Ibn Sinoning «Tib qonunlari»da qayd etilgan dorivor o‘sim- liklar, ularning ishlatilishi va qo‘llash usullari alohida ahamiyatga ega. Chunki ibn Sino o‘zigacha o‘tgan tabiblarning tajribalarini sinchiklab o‘rganib, ularni yanada mukammallashtirgan, ularga yangi muolajalar qo‘shib, o‘sha davrdagi xalq tabobatida ishlatib kelingan dorivor o‘simliklar va mevalarning tibbiyotdagi ahami- yatini har tomonlama ochib bergan. Shuning uchun ham ibn Sino merosini o‘rganish, u ishlatgan dori vositalarini ilmiy va nazariy tomondan asoslab berish va hozirgi zamon tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish farmakologlar, fitoterapevtlar va provizorlarning davr talabidan kelib chiqqan muhim vazifalari qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |