Gazlarning eruvchanligi. Barcha suyuqliklar ma’lum miqdorda gazni eritadi, ya’ni gaz aralashmasiga ega. Daltonning eruvchanlik qonuniga ko‘ra 30 MPa gacha bosimda va o‘zgarmas temperaturada Vg/Vs – erigan gazning nisbiy hajmi kp – eruvchanlik koeffisiyenti deb ataluvchi o‘zgarmas miqdorga teng. Eruvchanlik koeffisiyenti temperaturadan bog‘liq:
Atmosfera bosimiga ega va t = 200C li suv 1,6% havo eritmasiga (aralashmasiga) ega, ya’ni kp = 0,16. Agar suvning temperaturasi 00C dan 300C gacha oshib borsa, undagi havo eritmasi kamayib boradi. Temperaturasi 200C bo‘lgan yog‘larda havoning eritmasi taxminan 0,08 – 0,1 qiymatga teng. Kislorod havoga nisbatan ancha eruvchanroq, shuning uchun suyuqlikda erigan havodagi kislorod miqdori atmosferali
havodagiga nisbatan taxminan 50% ga ortiq. Bosimi kamaygan suyuqlikdan ajralib chiqqan gaz hajmi yuqoridagi oxirgi formuladan aniqlanadi. Suyuqlikdan gazning ajralib chiqishi jarayoni uning erishiga nisbatan tezroq kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |