Fitoterapiya



Download 1,95 Mb.
bet144/196
Sana10.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#441641
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   196
Bog'liq
To\'plam fitoterapiya

S Farmakologik guruh

W Ta'sirmexanizmi

O Farmakologikta'sir

T Preparatlar



Nazariy qism

Bu bo'limda asosan vegetativ nerv sistemasiga-parasimpatik va simpatik nervlarga tanlab ta'sir etuvchi va ichki oazolar faoliyatini o'zgartiradigan dorivor o'simliklardan olingan va tayyorlangan preparatlar to'g'risida Ma'lumot beriladi. Chunonchi, ularni o'sish joyi, mahsuloti, tarkibidan tashqari, farmakodinamikasi, qisman farmakokinetikasi, ishlatilish qoidalari, dori shakli va b. to'g'risida so'z yuritiladi.


Bayon etiladigan o'simliklarning ko'pchiligi Markaziy Osiyoda, ayrimlari esa sobiq Ittifoq hududida o'sadi va o'stiriladi. Ulardan tibbiyot amaliyotida keng miqyosda dori vositalari sifatida ishlatiladigan turlari to'g'risida Ma'lumot beriladi.

    1. Belladonna. Krasavka (Atropa L.)

Oddiy (dorivor) belladonna (Atropa velladonna L.), Kavkaz belladonnasi (Atropa caucassa Kreuer) ituzumdoshlar-Solanaceae oilasiga mansub. Belladonna ko'p yillik, bo'yi 2 m gacha yetadigan o'simlik.
Har ikkala o'simlik yovvoyi holda asosan Kavkaz, Qrim, Karpatda o'sadi. Ko'proq Krasnodar o'lkasida va Ukrainada o'stiriladi.
O'simlikning mahsuloti bargi, ustki qismi va ildizi hisoblanadi. O'simlikning hamma qismlari zaharli va ularning tarkibida atropin, skopolamin, giossiamin alkaloidlari bor: bargida- 0,14-1,20%, poyasida 0,2-0,65%, gulida - 0,24-0,6% ,pishgan mevasida esa 0,7% gacha.




  1. rasm. Xolinergik nervdan impulsning o‟tish sxemasi.

Belladonnaning asosiy alkaloidi atropin (l va d- giossiamin aralashmasi) bo'lgani uchun o'simlikning farmakologik xossalari shu modda bilan ifodalanadi.


Atropinning asosiy farmakologik ta'siri M–xolinoretseptorlarga qaratilgan bo'lib, ularni bloklaydi. Boshqacha qilib aytganda parasimpatik nervlarning postganglionar qismi-ning oxiridan impulslarni to'qima-larga (azolarga) o'tishini to'xtatadi. Chunki mediator atsetilxolinning ta'siri namoyon bo'ladigan to'qima sathida joylashgan postsinaptik parda- xolinoretseptor bloklanadi.
Shuning uchun ham atropin va unga o'xshash ta'sir qiladigan dori vositalarini M- xolinoblokatorlar yoki M-xolinolitiklar deb yuritiladi. Ularning farmakologik ta'siri natijasida quyidagi effektlar (o'zgarishlar) kuzatiladi.

  1. Ko'zga ta'siri. Ko'z rangdor pardasining doira silliq mushaklarini bo'shashtirib qo'yadi va radial mushaklarning qisqarishi hisobiga ko'z qorachig'i kengayadi. Ma'lumki, doira mushaklar parasimpatik nerv bo'lgan ko'z harakati nervi bilan innervatsiya qilinadi. M- xolinolitiklar ta'sirida bu nerv innervatsiyasi to'xtaydi va shu sababli mushak bo'shashadi. Ko'zning ichki bosimi qisman yoki rosmana ko'tarilishi mumkin. Chunki ko'zning qorachig'i kengayib, rangdor pardasi qalinlashadi. Bu esa fontan bo'shlig'i va shlem kanalini toraytirishga va ko'z ichki suyuqligi chiqib ketishi qiyinlashishiga olib keladi. Ko'zning akkomodatsiyasi esa M-xolinolitiklar ta'sirida falajlanadi. Bunga sabab preparatlar ko'zning kipriksimon tana mushaklarini bo'shashtiradi. Natijada sinn bog'lam tortiladi va ko'z gavhari yupqalashib qoladi. Bunda yaqin masofani ko'rish qobiliyati yomonlashadi, uzoqni ko'rish esa o'zgarmay qoladi.




    1. rasm. Atropin va polikarpinning ko‟zga ta'siri.




  1. So'lak bezlarining faoliyati susayadi, so'lak ajralishi to'xtaydi. Natijada og'iz qurib odamda suvga talab kuchayadi.

v) Bronx va bronxiolalar kengayib nafas olish yengillashadi. Chunki M-xolinolitiklar ta'sirida M-xolinoretseptorlar bloklanib, bronx silliq mushaklari bo'shashib qoladi. Bunda odamning ovozi ham o'zgarib xirillaydigan bo'lib qoladi.
g) Yurak urishi (ritmi) tezlashadi. Taxikardiya bo'ladi. Bunga sabab M- xolinolitiklar adashgan nervning Yurakka tormozlovchi ta'sirini bartaraf qiladi. Buning natijasida simpatik nervning Yurakka bo'lgan stimullovchi (rag'batlantiruvchi) ta'siri ro'y-rost yuzaga chiqadi.



    1. rasm. Ajratib olingan baqa yuragiga atropinning (1:50000; 1:100000) ta'siri(

d) Qon tomirga bo'lgan ta'sir uncha sezilmaydi. Chunki qon bosimining ko'tarilishida baroretseptorlar qatnashib, unga yo'l qo'ymaydi.


ye) Me'da-ichak faoliyatining sekretsiyasi va harakati (peristaltikasi) to'xtaydi, spazmlar yo'qoladi. Boshqacha qilib aytganda, M-xolinolitiklar spazmolitik ta'sir ko'rsatadi va atoniya holati kuzatiladi. Me'da-ichaklarining shira ajratishi to'xtaydi.
j) Chanoq bo'shlig'idagi azolarning (siydik qopi, bachadon, to'g'ri ichak) tonusi pasayadi, sfinkterlar bo'shashadi.
z) Ter ajralishi to'xtashi natijasida teri quriydi va uning harorati ko'tariladi. Chunki ter bezlari parasimpatik nervlar bilan innervatsiya qilinadi yoki ularda ham M-xolinoretseptorlar bo'lgani uchun M-xolinolitiklar ta'sirida bloklanadi.
Ta'sir etish mexanizmi. Yuqorida aytilganidek, M-xolinoretseptor-larning bloklanishi natijasida mediator atsetilxolinning xolinoretsep-torlarga ta'sir etishiga yo'l qo'yilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, postsinaptik parda depolyarizatsiya bo'lmaydi. Buning natijasida nervlarning oxiridan azoga impuls o'tishi to'xtaydi, bu azoda farmakologik denervatsiya (nerv ta'sirisiz) bo'ladi.
Ishlatilishi va ishlatilishiga moneliklar. M-xolinolitiklar tibbiyot amaliyotida, masalan, oftalmologiyada ko'zning ichki qismini ko'rish maqsadida ko'z qorachig'ini kengaytirish uchun, bundan tashqari, ko'z miopiyasining (yaqinni ko'rish) darajasini aniqlash va shunga qarab ko'zoynak yozib berish uchun ishlatiladi. Preparatlar bronxial astma kasalligida, bradiaritmiyada, Me'da va ichak yaralarida, M-xolinomimetiklardan zaharlanishda, Me'da-ichak sanchig'ida, buyrak va o't qopi tosh kasalligi xurujida, Me'da - ichakning rentgenoskopiyasida va boshqa hollarda keng ishlatiladi. M-xolinoblokatorlar glaukoma kasalligida, umuman yoshi keksayib qolgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
O'simlik yoki uning preparatlaridan zaharlanishda og'iz qurishi, ovoz xirillashi, teri qizarishi, qurib qolib issiq bo'lishi, chanqash, ko'z qorachig'ining kengayishi, taxikardiya va boshqalar kuzatiladi, tana harorati ko'tariladi.
Birinchi yordam choralari: antixolinesteraz preparatlardan fizostigmin salitsilat 0,001 g dan (5 ml osh tuzining izotonik eritmasida) har 5 daqiqada yuborib turiladi (umumiy dozasi 0,006 g). Prozerin yoki galantamin ham berilishi mumkin. Psixomotor qo'zg'olishda mushaklar orasiga geksenal yoki sibazon yuboriladi. Zaharlanish og'iz orqali bo'lgan taqdirda Me'da aktivlangan ko'mir aralashgan suv bilan yuviladi, tuz surgilar tavsiya etiladi. Og'izni chayib, sovuq suvli dush yoki sovuq suv bilan cho'milish va artinish zarur.
Belladonna o'simligidan olinadigan va tayyorlanadigan asosiy dori vositalari:
Atropin sulfat (Atropini sulfas) Preparat kukun, tabletka, eritma holida ichish uchun, in‟yeksiya va ko'zga tomizish mo'ljallangan. Kukun va tabletka xolida 0,0005-0,0025 g dan 1-2
marta 1 kunda, in‟yeksiya uchun 0,1%-1 ml teri ostiga, ko'zga tomizish uchun-0,1-0,25-0,5- 1% li eritma. Belladonna nastoykasi (Tinctura Belladonnae). O'simlik bargidan (1:10) 40% spirtda tayyorlanadi. "Zelenin tomchisi" tarkibiga kiradi. 5 -10 tomchidan ichiladi. Bulardan tashqari, belladonna bargining poroshogi (kukuni), ildiz va bargining ekstrakti tarkibiga kiradigan, quyidagi preparatlar mavjud: bellataminal, bekarbon, bepasal, bellalgin, bellastezin, Me'da tabletkasi va tomchisi, betiol va anuzol (shamchalar), salutan (bronxolitik, balg'am ko'chiruvchi) va boshqa kompleks preparatlari mavjud.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish