Cho‘zilishga qarshilik. Maxsus fizik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sokin suyuqlik (xususan, suv, simob) ba’zida juda katta cho‘zuvchi zo‘riqishlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ammo oddiy sharoitda vaznli qattiq zarrachalar va mayda gaz pufakchalarni o‘z ichiga olgan texnik jihatdan toza suyuqliklar, hatto juda kichik cho‘zilish kuchlanishiga ham bardosh bermaydi. Shuning uchun tomchili (xususan, texnik) suyuqliklarda cho‘zilish kuchlanishi mavjud emas deb hisoblash qabul qilingan.
Ammo tajribalar yordamida shu narsa aniqlanganki, sentrifuga (mar-kazdan qochirma kuch ta’sirida qorishmani mexanik ravishda ajratuvchi qurilma) yordamida gazsizlantirilgan distillangan suvning juda ham qisqa vaqt oralig‘ida cho‘zilish kuchlanishi taxminan 25 MPa ga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |