qilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Agarda u hajmi bo‘yicha kichik, sifati jihatidan yengil bo‘lsa, o‘quv materiali o‘quvchilaming faolligini oshirmaydi hamda fikrlashini o‘stirmaydi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni o‘quv materiali katta hajmli va murakkab bo‘lsa, uni qabul qilish va o‘zlashtirish qiyin bo‘lib, ko‘p hollarda mumkin bo‘lmay qoladi. Albatta, o‘quv jarayonida so‘zsiz tarzda o‘quv- chilaming bilim darajasini hisobga olish kerak. O‘quv materiali yengildan og‘irga, ma’lumdan noma’lumga, oddiydan murakkabga borishi kerak.
O‘qitish jarayonida ishonchlilik prinsipini amalga oshirish uchun quyidagilami bajarish maqsadga muvofiqdir:
har bir predmetni o‘qitishda o‘quvchilaming hayotiy tajriba- sini, ongining rivojlanishini, qiziqishini, tushunish darajasini hisobga olish;
har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, bilim darajasi bo‘yicha ulami guruhlarga bo'iish orqali tabaqa- lashtirib o‘qitish;
kuchli o‘quvchilaming o‘sishini to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘y- maslik, qoloqlarini o‘sishiga sharoit yaratish;
o‘quv materialini tushuntirishda tadqiqot metodlaridan, jumladan, kuzatish, o‘xshatish, eksperiment va boshqalardan keng foydalanish. Murakkab materiallarni ham osonlikcha o‘zlashtirish mumkinligini ko‘rsatish;
yangi hamda murakkab materialni tushuntirishda kuchli hamda bo‘sh o‘quvchilami ham o‘quv jarayonida faol ishtirokini ta’minlash;
ilmiy tushunchalami shakllantirishda ulami o‘zlashtirishning umumiy rejasidan foydalanish;
ilmiy tushunchalami ta’riflashda, ta’rif mazmuni hamda tuzilishi to‘g‘risidagi loyihani qo‘llash;
o‘quvchilaming bilish faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish; o‘qitish jarayoni haqiqatni tushuntirish emas, balki uni qanday qilib topishga yo‘naltirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |