Qo'shimcha
5. .N.Nabieva, E.Djo'raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
6. M.N.Maxsumov. “Nazariy mashg'ulotlar matni”. 2000y., 1994.
7. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O'quv – uslubiy qo'llanma. Toshkent.. 2003y.
www.ziyonet.uz
www.Lex.uz.
www.uzpharm-control.uz
www.doridarmon.uz www.uzpharmsanoat.uz
NAZARIY MASHG'ULOT №-9 MAVZU: BELLADONA, BANGİDEVONA, MİNGDEVONA O'SİMLİK PREPARATLARİ. FARMAKOLOGİK VA FARMAKOTERAPEVTİK XARAKTERİSTİKASİ, İSHLATİLİSHİ.
Tayanch so'zlar: Yurak glikozidlari digitalis,
strofant, adonis, marvarid gul
Belladona, bangidevona, mingdevona o'simlik preparatlari.
Bu bo'limda asosan vegetativ nerv sistemasiga-parasimpatik va simpatik nervlarga tanlab ta'sir etuvchi va ichki oazolar faoliyatini o'zgartiradigan dorivor o'simliklardan olingan va tayyorlangan preparatlar to'g'risida Ma'lumot beriladi. Chunonchi, ularni o'sish joyi, mahsuloti,
tarkibidan tashqari, farmakodinamikasi, qisman farmakokinetikasi,
ishlatilish qoidalari, dori shakli va b. to'g'risida so'z yuritiladi.
Bayon etiladigan o'simliklarning ko'pchiligi Markaziy Osiyoda, ayrimlari esa sobiq Ittifoq hududida o'sadi va o'stiriladi. Ulardan tibbiyot amaliyotida keng miqyosda dori vositalari sifatida ishlatiladigan turlari to'g'risida Ma'lumot beriladi.
Belladonna. Krasavka (Atropa L.)
Oddiy (dorivor) belladonna (Atropa velladonna L.), Kavkaz belladonnasi (Atropa caucassa Kreuer) ituzumdoshlar-Solanaceae oilasiga mansub. Belladonna ko'p yillik, bo'yi 2 m gacha yetadigan o'simlik.
Har ikkala o'simlik yovvoyi holda asosan Kavkaz, Qrim, Karpatda o'sadi. Ko'proq Krasnodar o'lkasida va Ukrainada o'stiriladi.
O'simlikning
mahsuloti bargi, ustki qismi va ildizi hisoblanadi. O'simlikning hamma qismlari zaharli va ularning tarkibida atropin, skopolamin, giossiamin alkaloidlari bor: bargida- 0,14-1,20%, poyasida 0,2-0,65%, gulida - 0,24-0,6% ,pishgan mevasida esa 0,7% gacha.
rasm. Xolinergik nervdan impulsning o‟tish sxemasi.
Belladonnaning asosiy alkaloidi atropin (l va d- giossiamin aralashmasi) bo'lgani uchun o'simlikning farmakologik xossalari shu modda bilan ifodalanadi.
Atropinning asosiy farmakologik ta'siri M–xolinoretseptorlarga qaratilgan bo'lib, ularni bloklaydi. Boshqacha qilib aytganda parasimpatik nervlarning postganglionar qismi-ning oxiridan impulslarni to'qima-larga (azolarga) o'tishini to'xtatadi. Chunki mediator atsetilxolinning ta'siri namoyon bo'ladigan to'qima sathida joylashgan postsinaptik parda- xolinoretseptor bloklanadi.
Shuning uchun ham atropin va unga o'xshash ta'sir qiladigan dori vositalarini M- xolinoblokatorlar yoki M-xolinolitiklar deb yuritiladi. Ularning farmakologik ta'siri natijasida quyidagi effektlar (o'zgarishlar) kuzatiladi.
a) Ko'zga ta'siri. Ko'z rangdor pardasining doira silliq mushaklarini bo'shashtirib qo'yadi va radial mushaklarning qisqarishi hisobiga ko'z qorachig'i kengayadi. Ma'lumki, doira mushaklar parasimpatik nerv bo'lgan ko'z harakati nervi bilan innervatsiya qilinadi.