Fizika-texnika


-rasm. α, β va γ nurlarning magnit maydondagi harakati



Download 13,5 Mb.
bet4/15
Sana21.06.2022
Hajmi13,5 Mb.
#689918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
19.11-guruh Homidov Jamshidbek

2-rasm. α, β va γ nurlarning magnit maydondagi harakati
Rezerford sochilgan α -zarralar sonini aniqlashda atom yadrosi zaryadi Ze ni va α-zarraning zaryadi Zae ni nuqtaviy deb, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvni Kulon qonuni:
=
ga bo‘ysunadi deb hisobladi, bunda r-zaryadlar orasidagi masofa. Energiya va harakat miqdori momentining saqlanish qonuniga ko‘ra sochilish uchun quyidagi formulani yaratdi

Bu yerda: dN - sochilish nuqtasidan r-masofadagi dΩ -fazoviy burchakka to‘g‘ri kelgan va θ burchak ostida sochilgan α-zarralar soni; θ-α-zarraning sochilishdan oldingi va keyingi yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak; N0 - sochuvchi yaproqchaga tushayotgan dastadagi α -zarralar soni; t - sochuvchi yaproqcha qalinligi; n0 - sochuvchi moddaning 1 sm3 dagi yadrolari soni; ma, θ-mos ravishda zarraning massasi va boshlang‘ich tezligi. (1.1.2) formuladan:

Tajribalar (1.1.3) formulaning to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi, ya’ni α-zarralar moddadan o‘tayotganda og‘ir zaryadli zarralardan kulon kuchi ta’sirida sochilishligini hamda α-zarralar bilan sochuvchi yadro orasidagi masofa 10-12 sm bo‘lganga qadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi.
Rezerford taklif etgan atomning sayyoraviy modeli atomning barqarorligini, spektrning diskretligini tushuntira olmaydi (3-rasm). Chunki atom qobig‘ida elektron yadro atrofida aylanib turar ekan zaryadli zarra elektrodinamika qonunlariga ko‘ra, o‘z energiyasini nurlab borishi lozim va nihoyat elektron yadroga kelib tushishi kerak.

3-rasm. Rezerfordning atom modeli
Bu qarama-qarshilikni 1913-yilda daniyalik olim N. Bor o ‘z postulatlari bilan bartaraf etdi. N. Bor postulatalariga ko‘ra, atomda elektronlar aniq barqaror orbitalarda (K, L, M ,...) harakatlanadi. Har bir orbita bir-biridan muayyan masofada joylashgan aniq energiyaga egadir, bunda atom energiya yutmaydi ham, chiqarmaydi ham. Energiya yutish va chiqarish faqatgina elektronning bir orbitadan ikkinchisiga o‘tishida ro‘y beradi.
N. Bor o‘z postulatlari bilan atom yadrosidagi jarayonlarni klassik tasavvurlashdan kvant tasavvurlashga asos soldi. Shunday qilib, klassik fizika qonunlaridan kvant fizikasiga o‘tish davri boshlandi.
1926-yili Geyzenberg va Shredinger mikrodunyo jarayonlarini kvant mexanikasi qonunlariga ko‘ra tushuntira boshladilar.
Kvant mexanikasiga ko‘ra, zarralar harakatini o‘rganishda ulaming harakat trayektoriyasini, bir vaqtda turgan joyi va tezliklarini aniq bilish mumkin emas.
Geyzenberg noaniqlik prinsipini, Shredinger kvant fizikasining to‘lqin nazariyasini ishlab chiqdi. 1919-yilda Aston mass-spektograf yaratdi va atomning massalarini aniq o‘lchash imkoniyatini berdi. Element massalari harxil bo‘lgan izotoplar aniqlandi. Rezerford birinchi marotaba alfa-zarralar bilan azot 7N14 yadrosini bombardimon qilib 2α4+7N148O17+1H1 yadro reaksiyasini amalga oshirdi. Bu hodisa insoniyatning tabiat kuchlari ustidan erishgan dastlabki g‘alabasi edi.
Reaksiyada vujudga kelgan vodorod atomining yadrosi barcha yadrolar tarkibiga kiruvchi elementar zarra ekanligi aniqlandi va proton (p) deb nom berildi. «Proton» so‘zi «birinchi» degan (yadro tarkibiga kiruvchi birinchi zarra) ma’noni anglatadi. Protonning massasi mp=1836.1me ga, zaryadi qp=1,6∙10-19 Kl miqdor jihatdan electron zaryadiga teng, ishorasi esa unga qarama-qarshi.
Proton kashf etilgandan so‘ng yadroning proton-elektron modeli yaratildi, lekin bu model yadro momentlarini tushuntira olmadi.



Download 13,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish