O`rta asr davrida Sharqda fanning yutuqlari
G`arbiy Yevropa ertangi o`rta asr davrida butkul tushkun manzarani tashkil
etar edi. Onda-sonda uchraydigan qishloqchalar va undan ham kam uchraydigan
pomeshiklar tomorqalari bir-biri bilan deyarli bog`lanmagan alohida-alohida
olamchalardan iborat. Feodal o`z ehtiyojiga zarur bo`lgan barcha narsalarni, ya`ni,
yegulik zahiralarini, kiyim-kechak, qurol-yarog`ni qo`li ostidagi krepostnoylardan
olar. qadimgi Rim, Afina, Iskandariya kabi shaharlar, gavjum portlar, shovqinli
bozorlar, teatrlar, sirklar yo`q. O`rta asrdagi kishining dunyosi uning tor qishlog`i
va xovlisi bilan chegaralangan edi. Shunday bo`lgandan so`ng bu insonning
dunyoqarashi ham ajablanarli darajada tor, va bilimdon afinalik yoki iskandariyalik
fuqaroning dunyoqarashiga tubdan teskari edi. O`rta asrdagi barcha ma`naviy
hayot, ya`ni, maorif, san`at, fan butkul cherkovga bo`ysundirilgandi.
O`rta asrdagi Sharq boyroq va madaniyatliroq edi. Arab halifaligining
poytahti Bog`dod halfa va vazirlarining xashamatli saroylari bilan bezalgan,
shovqinli bozorlar turli tillarda gaplashuvchi rangbarang to`dalar bilan to`lgan.
Arab savdogarlari karvon va dengiz kemalarni hozirlar, shaharlarda boy kimxob
matolar to`qilar, ajoyib qurol-yarog` yasalar, oltin va kumush taqinchoqlar
ishlanardi. Sharq qandolat va shirinliklar, xushbo`y moddalar bilan mashhur edi.
Bu umuman boshqacha, qul va krepostnoylar mehnatida barpo etilgan o`zgacha
olam edi. Ana shu olamda nasroniy cherkov tomonidan quvg`inga uchragan
qadimgilar fani boshpana topishi va yangi bilimlarga turtki bo`lishi mumkin edi.
Keng quloch yoygan savdo ishlari matematik masalalarga boy mavzu berar,
uzoq va olis safarlar astronomik va geografik bilimlarning rivojlanishiga omil
bo`lar, hunarmandchilikning rivojlanishi esa tajriba san`atining rivojlanishiga olib
kelardi. Shuning uchun ham, hisoblash masalalarning yechishiga qulay bo`lgan
yangi matematika asoslari aynan Sharqda o`z rivojini topdi. Bilimdon halfa al
Ma`mun davrida ishlagan horazmlik Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al
Xorazmiy (780 - 850) arifmetika va algebraga doir risolaning muallifi bo`lgan.
Sonlarning hind pozitsion tizimi va nul ishlatilishi, arab sonlar, butun va kasr
sonlar ustida amallar bajarishni Yevropa ana shu arifmetik risola orqali tanib oladi.
Xorazmiyning algebraik risolasi matematikaning yangi bo`limi - algebraga (al jabr)
asos soldi. Xorazmiyning risolasida chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish
usullari ko`rsatilgandi.
Xorazmiydan keyingi olimlar o`z navbatida hind matematiklardan olingan
yangi g`oyalarni qayta rivojlantirdilar, va nihoyat, XII asrda Yevropada Xorazmiy
hamda boshqa sharq mualliflar qalamiga mansub risolalarning tarjimalari paydo
bo`la boshlaydi. Kopernik - Galiley ilmiy inqilobi boshlanishiga yangicha sanoq
yozuvi, algebra va trigonometriya yevropalik olimlar tomonidan o`zlashtirildi va
biroz rivojlantirildi.
Aristotel va Ptolemey ishlari ham o`rta asr universitetlari kafedralariga arab
tarjimalarida yetib keldi.
Biroq, antik fanning yutuqlari arablardan ham oldin Qovqoz orti
mamlakatlarda ma`lum bo`lgan. Armaniston va Gurjiston IV asrdayoq Vizantiya
bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar bog`lagan edi. Bu mamlakatlarga nasroniylik
ancha ilgari kirib ulgurgandi. 301 yildayoq Armanistonda nasroniylik davlat dini
deb qabul qilingan, bu din ertangi feodalizmning tayanchiga aylangan edi. V - VII
asrlarda Aristotel, Platon va nasroniy dinshunoslarning ishlari arman tiliga tarjima
qilindi.
VII asr boshlaridagi mashhur arman olimi Ananiya Shirakasi matematika va
falsafani o`rganish maqsadida Vizantiyaga sayohat qilgan, va vataniga qaytgandan
so`ng maktab tashkil etgan va u yerda matematika, astronomiya, geografiyadan
mashg`ulotlar o`tkazgan. Shirakasi tomonidan arman tilida arifmetika darsligi
tuzilgan, kosmografiyadan risola chiqarilgan. Bu risola Shirakasi yunon olimi
Aristotelning ishlaridan voqif ekanligini bildiradi. O`zining risolasida Shirakasi
quyoshgacha va Oygacha bo`lgan masofani chamalash, taqvimlarni tuzish kabi sof
astronomik masalalarni ham ko`rib chiqqan, bu esa, quyosh va Oyning harakati
hamda bu masalalarga doir qadimgi olimlarning ishlaridan habardor ekanligidan
dalolat beradi.
Har tomonlama yetuk olim bo`lgan Shirakasi yosh arman fanni antik davr
ilmiy merosi bilan bog`layoldi. Afsuski, tabiiy fanlarning rivoji va antik merosning
o`zlashtirishida qovqoz orti olimlarning ahamiyati hali yetarli darajada
o`rganilmagan.
Arablar fanda tajribani ham kirita boshlaganlar. Muhammad ibn Axmad al
Beruniy (973 - 1048) metall va boshqa moddalarning zichliklarini o`zi ixtiro qilgan
"konussimon asbob" yordamida aniq o`lchashga harakat qilgan. Beruniy
tomonidan yasalgan bu "konussimon asbob" yuqori qismi torayib uchi silindrik
bo`yinga ega idish shaklida bo`lgan. Bo`yinning o`rtasida kichik yumaloq
teshikcha bo`lib, unga o`lchami mos kelgan egri shakldagi naycha kavsharlab
qo`ylgan. Idishga suv quyilgan. Zichligi aniqlanishi lozim bo`lgan metallarning
parchalari idishga tushirilgan, egri nay orqali tekshirilayotgan metall parchalari
hajmi miqdorida suv oqib tushgan. Bo`yin yetarli darajada tor bo`lib, "xatto tariq
donasi hajmdagi narsa tushirilganda ham suv sathi ko`tarilishi sezilarli bo`lgan".
Beruniy o`lchashlarini zamonaviy birliklarga o`tkazganimizda oltinning zichligi
19,5 ga, simobniki - 13,56 ga tengdir.
Zamonaviy
natijalar
bilan
Beruniy
ma`lumotlarini taqqoslaganimizda ular anchagina
aniq ekanligiga amin bo`lamiz. Afsuski, ular
Yevropada ancha kech, ya`ni, XIX asrda al
Haziniyning
"Donishmandlik
tarozi
haqida
kitob"idan ma`lum bo`lgan. Bu kitobda Beruniyning
qalamiga mansub "Hajmdagi metall va qimmatbaho
toshlar
nisbatlari
haqida"
kitobidan
olingan
parchalarda Beruniy asbobining tasnifi va olingan
natijalari berilgan.
Al Haziniyning o`zi esa Beruniy boshlab
bergan
tadqiqotlarni
maxsus
ixtiro
qilgan
"donishmand tarozi" asbobi yordamida davom
ettirgan.
Beruniyning
zichliklarni
aniqlashda
ishlatiladigan
suv
haqida
keltirgan
amaliy
ko`rsatmalari ajoyibdir. U "uning xususiyatlariga yilning to`rt fasli ta`siri hamda
havo holatiga bog`liqligi tufayli" bir xil sharoitda bitta manbadan olingan suvdan
foydalanish zarurligini ta`kidlaydi. Shunday qilib, Beruniy suvning zichligi undagi
qo`shimcha unsur va haroratga bog`liqligini bilgan.
Shuningdek, Beruniy aniq astronomik va geografik o`lchashlarni o`tkazgan.
U ekliptikaning ekvatorga og`ish burchagini va uning asriy o`zgarishlarini
aniqlagan. Hindistonga qilgan sayohatida Beruniy Yer radiusini aniqlash usulini
ishlab chiqqan.
Muhammad ibn Axmad al
Beruniy
Beruniy Oy va quyosh tutilishlarini kuzatgan, Oy tutilishlarda Oyning rangi
o`zgarishini, to`liq quyosh tutilishlarida esa quyosh toji hodisasini tasvirlab bergan.
U quyosh atrofida Yerning harakat qilishi haqida fikr bildirgan va geotsentrik
nazariyani ancha zaif deb hisoblagan. Beruniy Hindiston haqida kattagina risola
yozgan va Yevklidning "Asoslari" hamda Ptolemeyning "Almagest" asarlarini
sanskrit tiliga o`girgan.
Beruniyning bilimga intilishi juda erta paydo bo`lgan va o`smirligidayok
qadimgi Xorazmning ilmiy doiralarida ancha mashhur bo`lgan. 21 - 22 yoshidayok
astronomik o`lchovlarni o`tkazgan. U davrda Xorazmda davlat to`ntarishi sodir
etiladi va Beruniy Xorazmni tark etishga majbur bo`lib, o`n yilga yaqin umrini
musofirlikda o`tkazadi. qaytib kelgandan so`ng Beruniy davlat arboblaridan biriga
aylanadi. O`sha davrdan u qadimgi Xorazmning mashhur olimi Ibn Sino (980 -
1037) bilan ilmiy yozishmani boshlab yuboradi, u yozishmalarda bir kator ilmiy
tabiiy masalalar va Aristotel fizikasi muhokama qilinadi.
1017 yilda Huroson va Afg`oniston hukmdori Mahmud Xorazmni bosib
oladi va Beruniy boshqa asirlar qatorida g`aznaga yuboriladi, u yerda Beruniy o`n
uch yil qolib ketadi. Beruniy og`ir sharoitlarga qaramay, geografiya va
astronomiyaga doir bir qator ishlarni, xususan, mashhur "Hindiston"ini yozib,
ilmiy ishlarini davom ettiradi.
"Hindiston"ni bitirish arafasida Beruniyning sharoiti o`zgaradi. Tahtga
Mahmudning o`g`li Ma`sud o`tiradi. U Beruniyga ancha yon bosar va yordam
berar edi. Shuning uchun olim "qonuni Ma`sudiy" nomi bilan tanilgan astronomiya
va sferik trigonometriyaga doir kattagina risolasini Ma`sudga bag`ishlaydi.
Beruniy tomonidan shuningdek "Mineralogiya" va "Shifobahsh moddalar haqida
kitob"lari yozilgan. Sharqshunos I.Yu.Krachkovskiy aytishicha, Beruniy unga
zamondosh bo`lgan va birinchi navbatda fizika-matematika va tabiiy-tarixiy
fanlarni qamrab olgan ensiklopediyachi olim bo`lgan.
Beruniyning zamondoshi misrlik Ibn al Haysam (965 - 1039) ham yirik fizik
bo`lgan, Yevropada u Alxazena nomi bilan tanishdir. Uning ishlari asosan optikaga
taalluqlidir. Al Haysam qadimgilarning ilmiy merosini rivojlantiradi, uning uchun
u tajribalar o`tkazadi va lozim bo`lgan asboblarni ixtiro qiladi. U ko`rish
nazariyani
ishlab
chiqadi,
ko`zning
anatomik
tuzilishini ta`riflab beradi va tasvirni qabul qiluvchi
gavhar degan taxminni bildiradi. Al Haysamning
nuqtai nazari XVII asrgacha, ya`ni, tasvir to`rda paydo
bo`lishi haqidagi g`oya tan olingunga qadar hukmron
bo`lgan.
Ta`kidlab o`tish joizki, Al Haysam obskura
kamerasining ishlash tamoyilini bilgan birinchi olim
bo`lgan, ushbu kameradan quyosh va Oy tasvirlarini
olish uchun astronomik asbob sifatida foydalangan. Al
Haysam yassi, sferik, silindrik va konik ko`zgularning
ta`sirlarini ko`rib chiqqan. U yorug`lik manba va
ko`zning
berilgan
vaziyatlariga
qarab
silindrik
ko`zguning akslangan nuqta vaziyatini aniqlash
Al Haysam
masalasini qo`ygan. Matematik tarzda bu masala quyidagicha ta`riflanadi: bitta
tekislikda joylashgan ikkita nuqta va aylana ma`lumotlaridan aylananing shunday
nuqtasini topish kerakki, berilgan nuqtalar bilan birlashtirgan bu chiziq
aniqlanayotgan nuqtaga o`tkazilgan radius bilan teng burchaklarni hosil qilsin.
Masala to`rtinchi darajali tenglama ko`rinishidagi yechimga ega. Al Haysam
uni geometrik usulda yechgan. Keyinchalik Al Haysam masalasini Gyuygens va
Nyuton ustozi Barrou kabi XVII asrning yirik olimlari yechganlar.
Al Haysam nur sinish masalalari bilan shug`ullangan. U sinish burchaklarni
o`lchash usulini ishlab chiqqan va tajribada sinish burchagi tushish burchagiga
proporsional emasligini ko`rsatgan. Garchi Al Haysam sinish qonunining aniq
ta`rifini topmagan bo`lsada, u tushayotgan va singan nurlar nur tushayotgan
nuqtadan tiklangan perpendikulyar bilan bir tekislikda joylashishini ko`rsatib,
Ptolemey natijalariga salmoqli xissa qo`shgan. Al Haysam yassi-kavariq linzaning
kattalashtirish xususiyatini, ko`rish burchagi tushunchasini va uning buyumgacha
masofaga bog`liqligini bilgan. Shafakning davomiyligidan u atmosferani bir jinsli
deb qabul qilgan holda balandligini aniqlagan.
Al Haysamning "Optika kitobi" lotin tilga XII asrda o`girilgan edi. Biroq, bu
risola Ptolemey ishining nushasidir deb hisoblanib kelingan. Faqatgina
Ptolemeyning asari topilib chop etilgandan so`nggina Al Haysam optikasi
qadimgilarning yutuqlarini rivojlantirgan asl nusha asari ekanligi ma`lum bo`ldi.
Alxazen aynan arab olim Ibn Al Haysam ekanligi faqatgina XIX asrda aniqlandi.
Beruniy va Al Haysam misollarida Sharqda tajribali tabiatshunoslik qanday
rivojlanganligini ko`rishimiz mumkin. Yevropaga arablar orqali kirib kelgan
mexanik soat, kompas, porox, qog`oz kabi kashfiyotlar hamda antik ilmiy meros
yevropalik sivilizasiya rivojida ulkan ahamiyatga ega bo`ldi.
Ta`kidlab o`tish lozimki, arablarda astronomiya o`z rivojini topdi.
Rasadxonalar barpo etildi, osmon yoritkichlarni kuzatish ishlari olib borildi. Biz
Beruniyning astronomik va geodezik o`lchashlari haqida gapirgan edik. Yirik
astronomlardan biri bo`lgan mashhur Amir Temurning nabirasi Ulug`bek (1394 -
1449) edi. U Samarqandda rasadxona qurdirib, o`z zamoniga yarasha yuqori
darajadagi asboblar bilan ta`minladi. U tomonidan yulduzlarning aniq katalogi va
sayyoralarning harakatlanish jadvali tuzildi. Ulug`bek tomonidan bajarilgan
kuzatuvlar natijalari arab astronomiyaning yuqori darajada ekanligidan dalolat
beradi.
Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur
(Tarag`ay) Ulug`bek Kurag`oniy (22.03.1394 -
27.10.1449), 1409 yildan poytahti Samarqand
shahrida bo`lgan Moveraunnahr hukmdori, otasi
vafotidan so`ng 1447 yildan boshlab esa, bobosi,
ya`ni, Oltin O`rda va Boyazid boshchiligidagi turk
qo`shinlarini tor-mor etgan, Temuriylar sulolasining
asoschisi buyuk Amir Temur (1336-1405) qo`lga
kiritgan va Sirdaryo va Amudaryo oralig`ida
joylashgan
ulkan
Moveraunnahr
davlatining
hukmdori bo`ldi. Samarqandda o`zi ma`ruzalar
o`qigan oliy maktabga, ya`ni, Madrasaga asos soladi.
1417 yilda o`sha davrda tanilgan astronomlarni
to`plab, 1420 yilga kelib Samarqand yaqinida o`sha davr uchun dunyoda eng katta
rasadxonani qurdiradi. Bu rasadxonaning asosiy asbobi - kvadrantining yoyi
radiusi 40,2 metrni tashkil etib, uning bir qismi qoya toshda o`yilgan 11 metr
chuqurlikda joylashgandi. Asbobning meridian bo`ylab yo`nalgan yoyi tepalikda
joylashgan diametri 48 metr va balandligi 30 metrga ega silindrik shakldagi uch
qavatli binoda qurilgan bo`lib, uning o`lchami mashhur Fahr sekstantidan ikki
marta katta edi. Uning yordamida tush paytda quyoshning vaziyatini 1" aniqlikda
o`lchash mumkin bo`lgan. Rasadxonada undan tashqari diametri 3 metrga ega
ikkita armillyar sfera, balandligi 55 metr bo`lgan gnomon va boshqa ulkan
astronomik asboblar mujassam bo`lgan. Shuningdek u yerda boy kutubxona ham
bo`lgan. Rasadxona ko`rinishidan ko`pgina xonalarga ega va balandligi 50 metr
bo`lgan 3 qavatli silindrik bino ko`rinishida bo`lib, uning tepasidan ochiq gorizont
ko`ringan.
1437 yilning yozida rasadxona xodimlari bilan birgalikda ichiga 1018
yulduzni qamrab olgan jadval tuzildi, bu Ptolemeydan keyingi navbatdagi jadval
bo`lib, unda 700 yulduzning koordinatalari qayta aniqlangan va Hijriy 841 yil
epoxasiga, ya`ni, Melodiy 1437 yilga keltirilgan edi. Bu jadvalni tuzishdan maqsad
eski kataloglarning hatolarini aniqlash va to`g`rilashdan iborat bo`lib, u
rasadxonaning 1437 - 1449 yillarda qilingan bosh ishi bo`lmish "Yangi Ko`ragon
jadval", ya`ni, "Ziji - jadidi - Ko`ragoniy"ga kiritildi, uning yordamida vaqtning
ixtiyoriy momentida yoritkichlarning vaziyatlarini hisoblab chiqarish mumkin edi.
To`rt qismdan iborat katta "Kirish" da yangi natijalar kiritilib, nazariy va amaliy
astronomiyaning asoslari, ya`ni, Ulug`bek tomonidan tuzilgan turli xalqlarning
taqvimlari va ular orasidagi o`tish jadvallari bayon etilgan; amaliy astronomiya
muammolari va matematik apparat, ya`ni, Ulug`bekning trigonometrik jadvallari;
Yevropa va Osiyo, chunonchi Rusiyaning ham 683 shaharlari geografik
koordinatalari berilgan; musulmonlar uchun muhim bo`lgan Makkaga yo`nalishni,
ya`ni, qiblaning azimutini aniqlash usullari; sayyoralarning Ptolemeycha
geotsentrik nazariyasi berilgan edi. Uncha katta bo`lmagan to`rtinchi qismda
an`anaga ko`ra astrologiya masalalari ko`rilgan. Bu ishning bosh o`rnini yulduzli
katalog hamda quyosh, Oy va sayyoralarning harakati jadvallari o`rin olgan.
Sharqda undan XVIII asrga qadar foydalanishgan. Yevropada jadvallardan
Mirzo Ulug’bek
parchalar ilk bor Yan Geveliy tomonidan tarjima qilingan bo`lib, 1648 yilda
qisman Oksford universitetining geometriya va astronomiya kafedrasining
professori Djon Grivs tomonidan qisman, 1665 yilda esa to`liq nashr qildirilgan,
so`ngra, 1853 yilga kelib, Parijda "Kirish"ning nazariy qismi ham nashrdan
chiqarildi. 1917 yilda AQShda Ulug`bekning yulduzli katalogi bosib chiqarildi.
Yulduzli yilning davomiyligini 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund deb
aniqlik kiritgan, Yulian taqvimning nomukammalligini ta`kidlab o`tgan.
Ekliptikaning ekvatorga og`ishini atigi 32" hatoligi (23° 30' 17"), yillik
presessiyani 1,1" hatoligi (51,4") bilan aniqlagan, osmonda bahorgi tengkunlik
nuqta vaziyatini qayta aniqlagan, turli yillar sanog`i va taqvimlar haqida bayon
etib, ko`pgina astronomik birliklar qiymatlariga aniqlik kiritgan.
Sirtiga kumushdan yulduzlar kiritilgan bronzadan yasalgan Ulug`bekning
osmon globusi ma`lum bo`lib, hozirda u Angliyadagi shahsiy antiqalar to`plamida
saqlanadi.
Uning xodimi Al Qoshiy (g`iyosiddin Jamshid Ibn Ma`sud Al Qoshiy, 13 ? -
1437) rasadxonani boshqarib turgan, hisoblarda o`zining ixtirosi deb sanalgan
o`nlik kasrlardan foydalangan (bizgacha "Arifmetikaga kalit" ("Mifax al hisob",
1427) kitobi yetib kelgan, biroq o`nlik kasr Hindiston va Xitoyda IV asrdayoq
ma`lum bo`lgan), ildizlar chiqarish usullarini bayon etgan. Katta aniqlikda 1'
qadami bilan trigonometrik jadvallarni tuzgan, ulardan 250 yil davomida
foydalanilgan. Ulug`bek rasadxonasida 1 daraja sinusni aniqlanishi kub tenglamani
yechimi holiga keltirilgan. Original iterasion usul bilan oltmishtalik sanoq
sistemasida bir daraja sinusning qiymatini
9
60
26
8
60
16
7
60
44
6
60
14
5
60
11
4
60
43
3
60
49
2
60
2
1
60
1
1
sin
ko`rinishga keltirilgan, u 17 belgigacha to`g`ridir. Ulug`bekning trigonometrik
jadvallari
9
10
aniqlikga ega.
Oliy musulmon diniy yig`in fatvosi bilan o`z o`g`li yollagan qotil tomonidan
o`ldirilgan. Ulug`bek hoki Samarqanddagi temuriylar xilxonasi Go`r Emirga
qo`yilgan. Rasadxona vayron qilingan. Uning aniq joyi samarqandlik arxeolog
V.L.Vyatkin (1869-1932) tomonidan topilgan. Hozirda rasadxonaning kattagina
qismi qayta tiklangan va muzeyga aylantirilgan.
O`rta asrdagi arab olimlarning astronomik tadqiqotlari hamda arablarning
fan va texnikadagi yutuqlari keyinchalik Yevropada ham ma`lum bo`lib,
yevropalik astronomiyaning rivojiga omil bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |