Fitoterapiya



Download 1,95 Mb.
bet30/196
Sana10.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#441641
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   196
Bog'liq
To\'plam fitoterapiya

Qo'shimcha


    1. 5. M.N.Nabieva, E.Djo'raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.

    2. 6. M.N.Maxsumov. “Nazariy mashg'ulotlar matni”. 2000y., 1994.

7. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O'quv – uslubiy qo'llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
5. www.ziyonet.uz
6. www.Lex.uz.
7. www.uzpharm-control.uz
8. www.doridarmon.uz www.uzpharmsanoat.uz























NAZARIY MASHG'ULOT №-2 MAVZU: Dorivor o'simliklar preparatlarini dozalash


    1. Dozalar.

    2. O'lchov birliklari.

    3. Dori vositalarining farmakokinetikasi

Tayanch so'zlari: letal doza, farmakokinetika, terapevtik doza
    1. Dozalar. Doza - konsentratsiya deb, farmakologik yoki dori moddasi yoki umuman kimyoviy moddaning eksperimental va klinik sharoitda bir marta yoki bir necha marta qo'llanadigan (qabul qilingan yoki yuborilgan) miqdoriga aytiladi.


Eksperimental va klinik amaliyotda dozalarning quyidagi turlari Ma'lum:

  1. O'ldiruvchi – letal doza.

  2. Zaharli - toksik doza.

  3. Terapevtik – davo dozasi.

Turli dorivor o'simlik va kimyoviy moddalarining farmakologik ta'sirini jonivorlarda tekshirib ko'rishda,ularning o'ldiradigan -letal dozasi (LD) aniqlanadi. Letal doza asosan ikki xilda bo'ladi: LD100 va LD50 . LD100 deb, kimyoviy birikmalarning shunday kichik miqdoriga aytiladiki, uni yuborilganda 100 foiz xayvonlar 24 soat mobaynida nobo'd bo'ladi. LD50 da - 50 foiz xayvonlar nobud bo'ladi. Buni o'rganilayotgan modda yoki dorining o'tkir zaharliligi deb yuritiladi.
SHuning bilan bir qatorda moddaning surunkali zaharliligi ham uzoq muddat davomida (2-3 oy) tekshiriladi. Olingan natija ushbu modda biologik faolligining ko'rsatkichi hisoblanadi. Bundan tashqari, kimyoviy moddaning terapevtik davolash dozasini yoki effekt dozasini aniqlash letal doza asosida topiladi. Farmakologik moddalarning terapevtik effekt beradigan samarali dozasi ko'pincha o'rtacha o'ldiruvchi dozaning 1:10; 1:20; 1:30 ni tashkil etadi.
Dori moddalarining zaharli dozasi o'ldiradigan miqdoridan kichik bo'lib, organizmga yuborilganda noxush va nojo'ya o'zgarishlarga sabab bo'ladi, organizmni zaharlaydi, lekin o'limga sabab bo'lmaydi. Bu xodisalar tibbiyot amaliyotida uchrab turadi. Ayniqsa, bu dori vositalarini dozasiga e‟tibor qilmay iste‟mol qilish yoki tananing doriga sezuvchanligining oshishi natijasida yuz beradi. Masalan, sulfanilamid preparatlarini noto'g'ri ishlatish natijasida qonda xar xil o'zgarishlar (gemoliz, leykopeniya, Me'da-ichak faoliyatining buzilishi), uxlatuvchi dori preparatlarining katta dozasidan esa komatoz (narkozga yaqin) holat kuzatilishi mumkin.
Terapevtik doza dori vositalariga taalluqli bo'lib, dorilarning bemorlarni davo qilish maqsadida ishlatiladigan miqdoriga aytiladi. Uning quyidagi turlari Ma'lum:

    1. Maksimal terapevtik doza.

    2. O'rtacha terapevtik doza.

    3. Minimal terapevtik doza.

Maksimal terapevtik doza zaxarli dozasidan kamroq bo'lib, dorilarning davo ta'siri yuzaga keladigan eng yuqori miqdoridir. O'rtacha terapevtik doza esa maksimal dozaning 1:2, 1:3, 1:4 ulushi bo'lib, davo bo'ladigan miqdori hisoblanadi.
Tibbiyot amaliyotida hamma dori vositalari, fitopreparatlar ham, davo qilish va profilaktika maqsadida asosan o'rtacha terapevtik dozada ishlatiladi. SHu tufayli dori vositalari farmastevtika zavodlarda, dorixonalarda mana shunday dozada tayyorlanadi, resteptlarda ham dorilar ushbu dozada ko'rsatilishi qabul qilingan.
Maksimal va o'rtacha terapevtik dozalar ikki turda bo'ladi: bir martalik va bir sutkalik (kecha-kunduzlik) doza. SHunday qilib, terapevtik dozalarning quyidagi turlari ishlatiladi:

  1. Maksimal terapevtik bir sutkalik doza.

  2. Maksimal terapevtik bir martalik doza.

  3. O'rtacha terapevtik bir sutkalik doza.

  4. O'rtacha terapevtik bir martalik doza.

Dorilarning bir martalik dozasi ularning bir marta beriladigan miqdoridir. Bir sutkalik dozasi esa bir kecha-kunduz davomida qabul qilingan umumiy miqdori. Masalan, belladonna ekstraktining farmakopeya bo'yicha bir martalik maksimal terapevtik dozasi - 0,05 g, o'rtacha bir martalik terapevtik dozasi - 0,015 g, o'rtacha bir sutkalik terapevtik dozasi esa -0,045 g ga teng.
Tibbiyot amaliyotida bemorlarga davo qilishda asosan o'rtacha terapevtik doza ishlatiladi. Ayrim hollarda dori maksimal terapevtik dozada ham beriladi (sulfanilamid va antibiotiklarning zarbali dozasi). Ayniqsa surunkali kasalliklarda dorilar kurs dozasida ham berilishi mumkin (sil, zaxm va boshqa kasalliklar). Umuman olganda dorilarni dozalashda kasallikning turi, uning kechishi, bemorning ahvoli va boshqalar hisobga olinadi. Masalan, kasallik engil kechganda minimal terapevtik doza, og'ir kechganda esa maksimal davolash doza olinishi mumkin.
Dori vositalari minimal terapevtik dozada kamroq qo'llanildi. U ham yuqorida aytilganidek bir martalik va bir kecha-kunduzlik bo'ladi.
Dori vositasining bir martalik minimal terapevtik dozadan to maksimal davolovchi dozasigacha bo'lgan oraliq uning terapevtik spestifik ta'sir doirasi deb ataladi. Maksimal terapevtik dozaning terapevtik minimal dozaga nisbati dorining terapevtik spestifik indeksi deb yuritiladi. Ushbu ko'rsatkich qanchalik katta bo'lsa dori vositasi shunchalik xavfsiz hisoblanadi. Terapevtik ta'sir doirasi - minimal terapevtik dozadan minimal letal dozagacha bo'lgan oraliqdir. Bu qanchalik keng bo'lsa dori vositasi shuncha zararsiz hisoblanadi. Masalan, benzilpenistillining terapevtik indeksi 100 ga teng, Yurak glikozidi digitoksinnika esa 1,5-2.
Eksperimental farmakologiyada dori vositalarining terapevtik indeksi ular LD50 ning o'rtacha samarali dozasiga (YED50) nisbati bo'yicha aniqlanadi. Ayollarga doza hisoblashda erkaklar dozasining 4:5 qismi olinadi. 60 yoshdan oshgan bemorlarga esa dozaning 1:2, 1:3 qismi olinadi.
Bolalarga doza belgilash ancha murakkab bo'lib, aniq tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Bolalarga dori dozasini aniqlashda quyidagi formulani qo'llash ancha qulay hisoblanadi: bola yoshi, katta yoshdagi odam dozasi X bola tana vazni og'irligi 70
70 - o'zgarmas son bo'lib, katta yoshdagi odamning o'rtacha og'irligi olingan.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish