Terining yiringli kasalliklari-piodermgiya dermatozlar orasida eng ko‘p uchraydigan xastalik hisoblanadi.
Tiodermiyaning kelib chiqadigan sabablari turlicha: stafilo- kokkilar, streptokokkilar, stafilo-streoptokokklar. Piodermiya patologik jarayonining zabt etishi bo‘yicha yuzaki va chuqur, kechishi, bo‘yicha o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin.
Piodermiyaning kelib chiqishida ekzogen (yuzaki jaroxatlanish ifloslik, sovuq va issiqlik va b.) va endogen (qandli diabet, gipofiz- adrenalin sistemani va qalqonsimon bezning faoliyatini etishmasligi, vegetativ nevrozlar, gipovtaminoz ayniqsa, A va S vitaminlar) faktorlar alohida o‘rin egallydi. Organizmning immun sistemasini kasallikga qarshi himoya etish faoliyatining pasayishi poideriyani kelib chiqishi va kechishida katta axamiyatga ega. Yuzaki joylashgan poideriyaga – soch, tuk follikulalarining yiringli yallig‘lanishi osteofolikulit va folikulitlar deyiladi.
Chuqur joylashgan pioderiyalarga esa asosan furunkul, karbankul va gidroadenitlar kiradi.
Terining bunday kasalliklarida keng miqyosda umumiy va mahalliy mikroblarga qarshi antiseptiklar antibiotiklar va b., yallig‘- lanishga qarshi, organizmning immun sistemasi faoliyatini oshiruvchi dori vositalari va ayrim holatlarga esa jarroxlik usuli qo‘llanadi.
Shu bilan birga dorivor o‘simliklardan olingan va tayyorlangan fitopreparatlar ham ishlatilishi mumkin.
Pioderiyani fitoterapiyasida ham keltirib chiqargan mikrobga qarshi va organizmning qarshiligini oshiruvchi ta’sirli dorivor o‘simliklardan foydalaniladi.
Yallig‘lanishga va qichishiga qarshi ta’sir etadigan dorivor o‘simliklarga o‘rmalovchi bug‘doyiq ildizi, uch rangli gunafsha o‘ti, igir ildizi, bo‘tako‘z gullari va b. fitopreparatlari kiradi.
Surunkali pidermiyada asab sistemasini tinchlantirish maqsadida sedativ ta’sirli dorivor o‘simlielar arslon quyruq, valeriana, gangituvchi bozulbang, sallagul va b. ishlatilishi mumkin. Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi ichki sekretsiya bezlar faoliyatini bir meyorga keltiruvchi dori vositalari eleuterokk, jenshen, zamanixa, lavzeya, olivandra, radiola evkolipt, suli va b. ham tavsiya etish mumkin.
Кarbon suv almashinuvi giperglikemiya bilan bog‘liq pioder- miyaning surunkali kechishida quyidagi fitoyig‘malar tavsiya etiladi.
Dalachoy o‘ti, tirnoqgul gullari, marmarak bargi, loviya po‘sti, chernika barglari, suli poxoli-35g-dan; yalpiz bargi, qariqiz ildizi- 25g-dan; zig‘ir urug‘i 20g yig‘maning 1 osh qoshig‘i 500ml qaynoq suvga solinib, 5 daqiqa qaynatiladi, 20 daqiqadan so‘ng 2 qoshiqdan kuniga 3-4 marta ichiladi.
Terining yiringli kasalliklarida ishlatiladigan ayrim dorivor o‘simliklar izohi.
Do'stlaringiz bilan baham: |