Fizika fani mavzularini o’qitishda interfaol usullarning qo’llanilishi


Fizikani o’qitishda yangi pedagogik texnalogiyalar



Download 45,67 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2022
Hajmi45,67 Kb.
#675763
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rajabov Akmal

Fizikani o’qitishda yangi pedagogik texnalogiyalar
O’qitish jarayonida asosiy vazifani bajaruvchilar -o’quvchi bilan o’qituvchidir .Ularning bir-biriga bo’lgan muomilasi va faoliyati o’ziga xos ma’noga ega bo’lib , bilim berish jarayonida ularning hamkorligi turlicha sanaladi . Ushbu birgalikda harakatni , boshqacha aytganda , o’qituvchi bilan o’quvchi va talabalarning birgalikdagi harakatini o’qitish metodi ,deb aytib yuramiz. Odatda , bordiyu o’qituvchi , o’quvchi va talabalarga o’zi gapirib aytib bersa buni o’qituvchi og’zaki metodni qo’lladi , deymiz ; mabodo o’quvchi va talabalar darslikdagi matnni mustaqil o’qib o’rganishsa , uni kitob bilan ishlash metodi; o’quvchilar masala yechishsa -masala yechish metodi qo’llandi deb ataymiz . Pedagogikadan o’quv kitoblarining mualliflari ham o’qitish metodlarini turlicha aytishadi va ularning mazmunini ham xar xil ta’riflashadi . Ayrim mualliflar o’qitish metodini o’quv ishini bajarishning yig’indisi , deyishsa ikkinchilari o’qituvchilarni o’quvchilarni bilmaslikdan bilishga olib kelish yo’li , uchinchilari esa , o’qitish mazmunining shakli , to’rtinchilari bo’lsa maqsadga erishish uchun o’qituvchi bilan o’quvchi talabalarning birgalikdagi harakati qatori
qarashadi. “O’qitish metodi” degan atamaning nima ekanligini bilib olish zarur . Metod yunoncha grekcha “methodos” so’zidan olingan bo’lib , tadqiqot usuli ,yo’li ; usul uslub maqsadga erishish yo’li degan ma’nolarga ega . U tatqiqotga tegishli maqsadni ko’zlab , ma’lum harakat tufayli amalga oshirilganidan , uning mazmuni- qo’yilgan maqsadga intilgan odamning harakatlari tizimi qatori qarash mumkin . Odamning harakati , aniq maqsad bilan, qandaydir obyektga qaratilgan tegishli vositalar yordamida olib boriladi. Natijada obyekt tegishli o’zgarishga duchor bo’lib , kerakli natija kelib chiqadi . Agar natija , qo’yilgan maqsadga to’g’ri kelsa , unda qo’llanilgan metodning to’g’ri ekanligi tasdiqlanadi . Demak , metod tushunchasining tuzilish modelini quyidagicha ko’rsatish mumkin :1. Qo’yilgan maqsad 2- qo’yilgan maqsadga eltuvchi harakat . 3. Harakatga kerak bo’luvchi vositalar . 4. Bajarilgan harakat tufayli obyektning o’zgarishi . 5. Natija yoki qo’yilgan maqsadga erishish .
Texnologiya – yunoncha “technike” – mohir , usta : “techne” – san’at , mahorat , logos –“ta’limot” , -degan ma’noni bildiradi . San’at -haqiqatni ko’rkam obrazlarda ijodkorlik bilan ifodalash , mohirlik , kasb-korlikni anglatadi . Demak texnologiya atamasi -qandaydir , bir narsaning xususiyatini , shaklini , holatining o’zgartirishni . qayta ishlashni , undan boshqa narsa tayyorlash yo’llari , degan ma’noni bildiradi. Agar soddalashtirib aytsak :xom-ashyo -mahsulot . Bu yerda texnologiyaning ma’nosi berilgan xom-ashyoni qanday yo’l bilan qayta ishlashda yotadi .O’qitish texnologiyasi -o’qitishning maqsadiga yetish uchun tanlab olingan metodlari , vositalari turli shaklda qo’llash , boshqacha aytganda talablarga bilim berish tarbiyalash va rivojlantirishning unumli yo’lini ifodalaydi . Bunda xom-ashyo talaba xisoblanadi . Uni ishlatish -o’qitish jarayonini tashkil qilish . Mahsulot yetarli bilimga ega bo’lgan , ta’lim tarbiya olgan , ong jihatdan rivojlangan kasb -hunar , oliy maktab bitiruvchisi . oliy maktabning yo’nalishiga , guruhning darajasiga , talabalarning xususiyatlariga , o’quv predmedlarining o’rniga , ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasiga va unda yaratilgan sharoitga mos o’qitish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi . Pedagogik texnalogiya tushunchasi sanoatdagi texnologik jarayondan bilvosita analogiya sifatida olingan .Pedagogik texnalogiyada yagona ta’rif mavjud emas hozirgi kunda unga 15 ga yaqin ta’rif berilgan .
Pedagogik texnologiya”- bu inson va texnika imkoniyatlarining o’zaro ta’siri va aloqasini hisobga olib o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish va qo’llanishning eng maqbul yo’llarini aniqlashning sistemali usulidir . Texnologiya lotin tilidan olingan bo’lib techno -san’at , mahorat , ko’nikma ,Logos-ta’limot , tayyorlash degan ma’nolarni anglatadi .
1.Bo’lajak fizik o’qituvchilarni YaPT ning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish .
2. Talabalarni xorijiy , MDF va O’zbekistonda YaPT lar sistemasini shakllantirishda to’plangan to’plangan tajribalar bilan tanishtirish
3. Bo’lajak o’qituvchilarga fizika fanini o’qitish jarayonini loyihalashtirishni o’rgatish
4. O’quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish
5. O’quvchilar bilimini va malakasini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini
tuzish uslubiyati bilan qurollantirish .
Fizika faniga pedagogik texnologiyani kiritish mexanizmi :

  1. Jamoani guruhga bo’lish

  2. Mavzuni tanlash ;

  3. Darsni uslubiy yo’llarini izlash , masalan , seminar ,trening , individual maslahat berish , ko’rgazmali darslar tashkil qilish bilan o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelish . fizika darslarida interfaol usullar shu o’rinda bu innovatsiya va interfaol usullar shu o’rinda biz innovatsiya va interfaol so’zlarining ma’nosini ochib ketmoqchimiz .

Innovatsion -ta’lim tizimidagi har qanday yangilik . Ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish , qo’llash . Interfaol (inter – lotincha – o’zaro ) o’zaro faol, ya’ni o’qituvchi bilan o’quvchining faol munosabati , idrok etishi , to’liq tushunishi . Innovatsiya - bu yangilikni kiritish , qo’llash degan ma’noni anglatadi.
Tushunchalar tahlili” uslubidan bir darsning o’zida dars boshlanishida o’tgan mavzuni takrorlash , mustahkamlash yoki yangi mavzu bo’yicha talaba (yoki o’quvchi) larning dastlabki bilimlari , qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin .
Biz bu ma’ruza mashg’ulotida darsning boshlanishida o’quvchilar mavzu bo’yicha qanday bilimlarga ega ekanliklarini bilib olish maqsadida ushbu uslubni qo’llaymiz . bu usulni yakka tartibda har bir talaba mustaqil ishlagan holda o’tkazamiz . talablarga alohida “Tushunchalar tahlili” topshiriqlar varaqasi beramiz va buni to’ldirish uchun talabalarga vaqt beramiz . Javoblarni guruh bilan birgalikda birgalikda tahlil qilish mobaynida o’qituvchi ma’ruza mashg’ulotini to’liq tushuntirib beradi .
Quyidagi foydalanishimiz mumkin bo’lgan tarqatma materialni misol tariqasida keltiramiz .
Zig-zag” texnologiyasi 1980-1990 yillardan boshlab qo’llanilgan . Ushbu usulning boshqa usullardan farqi shundaki , ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar va talabalar raqamlanadilar , so’ngra guruh sardorlari saylanadi . So’ngra bir xil raqamli ishtirokchilar bir-birini topadilar . Topshiriqlar beriladi va u o’zlashtirilgach tarqashadilar . Har bir a’zo o’zi o’zlashtirgan materialni sheriklariga aytib beradilar . Savol – javobda esa talabalar baholanadi .
Ushbu texnologiyada tarqatma materiallar talabalar tomonidan bir o’zi va guruh shaklida o’zlashtiriladi hamda o’zaro suhbat , bahs-munozara , turli savollar orqali o’zlashtirish darajalari tezkor bahgolanadi .

Download 45,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish