4. Uch rangli gunafsha (Vialae tricolor) Фиалка трехсветная
Farmakologik xossalari. O‘simlikning er ustki qismidagi farmakologik faol moddalari bo‘lgan efir moyi, shilliqsimon moddalar hisobiga antiseptik ta’sir etadi. Flavonoidlar va oshlovchi moddalar esa yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik o‘ti yallig‘lanishga qarshi ta’sirdan tashqari, giposensibilizatsiya, (organizmning ayrim moddalarga o‘ta sezuvchanligini kamayishi) xossasiga ega. Gunafshaning ushbu effektlari hisobiga uning preparatlarini mahalliy ishlatilganda teri kasalliklarida (allergik dermatit, eksudativ diatez, ekzema) ishlatilishi mumkin. Bu teri kasalliklarini kelib chiqishda o‘ta sezuvchanlik reaksiyasi rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |