Fizika o’qitish metodikasi fanidan seminar mashg’ulotlari mavzu: tarbiyada ta’lim texnologiyalari


MAVZU:FIZIKA O’QUV MAVZULARIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH



Download 155,21 Kb.
bet3/6
Sana03.01.2022
Hajmi155,21 Kb.
#314126
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5411213971787092661

MAVZU:FIZIKA O’QUV MAVZULARIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

Ma’lumki, hozirgi zamon talablariga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash Oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning g’oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash, talabalarni o’zaro faollikka olib kelishiga bog’liqdir.

Pedagogik texnologiya (PT) -shunday bilimlar soxasiki, ular yordamida I asrda davlatimizda ta’lim soxasida tub burilishlar yuz beradi, ukituvchi faoliyati yangilanadi, talaba-yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chankoklik, Vatanga mexr-muxabbat, insonparvarlik tuygulari tizimli ravishda shakllanadi. Texnologiya tushunchasi texnikaviy tarakkiyot bilan boglik xolda fanga 1972 yilda kirib keldi va yunoncha ikki suzdan-texnos ()- san’at, xunar va logos () - fan, ta’limot suzlaridan tashkil topib xunar fani ma’nosini anglatadi. Birok bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonini tulik tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan xolda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni kuzda tutadi. Yanada anikrok aytadigan bulsak, texnologik jarayon bu mexnat kurollari bilan mexnat ob’ektlariga boskichma boskich ta’sir etish natijasida maxsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ya’ni: PT- bu ukituvchi (tarbiyachi) ning ukitish (tarbiya) vositalari yordamida ukuvchi (talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir kursatish va bu faoliyat maxsuli sifatida ulardan oldin belgilangan Shaxc sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.

Xozirgi kundagi pedagogik nashirlarda (texnologiya) atamasini xilma xil talkin etilishi xolatini kuzatishimiz mumkin: ukitish texnologiyasi, ukuv jarayoni texnologiyasi, ma’lumot texnologiyasi, tarbiy texnologiyasi va x.k. Ukitish texnologiyasi PTga yakin tushuncha bulsada aynan uxshash ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi anik ukuv materiallarini uzlashtirish yulini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U kuprok xususiy metodika bilan bir jinslidir.

PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va “ukituvchi-pedagogika jarayon ukituvchi (talaba)”. Funktsional tizim konuniyatlarga tegishli bilimlar asosida kuriladi.

Ba’zan metodikani texnologiyadan ajrata olmaydigan, ular bir narsa deb e’tirof etadigan amaliyotchi ukituvchilar uchrab turadi.

Metodika-ukuv jarayonini tashkil etish va utkazish buyicha tavsiyalar majmuasidan iborat desak, PT- ukituvchining kasbiy faoliyatini yakunlovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolaja yigindisidir. Ma’lum vakt davomida PT- ukuv jarayonini texnik vositalari yordamida amalga oshirish deb karab kelingan edi. 70-yillardan boshlab esa pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning moxiyati ancha keng talkin etila boshlanadi. Yaponiya olimi T.Sakovmoto tomonidan “ukitish texnologiyasi-bu ukitishning makbulligini ta’minlovchi yul yurik- lar tizimi bilan boglik bilimlar soxasi” deb izoxlanadi. Rus olimi N.F.Talizina texnologiyasi “Belgilangan ukuv maksadga erishishning okilona usullarini aniklashdan iborat” deb tushuntiriladi. I.Ya.Lernerning fikricha PT-ukuvchilar xarakat-larida aks etgan ukitish natijalari orkali ishonch- li anglab olinadigan va aniklanadigan maksadni ifodalashni takozo etadi. Kurinib turibdiki, PT belgilangan boshlangich maksad va mazmun asosida ukuv jarayonini loyixalash sifatida tashkil etil- gan. Bu bir jixatdan tugri bulsa, chukurrok taxlil etilsa, bir yoklamalik aniklanadi yoki bunday yondashuvda ukuvchi Shaxc e’tibordan chetda kolmokda. Bu xolatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko anikladi va PT bu ukituvchi maxoratiga boglik bulmagan xolda pedagogik muvofakiyatini kafolatlay oladigan ukuvchi Shaxcni shakllantirish jarayoni- ning loyixasidir deb ta’riflaydi. Bu ta’rif asosida kuyidagi ilmiy tamoyillarni kursatish mumkin:

PT ukuvchi (talaba) larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyixalanadi;

Loyixalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan ukituvchisidan katta maxorat talab etmaydi; Yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.

PT moxiyatini aniklashga karatilgan ta’r-iflarning xilma xilligi rivojlangan mamla-katlarda bu masalani u yoki bu darajada xal etilganligini kursatsa, ikkinchi tomondan PTni amaliyotga joriy etishga bulgan urinishlar natijasini ifodalaydi.

PT tugrisidagi tushunchalarni rivojlanish tarixi nuktai nazardan karalgan, PT nazariyasi va amaliyotini bir biriga boglik bulmagan xolda talkin etilganligini kuramiz.Natijada ukitish jarayonini takomillashtirishga yoki ukuvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga karatilgan u yoki bu ilgor metodikalar texnologiya darajasiga kutarila olmay asta sekinlik bilan uz mavkeini yukotib pedagogik nazariyasidan uzoklashib borgan. Masalan 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bulgan “Dasturli ta’lim” yoki 70-80-yillardagi “shatalovchilik xarakati” kabilar.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi pedagogik soxa mutaxasislarining ilmiy saloxiyati PT moxiyatini ochib berishga yetadi. PT ni pedagogik fanning aloxida tarmogi sifatida yoki fakat ta’lim amaliyotini makbullashtirishga yunaltirilgan ta’lim yunalishi deb karash xam makul emas. PT bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatini aks ettiradi.

PT ga “yangi” suzini kushib kullanilishi-bu ta’lim- tarbiya jarayonini loyixalashga eskicha yondashish mumkin emasligini kursatadi. Demak, savol tugiladi “yangi PT” nimani anglatadi? Shaxcni shakllantirish maksadini anik belgilab oladi va shunga mos xolda ma’lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy ukuv yurti) mavjud buladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma uz ta’sirini va ta’lim - tarbiya maksadini umumiy xolda belgilab beradi. “Maksad” esa uz navbatida pedagogik tizimning kolgan elementlarini yangilash zaruratini keltirib chikaradi.

Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maksadini yangi yunalishga buradi: “utmishdan kolgan mafkuraviy karashlar va sakitlar dan tula xolos bulgan, rivojlangan demokratik davlat darajasida yuksak ma’naviy va axlokiy talabalarga javob beradigan yukori malakali kadrlar tayyorlash”- deb belgilanadi. Demak, ta’lim - tarbiyaning maksadi butunlay yangilanadi, unga mos xolda mazmun xam, pedagogik jarayon xam yangilanish ruy bermokda, bunday yangi texnologiyalar kirib kelmokda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga uzining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular yangi PT ni real vokelikka aylantiradi.

Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida yetarlicha foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi hamda o’quvchi yoshlarni yetuk barkamol Shaxc sifatida tayyorlashdek vazifasini o’z oldiga maqsad qilgan ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning vaqti keldi. Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy tarzda ta’lim berishning davom etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanmaslik oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi achinarli holdir. O’qituvchi darslarni to’g’ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida talaba va o’qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg’or pedagogik texnologiya elementlaridan iborat turli metod va usullarni to’liq va o’z o’rnida qo’llay olmasligi, o’rganiladigan yangi mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar yetarlicha amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llash fizika o’qituvchilari maxsus metodik bilim va ko’nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishlari lozim.

Bizningcha, pedagogik texnologiya – ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchining pedagogik va talabalarning bilish faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir.

Demak, dars an’anaviy tarzda olib borilganda talabalarning mustaqil fikrlashi uchun imkoniyat yetarli emasligi o’qituvchi darslikda berilgan materialni ma’ruza tarzida talabaga yetkazishi va tabalalardan dars davomida olgan yangi bilimlarni qanchalik darajada o’zlashtirganini aniqlashning qiyin kechishi natijada dars samarali yoki samarasiz o’tkazilganligini bilish imkoniyati bo’lmay qolyapti. Ya’ni, talaba o’qituvchining ma’ruzasini zerikarli tarzda eshitadi yoki eshitmay boshqa hayolar og’ushida bo’ladi. Buning oqibatida darsning maqsadi amalga oshmay, vaqt bekorga sarflanadi.

Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash o’ziga xos afzalliklarga ega. Jumladan, ta’limiy jarayon muayyan ketma-ketlikda, ya’ni, tizimli tashkil etiladi.

INNOVATSIYA (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik, degan ma’noni anglatadi.



Innovatsiya pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurimasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham ta’luqli bo’lib, ochiqlikni, boshqalar fikrini tan olishni bildiradi.

Pedagogik texnologiya ta’lim tizimiga 1960 yillarda kirib kelgan bo’lib, unga ko’pgina manbalarda turli ta’riflar berilgan. Xususan, V.P.Bespal’koning fikricha, pedagogik texnologiya - amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida qaraydi va pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.

Texnologiyalashtirish - fan texnikaning ulkan rivoji taqozosi sifatida nafaqat ishlab chiqarish sohalariga ayni paytda, madaniyat, ma’naviyat hamda ta’lim tizimiga ham qat’iy ravishda kirib keldi.

«Texnologiya» tushunchasi tarixan texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi hamda san’at, hunar hamda fan haqidagi ta’limot tushinchasiga mos keladi.

Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos - san’at, mahorat, logos- ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.

O’qitish texnologiyasi esa, o’quv faoliyatini pedagogik boshqaruv hamda ta’lim maqsadlari va o’quvchilarni rivojlantirish maqsadlariga muvofiq pedagogik tizimning vazifasini ta’minlovchi nazariy loihadir.

Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalga bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol usullardan to’liq foydalaniladi.

Interfaol usullar–bu jamoaning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi, muammoli dars o’tish metodlaridir. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, mashg’ulotlar faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi, o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishdan iborat bo’lib, buning asosida o’quvchini mustaqil va mantiqiy fikrlashga, ijodiy ishlashga va izlanishga, xulosa va tahlil qilishga o’rgatish va yo’naltirish yotadi.

Pedagogik texnologiyaning ilmiy kontseptsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi . Ta’lim jarayoni mazmuni umumiy va aniq maqsadlar, o’quv materiali mazmunidan iborat bo’ladi. Pedagogik texnologik jarayon ta’lim jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, o’quvchi faoliyati, o’quv jarayonini boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.

Izchillik - pedagogik texnologiyaning mezoni, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o’zaro bog’liqligi mantiqiyligi, yaxlitligi, boshqaruvchanligi asoslanganligidir. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonida olinadigan yuksak natijalarni ko’zda tutadi.

O’quvchilarga fizikadan ta’lim-tarbiya berish asosida ularni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, fizik tafakkuri va mantiqiy fikrlashini o’stirishda yangi pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi.

Darsning qiziqarli, rang-barang va jonli bo’lishi oldindan o’qituvchi tomonidan tuzilgan dars loyihasi yoki texnologik xaritasiga bog’liq. Bunday xaritani tuzish, belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija berish bilan birga o’qituvchini soatlab dars konspektini yozishdan xalos qiladi. Quyida barcha fanlar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan texnologik xaritaning umumiy ko’rinishini keltiramiz.




Download 155,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish