5. Termodinamika qonunlari. Adiabatik jarayon Karno tsikli. Gazlarning issiqlik sig’imlariga doir masalalar yechish.
5.1. Agar biror ikki atomli gazning normal sharoitda zichligi 1,43 kg/m3 bo‘lsa, bu gazning c v va cp solishtirma issiqlik sig‘imlari nimaga teng?
5.2. O‘zgarmas bosimda kislorod uchun solishtirma issiqlik sig‘imi o‘zgarmas hajmdagi solishtirma issiqlik sig‘imiga nisbati cp/cv topilsin.
5.3. V=2 l hajmli yopiq. idishda t=10oS temperaturada m=12 g azot bor. Isitilgandan keyin idishdagi bosim p= 1,33 MPa ga teng bo‘lgan. Isitishda gazga qancha Q issiklik miqdori berilgan?
5.4. a) V= const va b) P = const bo‘lganda kislorodning solishtirma issiqlik sig‘imi c topilsin.
5.5.O‘zgarmas bosimda quyidagi gazlarning: a) vodorod xlorid, b) neon, v) azot ikki oksidi, g) uglerod oksidi va d) simob bug‘ining solishtirma issiqlik sig‘imlari s r topilsin.
5.6. m=12 g kislorodni o‘zgarmas bosimda Δt=50oC ga isitish uchun qancha Q issiqlik miqdori sarflash kerak?
5.7. t = 10o C temperaturali m= 10 g kislorodni P=const bosimda isitish natijasida u kengayib V= 10 l hajmni egallagan. Gazning olgan Q issiklik miqdori, ∆W gaz ichki energiyasining o‘zgarishi va gazning kengayishda bajargan A ishi topilsin.
5.8. Temperaturasi t=27 0C bo‘lgan m= 6,5 g vodorod p=const bosimda tashqaridan berilayotgan issiqlik hisobiga ikki marta kengaygan. Gazning A kengayish ishi, gaz ichki energiyasining ∆W o‘zgarishi, gazga berilgan issiqlik Q miqdori topilsin.
5.9. Yopiq idishda m1=20 g azot va m2=32 g kislorod bor. Bu gaz aralashmasini ∆T=28 K ga sovitilganda, uning ichki energiyasining ∆W o‘zgarishi topilsin.
5.10. v=2 kmol karbonat angidrid gazi o‘zgarmas bosimda ∆T=50 K ga isitilgan.Gaz ichki energiyasining ∆W o‘zgarishi, kengayganda bajarilgan A ish, gazga berilgan Q issiqlik miqdori topilsin.
5.11. Ko‘p atomli v=1 kmol gaz erkin kengaya olish sharoitida ∆T=100 K ga isitilgan. Gazga berilgan Q issiqlik miqdori, gaz ichki energiyasining ∆W o‘zgarishi, kengayishda bajargan A ishi topilsin.?
5.12. Karno sikli bo‘yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi har bir siklda isitgichdan A=600 J issiqlik oladi. Isitgichning temperaturasi T1= 400 K, sovitgichning temperaturasi T2=300 K. Mashinaning bir siklda bajargan A ishi va bir siklda sovitgichga bergan Q2 issiqlik miqdori topilsin.
5.13. Ideal issiqlik mashinasi Karno sikli bo‘yicha ishlaydi. Agar bir siklda A=2,94 J ga teng ish bajarilganligi va sovitgichga Q2=3,2 J issiqlik berilgani ma’lum bo‘lsa, siklning f. i. k. η aniqlansin.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |