Kelgusi rejalar
|
O‘qituvchi.
O`quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bilan tajribasini boyitish.
O‘quvchi.
Modda zichligi va uning birliklaridan amaliyotda foydalanish, qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o‘rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish.
|
Mashg‘ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-zichlik;
- hajm;
I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) salomlashib, davomat aniqlanadi;
b) o‘quvchilarning darsga hozirligi ko‘rib chiqiladi:
Darsning blok-chizmasi
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2.
|
O‘tilgan laboratoriya hisobotlarini tekshirish
|
5 minut
|
3.
|
Yangi mavzuga kirish uchun “Bingo”, “BBB”ni o‘tkazish
|
10 minut
|
4.
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
15 minut
|
5.
|
Mavzu yuzasidan masalalar ishlash
|
10 minut
|
6.
|
Uyga topshiriqlar
|
3 minut
|
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. (5 minut)
O‘quvchilar birinchi marta laboratoriya ishlarini bajarganliklari uchun o‘qituvchi ularning hisobotlarini tekshiradi va xulosalarni umumlashtirib aytadi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzuga zamin tayyorlash uchun ”Bingo” o‘yini orqali erishiladi.
m
|
Kg
|
litr
|
v
|
massa
|
Tarozi
|
Menzurka
|
hajm
|
Tonna
|
O‘quvchilar yuqoridagi ma’lumotlardan so‘ng, “BBB” usulidan foydalaniladi.
Quyidagi topshiriq beriladi.
1. Nima uchun turli xil moddalardan tayyorlangan bir xil hajmli jismlarning massalari har xil bo‘ladi?
2. Gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning zichliklari bir-biridan farq qiladimi?
3. Moddalarning zichliklarini aniqlagan vatandoshlarimizdan kimlarni bilasiz.
4. Suyuqlikning zichligini qanday asbob bilan aniqlash mumkin?
5. Sinf xonasining hajmini qanday aniqlash mumkin?
6. Suvning hajmini qanday aniqlash mumkin?
- Quyidagi savollarga javob yozishga harakat qiling. Javoblaringizni quyidagi tartibda yozing
Bilardim:__________________________________
Endi yangi mavsu bo‘yicha nimalarni bilmoqchisiz quyidagi tartibda yozing.
Bilmoqchiman:__________________________
O‘rtoqlaringiz bilan fkrlaringizni birlashtirib, o‘qituvchiga yetkazish.
Shundan so‘ng bir xil ko‘rinishga va hajmga ega bo`lgan yog‘och, metall, plastmassa shar, kub, silindr (qaysilari bo‘lsa) olib ularning massalari tarozida o‘lchanadi. Ularning massalaridagi farq to‘g‘risida o‘quvchilar bilan 2-3 minutlik “Aqliy hujum” o‘tkaziladi. Bundan foydalanib zichlik tushunchasi kiritiladi:
Zichlik = yoki ρ = .
Hajm tushunchasi bilan o‘quvchilar matematika kursidan tanish bo‘lsalarda, yana bir bor, hajm nima? Uni qanday birlikda o‘lchanadi? Qanday aniqlanadi? kabi savollar bilan takrorlash foydali.
Zichlik tushunchasini mustahkamlash uchun 2-3 ta og‘zaki masala beriladi. Kitobdagi jadvaldan foydalanib quyidagi mazmunda masala tuziladi:
1. Sutning zichligi 1,03 g/sm3 yoki marmar toshning zichligi 2,7 g/sm3
deganda nimani tushunasiz?
2. Jadvalda keltirilgan moddalardan qaysi birining zichligi eng katta
(kichik)?
3. Po‘lat sharning massasi 78 g, hajmi 10 sm3 bo‘lsa, zichligi nimaga
teng?
Darsning keyingi qismi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmagan jismlar
zichligini aniqlash bo‘yicha boradi. Dastlab o‘quvchilar menzurka bilan tanishtiriladi. Undagi shkalani o‘qish o‘rgatiladi (o‘quvchilarga darslikdagi oldingi mavzularda berilgan menzurka rasmini ochish aytiladi). Menzurkadagi suv orqali ixtiyoriy shakldagi jism hajmi aniqlab ko‘rsatiladi.
Bobokalonimiz Abu-Rayhon Beruniy jahonda birinchi bo‘lib 50 dan ortiq moddalarning zichligini hozirgi zamon aniqligi darajasida o‘lchashga muyassar bo‘ldi. Jismlar hajmini aniq o‘lchash uchun Beruniy maxsus asbob yasadi. U ana shu asbobni suyuqlik bilan to‘ldirib, unga teng og‘irlikda jismlarni navbatma-navbat tushirish orqali shu jismlar siqib chiqargan suyuqlikka taqqoslab har bir jismning hajmi aniqlanadi. Beruniy suvning 4 xil holatdagi zichligini tajriba asosida o‘lchaydi:Uning hisobi:
-buloq suvi -1g/sm3
-qaynoq suv -0,959g/sm3
-erib turgan muz suv -0,965g/sm3
-dengiz suvi -1,14g/sm3
Beruniyning bu tekshirishlari undan 600 yil keyin Italiya olimi G. Galileyning tajribalarida qayta isbotlandi.
Mana shu tamoyilni qo‘llab Beruniy va Hozinlar o‘lchagan moddalar zichligining naqadar aniq ekanligi o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Bu bilan milliy g‘urur hissi uyg‘otiladi.
IV.Mustahkamlash uchun masalalar yechib ko‘rsatiladi.
Dars oxirida hisoblashga doir 2-3 ta masala yechiladi. Masala yechish
namunasi darslikda keltirilgan.
Modda zichligi mavzusi bo‘yicha o‘rganganlaringizni quyidagicha yozing.
Bilib oldim:________________________________
V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning javoblari tinglangach rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Mavzuni o‘qish va test tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |