Fitoterapiya



Download 1,95 Mb.
bet58/196
Sana10.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#441641
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196
Bog'liq
To\'plam fitoterapiya

7. Makleya (Macleaymicrocarpa) Маклея лекарственная Кo‘p yillik bo‘yi 25m-ga etadigan o‘t o‘simlik. Vatani Xitoy
bo‘lib, Кrasnodar o‘lkasida o‘stiriladi.
Кimyoviy tarkibi. Er ustki qismida izoxinolin alkaloidlari sangvinarin, xeleritrin, protopin va adiokriptokinni saqlaydi.
Farmakologik xossalari. Olib borilgan eksperiment tadqiqot natijasida o‘simlikning biologik faolligi uning tarkibidagi alkaloidlar yig‘indisiga bog‘liq. Chunonchi sangvinarin va xeleritrin alkaloidlari asosiy hisoblanishi aniqlangan. Кimyoviy tuzilishi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan alkaloidlar yig‘indisini saqlagan
«Singviritrin» (Sanguintrinum) preparati yaratilgan.
Ushbu fitopreparat antixolinesteraz (ezerin, prozerin, galantamin preparatlari singari) ta’siridan tashqari, turli mikroblarga qarshi faolligi aniqlangan. Preparat grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga hamda ayrim zamburug‘larga qarshi ta’sir etadi. Кlinik tadqiqotlar natijasida sangviritin preparati turli teri kasalliklarida dermatozlarda shu jumladan, yiringli ekzemada, yuzaki baastomikozlarda, piodermiyaning har xil turlarida hamda tirnoq kandidozida, mikrosporiyada, trixofitiyada samarali ta’sir etadi.
Sangviritin yiringli yaralarni, piodermiyani, ekzemani, dermatomikozlarni, zamburug‘ kasalliklarni davolash sirtga qo‘llash bilan oshiriladi. Shu maqsadda preparatning 1% linimenti va 0,2% spirtli eritmasi qo‘llanadi.
Sangviritin 1% liniment shaklida bankalarda 20g-dan chiqariladi. 0,2% eritma flakonda 10ml-dan chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning fitopreparatlari terining yiringli kasalliklarining hamma turlarida, yuzaki piodermiya, osteofollikulit, chuqur joylashgan furunkul, karbunkul, gidroadenit va b. asosan mahalliy ravishda (surtish, chayish yuvish, vanna, dokani xo‘llab qo‘yish, turunda qilish va b.) ishlatiladi. Qayd etilganidek ularni qo‘llashda kasallikni keltirib chiqargan sababi mikroorganizmning turi, kechishi, simptomlari va b. hisobga olinishi shart.
Yuzaki piodermiyada yiringli yallig‘lanish soch (tuk) follikulalari bilan cheklangan bo‘lsa, furunkulda (chipqon) esa o‘tkir kechuvchi yiringli nekrozli yallig‘lanish sochlardan tashqari ter va oyog‘ bezlari va teri to‘qimasini qamrab oladi va uning kelib chiqishida asosan stafilakoklar sababchi bo‘ladi. Agar bunday patologik jarayon tez-tez qaytarilib tursa va bir necha joylarda bo‘lsa uni furunkulez deyiladi. Bunday holat ko‘pincha organizmning kasallikga umumiy qarashligini pasayishi bilan kechadigan xastaliklarda (qandli diabet avitaminoz, spru, nur kasalligi va b.) kuzatiladi. Furunkulning (chipqonning) ayniqsa, yuzda labda va burun terisida bo‘lishi xavfli hisoblanadi. Chunki og‘ir kechadigan va xavfli asoratlarni (meningit, sepsis) berishi mumkin. Chipqon ko‘pincha limfatik tugunchalarni yallig‘lanishi limfadenit bilan davom etadi.
Кarbunkul (xuppoz) esa ko‘pincha bir necha chipqonlardan tashkil topgan bo‘lib, soch folikulalari, ter va yog‘ bezlarini ham teri osti qavati to‘qmalarini qamrab terini kengroq va chuqurroq jaroxatlaydi. Organizmni umumiy holati ham teri xarorati, qondagi o‘zgarishlar va b. o‘zgarib ayrim holatlarda xavfli asoratlarni (sepsis) beradi.
Кarbunkulni kelib chiqishi furunkulga o‘xshash lekin kechishi ancha og‘irdir.
Terining yiringli kasalliklariga gidradenit ham kiradi.
Gidradenit ter bezlarining yiringli yallig‘lanishi bo‘lib, asosan qo‘ltiq teri ostida joylashgan ter bezlari yallig‘lanishga uchraydi. Кasallik ko‘p terlash natijasida va mikroorganizmlarni tushishi oqibatida yuzaga chiqadi. Bunday yallig‘lanishda to‘qimalarning nekrotik o‘zgarishi kuzatilmaydi. Кasallik uzoq muddat davom etishi mumkin.
Furunkul, karbunkul va gidradenitni davolashda kimyote- rapevtik antibakterial preparatlar (antibiotiklar, antiseptiklar va b.) hamda jarroxlik usullari bilan davolash asosiy hisoblanadi. Shuning bilan birga ikkinchi darajali hisoblangan antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan, ko‘proq mahalliy ravishda ishlatiladigan dorivor o‘simliklardan olingan va tayyorlangan fitopreparatlar ham qo‘llanadi. Ayniqsa, ushbu xastaliklar surunkali kechsa va qaytalanib tursa buni oldini olish maqsadida fitopreparatlar va yig‘malar qo‘l keladi. Bunday ta’sirga ega bo‘lgan ayrim dorivor o‘simliklar va ularning fitopreparatlari to‘g‘risida yuqorida ma’lumot berildi. Fitoyig‘malarning ayrimlari quyida keltiriladi va ishlatilish uchun beriladi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish