O`rta asrdagi yevropalik fan
Sharq davlatlar ertangi o`rta asrlarda (VII - XI asrlar) o`zining iqtisodiy va
madaniy rivojida Yevropadan ancha ilgarilab ketgan edilar. Masalan, Beruniy
Ptolemeyni tarjima qilayotgan, Yer radiusini aniqlayotgan, olamning geliotsentrik
tizimi haqida fikrlayotgan bir paytda Yevropada ustida shaffof billur qopqoq
yopilgan va dengiz bilan o`ralgan yassi Yer haqidagi jo`n, sodda tasavvurlar
hukmron edi. Katolik cherkovning namoyandalaridan biri - muqaddas Avgustin
antipodlar haqidagi tasavvurlarni bo`lmag`ur narsa deb e`lon qilgan bo`lsa, boshqa
bir obruli katolik Foma Akvinskiy "Falsafa - dinning xizmatkoridir" degan tezisni
ilgari surdi.
Biroq X asrdan boshlab Yevropa va Sharqning iqtisodiy va madaniy
aloqalari rivojlana boshlaydi. Bunda XI asrning ikkinchi yarmidan yevropaliklarga
yangi iqtisodiy, texnik va madaniy ma`lumotlarni yetkazgan mashhur bosqinchilik
(salib) yurishlarining ahamiyati kattadir.
Yevropada sodir etilayotgan hunarmandchilik va savdoning rivoji iqtisodiyot
va madaniyatning tiklanishiga olib keladi. Yevropada ilk bor, dastavval
Ispaniyaning Kordovasida arablar tomonidan tashkil etilgan universitet, undan
so`ng Italiyada, Parijda, va Angliyada universitetlar paydo bo`ladi. O`rta asrdagi
Yevropa universiteti zamonaviy universitetidan ancha farqlanar edi, lekin bizning
kunlarimizgacha doktor va magistr ilmiy darajalari, professor va dotsent unvonlari,
bilimlarni berishning asosiy shakli sifatida ma`ruzalar, universitetni tashkiliy qismi
sifatida fakulòetlar saqlanib keldi. O`rta asr universitetlarida keng tarqalgan disput
ko`rinishidagi o`qitishning shakli yo`q bo`ldi, biroq hanuzgacha ilmiy munozara va
seminarlar zamonaviy fanda ham, oliy maktabda ham katta ahamiyatga ega.
Ma`ruzalar (leksiyalar, so`zma-so`z o`qish, qiroat) o`rta asr universitetida
majburiylik sababli, ya`ni, kitoblarning yetishmasligi va ularning narxi balandligi
tufayli bilimni berishning asosiy shakli bo`lgan. Shuning uchun diniy va ilmiy
ishlarning qiroatxonligi va sharhlash axborotni yetkazishning asosiy shakli
bo`lgan.
Katolik cherkovlarda diniy marosimlarni o`tkazish kabi o`qitish ham lotin
tilda olib borilgan. XVIII asrga qadar lotin tili xalqaro ilmiy til deb e`tirof etilgan,
bu tilda Kopernik, Nyuton, Lomonosov ijod qilganlar.
Hanuzgacha yevropalik universitetlarida tantanali nutqlar lotin tilda o`qiladi,
diplomlar ham lotin tilda yoziladi. Tantanali marosimlarida professorlar o`rta
asrdagi doktorlik mantiya va qalpoqlarida paydo bo`ladilar. Zamonaviy fan ana
shunday tarzda ilmiy taraqqiyotning bosh omillaridan biri bo`lgan birinchi
universitetlar haqidagi xotirani saqlab kelmoqda.
Fanning kelajakda yashnab ketishi uchun omillardan yana bittasi texnikaning
rivojlanishi bo`ldi. Tabiatshunoslikning rivojlanishida mexanik soat, ko`zoynak,
kitob bosish, qog`oz ishlab chiqarishdek ixtirolar katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Sivilizasiyaning rivojida tarixi qadimgi Xitoyda boshlangan kompas yetarlicha
ahamiyatni kasb etdi. II asr qo`l yozmalarida magnitlangan nayzachaning
yo`nalishni ko`rsatish xususiyati haqida yozuvlar uchraydi. XI asrdayoq
xitoyliklarga magnit og`ishi ma`lum bo`lgan. Arab dengizchilari XII asrdan
boshlab kompasdan foydalanganlar. Yevropaga u XII - XIII asrlarda yetib kelgan.
Sivilizasiya tarixida kompasning roli nechog`lik kattaligi aynan kompas tufayligina
Kolumb o`zining tarixiy ahamiyatidagi sayohatini amalga oshirishga imkon
tug`ilganligidan
dalolatdir.
Mashhur
akademik
A.N.Krilov
yozishicha,
"Kompasning o`zi bir kichik asbob, biroq usiz Amerikani kashf etib bo`lmasdi".
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, yevropaliklardan birinchi bo`lib Kolumb magnit
strelkaning og`ishini aniqlagan.
Ilmiy taraqqiyot rivojlanishining uchinchi omili antik ilmiy meros bilan
tanishish bo`ldi. XII asrda Yevklidning "Asoslari", Arximed, Ptolemey va boshqa
yunon asarlarining lotin tildagi o`girmalari, shuningdek, Xorazmiy va Al Haysam
tarjimalari paydo bo`ladi.
Jamiyat va fan rivojidagi inqilobiy o`zgarishlarni aniqlab beruvchi asosiy
faktor shu bo`ldiki, feodal jamiyat ichidan feodalcha ishlab chiqarish
munosabatlardagi ziddiyatlarni ko`rsatib bergan va jamoa yashashning yangi
shakllarini hamda yangi fanni talab etgan yangi ishlab chiqaruvchi kuchlar yetilib
chiqdi. Ungacha esa, universitetlarda tamoyiliga ko`ra fanga qarshi bo`lgan
sxolastik fan muomalada edi, bu tamoyilga ko`ra haqiqat Muqaddas Yozmada
hamda diniy peshvolar ishlarida kashf etilgan (unga cherkov ehtiyojlariga
moslashtirilgan Aristotel ham kiritilgandi), olimlarning vazifasi esa, shu haqiqatni
o`rganish va sharhlashdan iborat deb hisoblangan.
Erkin, mustaqil fikr shavqatsizlarcha bostirilgan shunday sharoitlarda
fanning rivojlanishi og`ir kechdi. Bu davr fan tarixiga "turg`unlik davri" sifatida
kirdi. Biroq, shunday sharoitlarda ham yashab ijod qilgan, umumiy darajadan
yuqoriroq turib bilimning yangi yo`llarini axtargan insonlar bo`lgan. Ana
shundaylardan biri mashhur rohib Rodjer Bekon (1214 - 1294) edi. Bekon
Angliyada tug`ilgan, Oksford va Parij universitetlarida taxsil olgan, 1250 yilda
rohiblikga qabul qilingan. Oksfordda ilmiy tadqiqotlar bilan shug`ullangan.
Fikrlashning mustaqilligi uning boshiga mushkulliklar keltiradi, dinsizlikda
ayblanib qamaladi. Ozod etilgandan so`ng u Fransiyaga ketadi, biroq u yerda ham
quvg`inlikga uchraydi, yana qamaladi va qamoqdan qarib churiganda ozod etiladi.
Bekon, olimning ishi faqat diniy peshvolarning ishlarini sharhlashdan iborat
emasdir, deb ta`kidlaydi. Uning fikricha, fan nazariy xulosalarni isbotlovchi qat`iy
argument va aniq tajribaga suyanishi lozim. Bekon nodon tarjimonlar orqali buzib
o`girilgan Aristotel kitoblarini barchalar orqali ilohiylashtirilishiga keskin qarshi
chiqqan.
Bekon tajribaning ulkan ahamiyatini ta`kidlash bilan cheklanib qolmaydi.
Uning o`zi ham kimyoviy, optik, fizik tajribalarni hamda astronomik kuzatuvlarni
o`tkazgan.
Bekon obskura kamerasining ishlash tamoyilini,
qavariq linzalarning kattalashtirish xususiyatlarini bilgan,
botiq ko`zgular parallel dastalarni ko`zgu markazi bilan
cho`qqisida joylashgan nuqtaga fokuslashini topgan, optik
asboblarning qurilish imkonini avvaldan bashorat qilgan. U
kamalak hodisasini billurda, shudring va suv tomchilarida
nurning sinishi tufayli hosil bo`ladigan rangli jilolari bilan
taqqoslab tushuntirishda bir qadam oldinga tashladi. Bunda
u nurning suv tomchilariga tushayotgan yo`nalish bilan
ko`zga tushayotgan akslangan kamalak jilosi yo`nalishi
orasidagi burchak 42
tashkil etishini aniqlagan.
Bekonning kichik zamondoshi Vitello (XIII asr) optikaga doir "Perspektiva"
kitobining muallifi bo`lgan. U ham kamalakni tadqiq etgan va u aloxida-aloxida
suv tomchilarida nurning sinishi tufayli hosil bo`ladi degan xulosaga kelgan.
Yomg`ir tomchisida kamalakni hosil qiluvchi nur yo`lini rohib Freyburglik Ditrix
(Teodorix) to`g`ri tasvirlab bergan. Shunday qilib, XIII asrda kamalak jilosi
R. Bekon
ko`pgina tadqiqotchilarni o`ziga jalb etgan. qo`shib o`tish joizki, XIII asr oxiriga
kelib ko`zoynak ixtiro qilindi.
XIII asr umuman ma`naviy hayot jonlanishi bilan xarakterlanadi. Bu asrda
Bekondan tashqari zamonaviy g`arb falsafasida idealistik falsafasi keng tarqalgan
mashhur Foma Akvinskiy; idealistik nazariyada umumiy tushunchalar
mavjudligiga qarshi chiqqan Vilãelì Okkam; optika bilan shug`ullangan Robert
Kattaboshli kabi insonlar ijod qilganlar. Bu o`rinda harbiy lagerda "Magnit haqida
maktub"ni (1269) yozgan shahs Pyotr Peregrin - ritsar Pyer Marikur qiziqarlidir.
Kitobda muallif qaysi belgilar bo`yicha yaxshi "magnit tosh"ni tanlab olish,
magnit qutblarini qanday aniqlash mumkinligini ko`rsatadi. Barcha bu amaliy
ko`rsatmalar Marikur tabiiy magnitlarning xossalarini yaxshi bilishidan, magnitni
qo`llashda katta tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Marikur magnitning turli
qutblari tortilishini, bir xilligi esa, itarilishini ko`rsatuvchi tajribani o`tkazishga
ko`rsatma beradi.
Pyer de Marikur suzib yuruvchi magnitning shimolga, "dengizchilarning
yulduziga, chunki u qutbga yaqin joylashgan..." ko`rsatish xususiyatini tasvirlab
bergan. Undan so`ng Peregrin, agar uzunchoq butun magnitni ikkiga sindirib
olinsa, ikkita qutbga ega ikkita magnit hosil bo`lishini ko`rsatadi.
Asarining ikkinchi qismida Marikur "gorizontdagi quyosh, Oy va ixtiyoriy
yulduzning azimutini aniqlashga imkon beruvchi" magnit asbob konstruksiyasini,
shuningdek, magnitga ega abadiy dvigatel loyihasini tasvirlaydi. Pyer de Marikur
risolasi magnetizmning ertangi tarixida sezilarli belgi bo`ldi. "Maktub"dan xatto
bir necha yuz yil o`tgandan so`ng ham magnit tosh haqida tarqalgan fantastik
hikoyalar fonida Marikur asari magnetizm yuzasidan o`tkazilgan birinchi bor
jiddiy tajribaviy tadqiqot bo`lib qo`rinadi, Marikurning o`zi esa, xulosalarini
tajribalar asosida qurgan tajribachi olim sifatida gavdalanadi. "Maktub"da Marikur
bizga yetib kelmagan "Ko`zgular ta`siri haqida" asarini tilga oladi, bu esa, u
nafaqat magnit, balki optika bilan ham shug`ullanganligidan dalolat beradi.
Marikurning tahallusi "Peregrin" bo`lib, "sayohatchi" ma`nosini anglatadi, u ko`p
sayohat qilgan va, ehtimol, Sharqda ham bo`lgan.
XIV asrda reaksion harakat boshlanadi. Cherkov tomonidan dinsizlarga
qarshi kurash kuchayadi, qiynoqlar joriy etiladi. Atomistlar kabi atomlarning
qo`shilishi va ayirilishdan boshqa hech narsa yo`q deb ta`kidlagan Otrikurlik
Nikolayning ta`limoti ta`qiqlanadi va asari yoqib yuboriladi. U o`zining
ta`limotidan voz kechishga majbur bo`ladi. Shuningdek, cherkov ikki xil bilishning
yo`li mavjud, biri ilmiy, ikkinchisi diniy, va ilmiy o`rganish uchun erkinlikni talab
etgan Vilãelì Okkam ta`limotini ham ta`qiqlab qo`yadi. Shunga qaramay, XIV
asrda hayot bir joyda qotib qolmadi. Texnikaning rivoji davom etaverdi, Parijda,
Germaniyada, Moskvada minorali g`ildirakli soatlar paydo bo`ladi. 1440 yilda
Iogann Guttenberg (1400 - 1468) aloxida o`yib olinadigan harflar bilan kitob
bosishni ixtiro qiladi. Sivilizasiya va fan rivojlanishida yangi davr boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |