Shtayner teoremasi - shakllantirish
Shtayner teoremasiga ko'ra, bu aniqlandi inersiya momenti jismning ixtiyoriy o'qga nisbatan hisoblanganda, massa markazidan o'tadigan va bu o'qga parallel bo'lgan bunday o'qga nisbatan tananing inersiya momenti yig'indisiga, shuningdek, plyus ko'paytmasiga to'g'ri keladi. Quyidagi formula (1) bo'yicha o'qlar va tananing massasi orasidagi masofaning kvadrati: tengdir.
XULOSA.
Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib
borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:
1. Fizika fani yuqori sinflarga o’tgan sari hodisalar, qonuniyatlar
murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi
boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga
salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi pedagogik
texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlandi.
2. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan maqsad o’qquvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv
materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan
uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol
ishtirokchisiga aylantirishdir.
3. Yangi pedagogik texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi
texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini
texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogik
mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi,
qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi.
4. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 11- sinf fizika fanidan “Faradey qonuni. Induksiya EyuK. Zamonaviy induksion generator mavzusini o’qitishda o’tilgan darslarni mustahkamlashda “kichik guruhlarda ishlash”, yangi mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi”, “Sinkveyn “kabi metodlarni qo’llash yaxshi natija berishini ko’rsatdi.
5. Hozirgi kunda yangi metodlar ishlab chiqildi va bu metodlarni fizika
ta’limida qo’llaganda quyidagi:
-o’quvchilar o’rtasida sog’lom raqobat muhitining yuzaga kelishi;
-o’zaro hamkorlik;
- bir-birini tinglash;
- o’z xatosini tushunish;
- fanga bo’lgan qiziqishning ortishi;
- ijodiy izlanish;
va boshqa shu kabi ijobiy natijalar kuzatildi.
Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan 11- sinf fizika fanidan “Faradey qonuni. Induksiya EyuK. Zamonaviy induksion generator mavzusidagi dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatdi.
Yangi pedagogik texnalogiyalarni qo`llab dars o`tilganda sinfda, o`zlashtirmaydigan o`quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o`quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, umumta’lim maktablarida ni, ta’lim jarayonlariga yangi pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, tahsil olayotgan yosh avlodning nazariy bilimlarinigina oshiribgina qolmasdan, ularni tezroq amaliy va kasbiy jarayonlarga kirishga undaydi. Bu esa mamlakatimiz zamonaviy ta’limining yutuqlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |