ҳаёт
ҳаёт
Борлиқ
олам
Ер
Тупроқ
ўсимлик
тириклик
ўйин
хурсандчилик
тўй
муҳаббат
механизм
мўъжиза
ғаройиб
ажойиб
қиз
йигит
бола
Чақалоқ
техника
Тараққиёт
фан
ҳаёт
Ютуқ
изланиш
ҳаракат
югуриш
энергия
Мувоффақият
устунлик
менсимаслик
Лоқайдлик
яккаланиш
дарслик
китоб
билим
ҳаёт
физика
ҳаёт
чидам
қобилият
ҳает
меҳнат
Fikrlarning tarmoqlanishi bu - pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarning biror mavzuni chuqur o’rganishiga yordam berib, unga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashga o’rgatadi.
Bu esa o’quvchilarga o’z bilimlari, tushunchalari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
Hayolga kelgan har qanday fikr ketma-ket daftarga yoziladi.
Fikrlar tugamaguncha yozishda davom etiladi.
Iloji boricha fikrlarning ketma ketligi va o’zaro bog’liqligini ko’paytirishga intiling.
Ushbu metod yakka, kichik guruh hamda jamoa bilan ishlashda qo’llanilishi mumkin. Guruh holatida qo’llanilishi guruhlar fikrini to’plash va ularni bir tizimdagi qurilmaga keltirish mumkin.
Yuqorida keltirilgan «Blits-o’yin», «Tarmoqlar», «Xulosa» texnologiyalari bilan birga «Rolli o’yin», «Bumerang», «Aqliy hujum», «Muloqot» va boshqa bir qancha texnologiyalar, noan’anaviy dars o’tish uslublaridan foydalanib, o’quvchilarning fizik bilimlari va mantiqiy tafakkurini o’stirishda foydalanish mumkin. Ayniqsa, xuddi shunday topshiriqni o’quvchilarning mustaqil ravishda uyda bajarishi ularni ijodkorlikka chorlaydi, hatto dangasa, fanga qiziqmaydigan o’quvchini ham jalb qiladi
MAVZU:FIZIKA O’QUV MAVZULARIGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH
Fizikani o’qitish jarayonida komp’yuterlardan foydalanishda fizika o’qituvchisining o’zi dialog rejimini o’zlashtirishi lozim: u turli matnlarni displey ekraniga chiqarish imkonini beruvchi klaviaturadan foydalana olishi, qatorlarni ko’chira olishi, matnlarni to’g’irlashi, turli registrlarga o’tishi va h.k. Bundan tashqari grafik ma’lumotlarni kiritish va chiqarish amallarini, shuningdek o’rgatuvchi ahamiyatiga ega ba’zi komp’yuter o’yinlarini bilishi kerak. O’qituvchi shu amallarni o’quvchilarga o’rgatishi kerak.
Mashina bilan ishlash ko’nikmalarining minimumini egallab olgandagina uni fizika o’qitishga qo’llash mumkin. Fizikani o’rganish jarayoniga komp’yuterni qo’llashning jiddiy muammolaridan biri dasturlash tilini tanlashdir. Tilni tanlash foydalaniladigan mashinalar turiga bog’liq.
Komp’yuterni o’quv jarayoniga unumli tadbiq qilish uchun komp’yuter bilan ta’minlangan hamma maktab va muassasalar sinf xonalari uchun yagona dasturlash tilini tanlab olish zarur. Bu narsa hozirgi vaqtda ko’p sonli mutaxassislar tomonidan turli yo’nalishlarda ishlab chiqilayotgan pedegogik dasturiy vositalardan foydalanishni ancha soddalashtiradi. Bunda dasturlarni ko’paytirish, tayyor dasturlarni maktab va boshqa muassasalar sinf xonalariga uzatish mumkin.
Komp’yuter quyidagi imkoniyatlarga ega:
birinchi va eng muhim imkoniyat – yakka uzatishni amalga oshirish;
ikkinchi imkoniyat- o’quvchilarda mustaqil o’rganishni rivojlantirish;
uchinchi imkoniyat – masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda komp’yuter yordamida o’quvchilarni qo’lda bajariladigan amallardan ozod etish;
to’rtinchi imkoniyat – mashinada ba’zi fizik jarayon va hodisalarni modellashtirish.
Mashinaga kiritish uchun universal dasturli ta’minotdan foydalaniladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’limni tubdan isloh qilish va o’quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishdir.Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy vositalardan biridir. Xalq Ta’limi Vazirligining 3 avgust 2006 yil 5/6 raqamli buyrug’i bilan 2006-2007 o’quv yili “Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o’quv yili ” deb nomlandi. Uzluksiz ta’limda axborot kommunikatsiyalar texnologiyasi, kompyuter imkoniyatlari bilan, ilg’or pedagogik texnologiyani oqilona biriktirish, tabiiyki nihoyatda samarali va bu o’qitish jarayonidagi yangi, yuqori sifat darajasi va katta yangilikdir.
Zamon talablari bilan yonma-yon borish uchun mavjud multimedia-elektron darsliklardan foydalanish lozim. Elektron darslik mavzuni o’quvchiga eng qulay ko’rinishda taqdim eta oladi, u o’quvchi bilan interfaol usulda muloqotda bo’ladi. O’quvchi mavzularni mustaqil o’rganishi va o’zi olgan bilimini test sinovi asosida sinab ko’rishi mumkin. “Multimedia” so’zi lotincha “media” so’zidan olingan bo’lib, “ma’lumot tashuvchi vosita” degan ma’noni anglatadi. “Multimedia” – tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. Xalqaro tashkilot “YUNESKO” ning aniqlashicha o’quvchi ko’rish a’zosi(ko’zi)orqali axborotnig 83 foizini, eshitish a’zosi(qulog’i) orqali esa 11 foizini qabul qilar ekan. Demak o’quvchi kompyuter oldiga o’tirib ham ko’rsa, ham eshitsa, amaliyotda qo’llasa axborotning 94 foizini qabul qiladi. AKTlardan foydalanish o’quvchilar tomonidan ma’lumotlarni qabul qilish chegarasini shubhasiz oshirar ekan. O’quvchi ko’rgan, eshitgan , amalga bajargan va gapirgandan so’ng uning xotirasidan shu ma’lumot chiqmaydi.
Bekorga xalqimiz “Yoshlikda oligan bilim, toshda uyilgan naqshdir ” deb aytmagan. AKT lar –bu umuminsoniy madaniyatning ajralmas bir qismidir.
Fizikani o’qitishda ko’rgazmali material sifatida elektron darsliklardan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
Ta’lim jarayonini matn, videotasvir , animatsiya, multiplikatsiya,ovoz va musiqa yordamida amalga oshirish orqali voqea hodisalarni va ma’lumotlarni obrazli va hayotiy ko’rinishda ekranda namoyish qilish imkonini beradi. Bu esa real misollar asosida to’liq idrok qilish va tushunishga yordam beradi.
Quyida “Atom va yadro fizikasi” bo’limini o’tishda elektron-multimedia darslikdan foydalanish metodikasi yoritilgan.
9 sinfda “Atom va yadro fizikasi” bo’limidagi mavzularni o’tish uchun darslikning elektron variantidan quyidagicha foydalanish mumkin. “Atom va yadro fizikasi” o’quv uslubiy elektron qo’llanma. CD disk. Bu qo’llanma “Zamonaviy o’qitish vositalari va axborot texnologiyalari”- ilmiy o’quv – uslubiy ishlab chiqarish laboratoriyasida yaratilgan. Muallifi “Qalandarov P.I.”. O’quv uslubiy elektron qo’llanmadan o’rta maktabda (9,11 sinflar) “Atom va yadro fizikasi” bo’limidagi mavzularni o’tishda foydalanish mumkin. Kompyuterlarga CD diskni qo’yib nusxasi ko’chiriladi. Peemtum-4 rusumli kompyuterda qo’llanmadan foydalanish uchun quyidagi tartibda t ishni olib borish lozim. Kompyuter ekranida “inage” yozilgan papkani ochish uchun sichqoncha bilan kursorni yozuv ustiga keltiriladi. Sichqonchaning chap tomoni 2 marta bosiladi. Dastur ichiga kirgandan so’ng pastdagi papka ochiladi. (kursor va sichqonchaning chap tomonini 2 marta bosish bilan). Ekranda 17 ta kichik papkachalar chiqadi. Mavzuga qarab ulardan foydalanish mumkin. Shu o’rinda ulardan foydalanishning ustunligini aytmoqchimiz. Plakatda, rasmda harakat bo’lmaydi. Lekin bu yerda zarrachalarning harakati, nurlanish, yadroning bo’linishi jarayonlari ko’rsatiladi. Animatsiya bilan bu plakatdan, rasmdan farq qiladi.
Birinchi papkani ochmoqchi bo’lsak sichqoncha bilan kursorni ustiga keltirib, sichqonchaning chap tomoni 2 marta bosiladi. “Atomning nurlanishi” mavzusini o’tganda shu animatsiyadan foydalanish mumkin. 9 sinf &34 “Lazerlar va ularning qo’llanilishi” mavzusini o’tganda.
Ikkinchisidan &33 (9 sinf) “Atom tuzilishi. Rezerford tajribasi” mavzusini o’tishda foydalanish mumkin. Darslikda atomning Rezerford modeli (66 rasm) Vodorod atomining modeli berilgan. Animatsiyada Na atomining yadro modeli ko’rsatilgan. L – elektron manfiy zaryadlangan Ze – proton yoki atom yadrosi.
Uchinsidan 9 sinf (70 rasm) &37 “Radioaktivlik hodisasi” – mavzusini o’tganda foydalanish.
To’rtinchidan 9 sinf 65 rasm &33 “Atom tuzilishi Rezerford tajribasi” mavzusini o’tganda foydalaniladi.
To’qqizinchidan 11 sinf &59 “Yadro reaksiyalari” Yadro reaksiyasida energiya ajralishi va yutilishi mavzusida 169 rasmni tushuntirgandan so’ng fosfor ( ) yadrosining bo’linishi Animatsiyasini ko’rsatish mumkin.
O’ninchisidan rentgen nuri mavzusini o’tganda ko’rsatish mumkin.
O’n birinchisidan animatsiyadan 9 sinf & 37 “Radioaktivlik hodisasi” mavzusini o’tish davomida foydalaniladi.
12 animatsiyada “Atomning Tomson modeli” ko’rsatilgan. Bundan 9 sinf &33 Atom tuzilishi Rezerford tajribasi mavzusining “Tomson modeli” kichik mavzusini o’tishda foydalaniladi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash maqsadida avval animatsiya ko’rsatiladi, o’quvchi o’z fikrini o’z bashorat, taxminlarini yozadi va aytib beradi. Keyin darslikdan yozadi va aytib beradi. Keyin darslikdan o’qib taxminlari qanchalik tasdiqlanganligi aniqlanadi.
13 animatsiya ham &33 ga tegishli. Bunda Vodorod atomining planetar modelining Animatsiyasi ko’rsatilgan.
16, 17 animatsiyalardan 11 sinf &59 “Yadro reaksiyalari” mavzusini o’tganda ko’rsatish mumkin.
16 annimasiyada radiy yadrosining x zarralariga parchalanishi, 17 animatsiyada alyuminiy yadrosini x zarra bilan bombardimon qilganda u neytron chiqarib radio – aktiv fosforga o’tishi jarayoni ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |