Golografiyaning asosi.
Endi golografiyaning asosi bilan tanishishga o’taylik. Xo’sh, jism to’g’risidagi malumot (uning tasviri) qanday qilib qayd etiladi va qanday qilib tiklanadi? Buning uchun jismdan chiqayotgan to’lqin amplitudasi va fazasini qayd qilish va qayta tiklash zarur. Bu esa amalda mumkin emas. Chunki interferensiyada, intensivlikning taqsimoti interferensiyaga kiruvchi to’lqinlarning ham amplitudalariga, ham fazalariga bog’liq. Shuning uchun ham faza, ham amplituda haqidagi ma'lumotlarni qayd qilish uchun jismdan chiquvchi to’lqindan (jism to’lqini) tashqari, yorug’lik manbayidan boruvchi, unga kogerent bo’lgan to’lqindan ham (tayanch to’lqini) foydalaniladi. Golografiyaning asosiy g’oyasiga muvofiq, jism va tayanch to’lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti rasmga tushirib olinadi. So’ngra, fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan taqsimotlar yorug’lik difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, jism bo’lmasa ham, uni o’rganish imkoniyati vujudga keladi.
Gologramma hosil qilish. Gologramma deb,fotoplastinkada qayd qilingan tayanch va jism to’l- qinlari hosil qilgan interferension manzaraga aytiladi. Bu qanday amalga oshiriladi. Lazer nuri ikkita qismga ajratilib, bir qismi ko’zguga, ikkinchi qismi esa jismga yoo’naltiriladi. Nurning birinchi qismi ko’zgudan qaytib fotoplastinkaga tushsa (tayanch to’lqini), ikkinchi qismi jismdan qaytib fotoplastinkaga tushadi (jism to’lqini). Bu to’lqinlar kogerent bo’lganliklari uchun fotoplastinkada interferensiya manzarasini vujudga keltiradi. Tayanch va jism to’lqinlarining qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan interferensiya manzarasining fotoplastinkadagi rasmi chiqarilib, gologramma hosil qilinadi.
Golografiya asoslari va nochiziqli optika
1. Golografiyaning fizik asoslari
Ma’lumki, to’lqin uchta parametr bilan harakterlanadi, amplituda, chastota va fazasi bilan. Oddiy optik sistema yordamida (fotoob’yektiv) gi fotografiyada va fotoplyonkada yorug’lik to’lqinining faqat amplitudasi to’g’risidagi axborotdan foydalaniladi xolos. Jismning faqat yassi tasvirini olish bilangina cheklanadigan fotografiya imkoniyati ana shu narsa bilan bog’liq. Fotografiyadagi buyumning chuqurligi, yani hajmini joylashishini bilolmaymiz. Hajmiy tasvirni olish uchun buyumdan qaytgan to’lqinning fazasini ham qayd qilish zarur. Buning uchun interferentsiya xodisasidan foydalaniladi. Golografik jarayon tasvir paydo qilishning ikki bosqichli usulidir. Birinchi bosqichda to’lqin fronti to’liq qayd etiladi, shuning uchun shaffov va shaffov bo’lmagan buyumlar to’g’risidagi axborot eslab qolinadi va u kelgusida foydalanilishi mumkin. Buyum tog’risidagi axborotni fotomaterialning zichligini o’zgartirish hisobiga amalga oshiriladigan fotografik qayd etishdan farq ham ana shunda. Golografiyada fotografiyaga o’xshash qabul qiluvchi sifatida fotoplyonka yoki fotoplastinkadan foydalaniladi.
Fotoplyonkaning emulsiya qatlami unga tushayotgan yorug’lik intensivligini sezadi xolos. Fazoviy axborotni qayd qilish uchun nurlanish int ensevligining o’zgarishini boshqarih kerak. Energiya va intensevlik amplitudaning kvadratiga to’g’ri proponsional J~ . Amplitudani qayd etish oson, ammo faza vaqtga bog’liq uni to’g’ridan to’g’ri qayd qiluvchi plastinkaga o’tkazib bo’lmaydi. Fazaviy axborotni
golografiyda qayd qilish, ya’ni intensevlik o’zgarishiga aylantirish kogerent nurlanish manbai orqali amalga oshiriladi.
1- rasm. Golografik qurulma sxemasi
a) gologramma olish uchun; 1-kogerent nurlanish manbasidan nurlar dastasi ; 2-ko’zgu; 3-buyum; 4-fotoplastinka (gologrammali); b) to’lqin frontini tiklash uchun; 1-kogerent nurlanish manbaidan nurlar dastasi; 2-ko’zgu, 3- buyumning mavxum tasviri; 4- gologrammali fotoplastinka; 5-buyumning xaqiqiy tasviri.
3 – buyumdan tarqalgan yorug’lik to’lqini 4-fotoplastinkaga tushadi . Aynan shu plastinkaga o’sha manbaning 2- ko’zgudan qaytgan yorug’likning bir qismi tushadi. Yorug’likning bu qismi dasta (to’lqin) deyiladi . Buyumga tushayotgan nur dastasining qismi buyumli dasta deyiladi. Fotoplastinkada buyumdan qaytgan
yorug’lik to’lqini to’g’risida axborot beruvchi interferentsion manzara qayt etiladi. Fotoplyonkada qayd etilgan tayanch to’lqin interogrammasi va buyumdan qaytgan to’lqin gologramma deyiladi.
Ikkinchi bosqich jarayonida to’lqin fronti qayta tiklash amalg a oshiriladi. U fotoplastinka ochilgandan so’ng amalga oshiriladi. Buning uchun buyum olib tashlanadi, uning o’rniga gologrammali plastinka joylashtiriladi (1-rasm b). Agar endi yorug’likni oldingi manbadan plastinkaga yo’naltirsak, plastinkada interferentsion chiziqlardan difraktsiyalangan to’lqinlar boshlang’ich tushuvchi
to’lqinni tiklaydi, u buyumning to’liq uch o’lchamli (hajmiy) tasvirini beradi. Agar gologramma orqali tirqish singari qarasak buyumning oldingi joyida ko’ramiz va haqiqiy kabi tuyuladi. Ammo, tabiyki unga tegmaslik kerak, chunki gologramm a buyumdan tarqalgan yorug’lik to’lqinini qayd qilgan xolos; tasvir mavhumdir. 3-mavhum tasvirdan tashqari buyumning 5 - xaqiqiy tasviri ham hosil bo’ladi (48-rasm, b ). Bu tasvirni ko’rish qiyin, ammo agar o’sha joyga fotoplastinka qo’ysak, unda ikki o’lchamli rasmni olish mumkin. Haqiqiy tasvirda qabariq joylar botiq tuyuladi, va aksincha tasvir to’ntarilgan kabi ko’rinadi. Har qanday buyumni har xil ravshanlikda yorug’lik tarqatuvchi nuqtalar to’plamidan iborat deb qarash mumkin. Agar ideal optik sistema oldingi fokusiga yorug’ O nuqtani joylasak, unda bu nuqtadan tarqalayotgan nur dastasi sistemadan
chiqqandan so’ng parallel bo’ladi. (2-rasm, a)
2-rasm. Gologrammaning yuzaga kelish jarayonini tushintiruvchi sxema. a) yassi ideal optik sistemada sferik to’lqinlar paydo bo’lishi, b) yassi tayanch to’lqinda yorug’lik tarqatuvchi nuqtaning gologrammasi paydo bo’lishi.
Tarqaluvchi nur dastasiga sferik shakldagi to’lqin parrallelga bo’lsa, yassi to’lqin mos keladi. Boshqacha aytganda, ideal optik sistema to’lqinni yassi to’lqinga aylantiradi. Agar optik sistema bo’lmasa nuqtadan tarqalayotgan sferik to’lqinlar katta masofada yassi bo’lib qoladi. Har qanday murakkablikka ega bo’lgan buyumdan tarqalayotgan yorug’lik to’lqinini alohida nuqtalardan tarqalayotgan to’lqinlar to’plami deb qarash mumkin. Faraz qilamiz, yorug’lik tarqalayotgan O nuqtadan S masofada fotoplastinka joylashgan bo’lsin (2-rasm,b). O nuqtadan sferik to’lqin chiqadi. Bundan tashqari unga tik fotoplastinka yassi to’lqin tushadi O nuqtadagi va tayanch to’lqinlarni korerent deb hissoblaymiz, yani ular bir hil to’lqin uzunlikga (bir hil chastotaga) ega va fazalar farqi o’zgarmas. Agar fotoplastinkaga tushayotgan to’lqinlar kogerent bo’lmasa, unda ular yoritilganliklari qo’shiladi va interferogramma hosil bo’lmaydi. Golografiyada yorug’likning manbai sifatida lazerdan foydalaniladi, chunki u aytilgan talabga javob beradi.
To’lqin kogerent bo’lganda yoritilganlik qo’shilmasdan, ularning fazalariga bog’liq holda yorug’lik to’lqinlari amplitudalari qo’shiladi. Ampltudalarni qo’shish qonuni quyidagi ko’rinishni oladi:
(1)
Bu yerda va – O nuqtadan chiquvchi to’lqin amplitudalari ; va - bu to’lqin fazalari
Agar - juft sonlarga teng bo’lsa (0,2,4…), ularning amplitudalari
qo’shiladi:
(2)
Agar faza toq sonlarga teng bo’lsa (1,2,3...)yig’indi ampletuda ularning farqiga teng
: (3)
Fotoplastinkada yorug’ va qorong’u yo’laklar sistemasi paydo bo’ladi. Yorug’ to’lakcha o’rtasiga (2) shart, qorong’u yo’lakcha o’rtasiga (3) mos keladi. Fotoplastinkada qayd etilgan yo’lakchalar sistemasi bir qator kontsentrik aylanalar ko’rinishida bo’ladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki markazdan teng uzoqlashgan fotoplastinkadagi barcha nuqtalar uchun fazalar nisbati bir xil va bundan tashqari bir halqadan ikkinchisiga o’tishda interferentsiyalangan to’lqinlar orasida yo’llar farqi bir to’lqin uzunligiga ortadi. Agar markazdagi yo’l farqini nolga teng deb olsak, unda
K halqa uchun k u gat eng bo’ladi, demak K halqaning radiusi
Do'stlaringiz bilan baham: |