Afzalliklari : 1)Hajm jihatdan katta materiallarni mustaqil o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi; 2) Kichik guruhlarda ishlash jarayonida har bir guruh a’zosining guruh bilan ishlash hamjihatligining mustahkamlanishi ; 3)Har bir talaba o’z fikrini erkin bayon eta olishi ; 4) Talabalarda o’rgatish qobilyatini shakllanishi ;
Kamchiliklari: 1) Metodni qo’llashga ko’p vaqt kerak ; 2) Har bir ishtirokchi uchun alohida tarqatma material talab qilinadi ; 3)ishtirokchilarning o’zlashtirish darajasi har xilligi sababli kutilgan natijaga har doim ham erishilavermaydi.
Fizika fani mavzularini o’qitishda interfaol usullarning qo’llanilishi
Muzyorar – muomiladagi to’siqlarni yengib o’tishga va o’zaro munosabatlardagi “muzni” yorishga qaratilgan mashqdir . Muzyorar , birinchidan , tanishuv jarayonini rivojlantiradi , ikkinchidan , ishtirokchilarni o’zini bemalol his qilishlariga yordam beradi.
Treninga kirish jarayonida har bir ishtirokchi o’zini tanishtiradi .Auditoriyadagilarning sonidan , kurs boshida umumiy kayfiyatidan va boshqa holatlardan kelib chiqib , trener quyidagi tanishuv usullarini tanlashi mumkin:
Juftlikliklarda besh daqiqalik suxbat , so’ngra har bir ishtirokchi o’zining suhbatdoshini tanishtiradi .
Doirada koptokcha bilan o’ynash – bunda qo’liga koptokcha tushgan har bir ishtirokchi o’z ismini hamda o’zi haqidagi ma’lumotni aytishi kerak bo’ladi . O’xshash va o’xshash bo’lmagan xususiyatlarini top . Agar trening vaqti kam chegaralangan bo’lsa , tanishuvning kechroq shakllaridan foydalanish mumkin. Masalan , trening ishtirokchilarini 5-6 ta ishtirokchidan iborat kichik guruhlarga bo’lib , har bir guruhga guruh a’zolarini o’zaro bog’laydigan 5 ta umumiy o’xshash xususiyatlarni yoki hammada har xil bo’lgan 3 ta topish topshirig’i beriladi . So’ngra guruhlar barcha guruh ishtirokchilarining ismini aytib , topshiriq natijasini taqdim etadilar .
“Skarabey” texnologiyasi
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo’lib , u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik , mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi , qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi . Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash , o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi . U , ayni paytda , turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratyadi .
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib , undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi :
-boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida (“Aqliy hujum”);
-mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati , tuzilishi va mazmunini belgilash ; ular orasidagi asosiy qismlar ,tushunchalar , aloqalar xarakterini aniqlash ; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarni ko’rsatish ;
-oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida .
“Skarabey” texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi , chunki u faoliyatining fikrlash , bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan . U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi , reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi , faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkonyatlariga ega .
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish ko’rsatish mumkin .
“Skarabey” alohida ishlarda , kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin. Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakteridagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi :
-o’zgalar fikriga hurmat ;
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-faollik;
-xushmuomilalik
-ishga ijodiy yondashish ;
-imkoniyatlaini ko’rsatish ehtiyoji ;
-o’z qobilayati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi ;
-“men”ligini ifodalashga imkon beradi;
-o’z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg’otadi
Asosiy tushunchalari quyidagilar :
Assotsiatsiya - mantiqiy bog’liqlik bo’lib , sezgilar , tasavvurlar , idrok qilish , g’oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir .
Ranjirlash (muayyan tartib) -ahamiyati , muhimligi , mazmuni darajasiga qarab tartiblash .
“Yelpig’ich” texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab , ko’ptarmoqli , mumkin qadar , muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki , bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha biryo’la axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi Masalan , ijobiy va salbiy tomonlari , afzallik , fazilat va kamchiliklari , foyda va zararlari belgilanadi .
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy , tahliliy , aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalarini , fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish ,himoya qilishga imkoniyat yaratadi .
“Yelpig’ich” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning , har bir qatnashuvchining , guruhning faol ishlashiga qaratilgan .
“Yelpig’ich” texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin :
-boshida: o’z bilimlarini erkin faollashtirish ;
-mavzuni o’rganish jarayonida : uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish ;
- yakunlash bosqichida : olingan bilimlarni tartibga solish .
ASOSIY QISM
Yarimo’tkazgichlarda elektr toki
Bir qator moddalarning solishtirma qarshiligi kattalik jihatdan metallar bilan dielektriklar solishtirma qarshiliklari orasida yotadi .Shuning uchun bu moddalarning elektr o’tkazuvchanliklari metallar bilan izalatorlarning elektr o’tkazuvchanliklari orasidagi oraliq holatni egallaydi. Bunday moddalar yarim o’tkazgichlar
deb ataladi . Mendeleyev davrariy sistemasida 3 ,4, 5 va 6 grupallardan o’rin olgan ko’pchilik elementlar ,bir qator birikmalar va qotishmalar yarimo’tkazgichlar qatoriga kiradi .
Yarimo’tkazgichlarda ham metallardagi kabi elektr o’tkazuvchalik elektronlarning harakati bilan yuzaga keladi . Biroq elektronlarning harakatlanish sharoitlari metallarda va yarimo’tkazgichlarda turlicha bo’ladi .Yarimo’tkazgichlar metallardan farqli holda quyidagi asosiy xususiyatlarga ega .
Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi temperatura ko’tarilishi bilan ortib boradi . Masalan temperatura 1k ortganda yarimo’tkazgichning solishtirma o’tkazuvchanligi o’rtacha 16-17 marta ortadi . Metallarda esa aksincha , temperatura ortishi bilan o’tkazuvchanlik kamayib boradi ;
Yarimo’tkazgichlardagi elektr o’tkazuvchanlikda erkin elektronlardan tashqari atom bilan bog’langan elektronlar ham ishtirok etadi. Ba’zi hollarda ularning elektr o’tkazuvchanligida bog’langan elektronlar asosiy rol o’ynaydi ; metallarda esa faqat erkin elektronlar ishtirok etadi
Sof yarimo’tkazgichga ozgina miqdorda aralashma kiritilib uning o’tkazuvchanligini keskin o’zgartirish mumkin . Masalan taxminan 0,01% aralashma kiritilganda yarimo’tkazgichning o’tkazuvchanligi o’ng minglab marta ortib ketadi
Tajribalarning ko’rsatishicha, metallarda erkin elektronlarning konsentratsiyasi temperaturaga bog’liq emas . Metallda hatto eng past temperaturalarda ham ko’p sonli erkin elektronlar bo’ladi. Bu shuni bildiradiki , metallarda o’tkazuvchanlik elektronlarining hosil bo’lishida issiqlik harakati deyarli ishtirok etmaydi
Shu sababli metall temperaturasining ko’tarilishi unda erkin elektronlar konsentratsiyasini amalda o’zgartirmaydi , faqat metall zarralarining xaotik xarakati zo’rayishiga olib keladi .Shuning uchun temperatura ko’tarilganda metallarning qarshiligi ortadi .
Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi ham metallardagi kabi elektronlar harakati bilan bog’liq . yarimo’tkazgichlar ham birinchi jins o’tkazgichga kiradi va ulardan tok o’tganda hech qanday kimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lmaydi .
Past temperaturalarda bunday o’tkazgichlarning solishtirma qarshiligi juda katta bo’ladi va amalda izalator hisoblanadi . Lekin ularda zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi temperatura ortishi bilan ortadi , solishtirma qarshiligi keskin kamayadi va yetarlicha yuqori temperaturalarda juda kam bo’ladi . Masalan tajribalarning ko’rsatishicha sof kremniyda uy temperaturasida elektronlar konsentratsiyasi 1017m-3 dan kichik (solishtirma qarshiligi 103 o’m metr dan katta)bo’lsa 7000C temperaturada elektronlar konsentratsiyasi 1024m-3gacha ko’tariladi (solishtirma qarshiligi esa 10-3o’m metr gacha kamayadi ) , ya’ni million martadan ko’proq ortadi .
Yarimo’tkazgichlarda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining temperaturaga bunday keskin bog’liqligi shuni ko’rsatadiki , bunda o’tkazuvchanlik bunda o’tkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati ta’sirida hosil bo’ladi yarimo’tkazgichlarda atomlararo ta’sirning o’zi atomlardan elektronlarni uzib olish va ularni o’tkazuvchanlik elektronlariga aylantirish uchun yetarli emas .buning uchun hatto ancha sust bog’langan elektronlarga ham tashqaridan biror qo’shimcha energiya -ionlanish energiyasi berish lozim bu energiyani ,masalan, yarimo’tkazgichni qizdirish yoki yoritish yo’li bilan berish mumkin . Temperatura qancha yuqori bo’lsa , shuncha ko’p elektronlar ionlashish energiyasiga teng yoki undan katta issiqlik energiyasiga ega bo’ladilar , binobarin , shuncha ko’p elektronlar atomlar bilan bog’lanishdan ozod qilinadi va o’tkazuvchanlik elektronlari safiga qo’shiladi .
Yarimo’tkazgichlar xususiy va aralashmali o’tkazuvchanlikli yarimo’tkazgichlarga bo’linadi .Ba’zi soddalashtirish tasavvurlar sxemalardan foydalalanib , shu o’tkazuvchanliklarni ko’rib chiqaylik .
Do'stlaringiz bilan baham: |