O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA VA ASTRANOMIYA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
Fizika va astranomiyadan masalalar yechish texnologiyasi
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: ,,Qiya tekislikdagi jismlarning harakatiga tegishli masalalarni yechish metodikasi’’
Bajardi: SH. Homidjonova
Qabul qildi: S.Zaynolobidinova
Qiya tekislikdagi jismlarning harakatiga tegishli masalalarni yechish metodikasi
Reja:
1.Ishqalanish kuchlari
2.Qiya tekislikdagi jism harakati
3. Fizikа маsаlаlаrining umumiy klassifikatsiyasi
Ishqalanish kuchlarining namoyon bo‘lishi.
Stolning ustida turgan kitobni itarib yuboraylik. Kitob stolning gorizontal sirtida harakatga keladi va boshqa ta’sir ko‘rsatilmasa, o‘z harakatini sekinlashtirib, ma’lum vaqtdan keyin to‘xtaydi. Kitobning to‘xtashiga sabab nima?
Bunga sabab uning stol ustida sirpanishiga to‘sqinlik qiluvchi va bir biriga tegib turgan sirtlar orasida yuzaga kelgan ishqalanish kuchidir.
Yuqoridagi misol asosida, ishqalanish kuchi jismlarning bir-birlariga nisbatan tezliklariga bog‘liq ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Ishqalanishning turlari. Odatda, tashqi va ichki ishqalanishlarga ajratishadi. Òashqi ishqalanish deb, bir-biriga tegib turgan jismlarning biri ikkinchisining sirtida harakatlanganda sirtlar orasida yuzaga keladigan ishqalanishga aytiladi. Yuqoridagi misol — kitob va stolning bir-biriga tegib turgan sirtlari orasidagi ishqalanish tashqi ishqalanishga misol bo‘ladi.
Agar jismlar bir-biriga nisbatan harakatsiz bo‘lsa — tinchlikdagi ishqalanish, sirpansa — sirpanish-ishqalanish va harakat turiga qarab —aylanma, tebranma harakatdagi ishqalanishlarga ajratiladi. Ichki ishqalanish deb, bir jismning turli qismlari orasida yuzaga keladigan ishqalanishga aytiladi. Odatda, ichki ishqalanish suyuqliklar
va gazlarda mavjud bo‘lib, biz ularga keyinroq to‘xtalamiz.
Òashqi ishqalanishni yuzaga keltiradigan sabablar. Òashqi ishqalanishni yuzaga keltiradigan asosiy sabab bir-biriga tegib turgan sirtlarning notekisligi, ya’ni g‘adir-budurligidir. Agar sirtlarjuda silliq bo‘lsa, ishqalanish turli jismlarmolekulalari orasidagi tortishish kuchlari natijasida yuzaga keladi.
Tinchlikdagi ishqalanish kuchi. Ishqalanish kuchi Fishq ni aniqlash uchun stol ustida turgan jism yordamida tajriba o‘tkazaylik (2- a rasm).
Jismni harakatlantirish uchun unga F kuch qo‘yilgan. F ning ma’lum qiymatlarigacha jism harakatsiz qoladi. Ya’ni, jism va stol sirtlari orasida vujudga keladigan kuch jismning stol ustida harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Jismlarbir-biriga nisbatan harakatlanmaganda ham ularning birbirlariga tegib turgan sirtlari orasida vujudga keladigan kuchga tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.
Fning kattaligi Fr ishq ning kattaligiga teng bo‘lganda stol ustidagi jism harakatlana boshlaydi. Demak, Fr = Fr ishq. Lekin, shu bilan birga bu kuchlar qarama-qarshi yo‘nalgandir
:rF=rFishq.
Ishqalanish kuchi nimalarga bog‘liq? Stol ustidagi jismni harakatlantiruvchi kuch Fr ning qiymati Fr ishq ning qiymatiga teng bo‘lguncha ortib borar ekan. Unda Fr ishq ning qiymati nimalarga bog‘liq?
Òajribalar yordamida aniqlangan qonunga muvofiq: sirpanishishqalanish kuchi rFishq bir jism ikkinchi jismga ko‘rsatadigan normal bosim kuchi (tayanchning reaksiya kuchi) N ga proporsionaldir, ya’ni Fishq = m · N. Bu yerda m — sirpanish-ishqalanish koeffitsiyenti deyilib, jismlarning bir-biriga tegib turgan sirtlarining xossalariga bog‘liq. Agar jismga faqat ishqalanish kuchi ta’sir qilsa, jism to‘g‘ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat qiladi.
Tayanchning reaksiya kuchi. Gorizontal holatda yotgan jism uchun (21- a rasm) tayanchning reaksiya kuchi Nr va jismning stol sirtiga ko‘rsatadigan bosim kuchi (og‘irlik kuchi) Pkattaliklari teng, yo‘nalishlari esa qarama-qarshidir, ya’ni P = -N.
Lekin bu ifoda jism qiya tekislikda bo‘lganda o‘rinli bo‘lmaydi. Jismning qiya tekislikdagi harakati. Qiyalik burchagi a ga teng bo‘lgan qiya tekislikdagi jismning harakatini ko‘raylik (21- b rasm).
Jism harakatga kelishi uchun
F = F ishq (.1)
bo‘lishi kerakligi bizga ma’lum. Endi a burchakning sinusi va kosinusini aniqlaymiz
sin F Pa= yoki F= P sina , (2) cos NP a= yoki N= Pcosa.
Agar 2 va 3 yordamida F = Fishq = m · Nifodani qayta yozsak,
Psina = m · N= m Pcosa yoki m = tg a0,
a ning biror a 0 qiymatidan boshlab jism harakatga keladi va unga jism harakati boshlanadigan chegaraviy burchak deyiladi:
m = tga0.
Shunday qilib, ishqalanish koeffitsiyenti m jismning qiya tekislik ustida sirpanish boshlanadigan burchak a 0 ning tangensi bilan aniqlanadi.
Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati. Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Ishqalanish bo‘lmaganda odamlar va transport vositalari harakatlana olmas edi. Bu harakatlarni ta’minlovchi omil odam oyoqlari va yer sirti, mashina ballonlari va yer sirti orasidagi ishqalanish kuchlarining mavjudligidir. Ba’zi hollarda ishqalanish zarar keltirishi ham mumkin va bu hollarda uni kamaytirish zarur. Shu maqsadda ishqalanuvchi sirtlarga turli yog‘lar surtiladi yoki podshiðniklarga o‘xshash texnik moslamalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |