Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni inobatga olib va ularni amalga oshirishda Respublikamiz Prezidenti tomonidan 1999- yil 6-yanvarda qabul qilingan «Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni katta rol o‘ynaydi. Ushbu farmonda jumladan, «Ibn Sinoning ijobiy merosini» chuqur o‘rganish ishlarini tashkil etish, buyuk olim asarlarini tartibga solish va ularni nashr etishga ko‘maklashish va ibn Sinoning tibbiy va ilmiy-ma’naviy merosiga oid tadqiqotlar olib borish, olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlar uchun ibn Sino nomidagi mukofot ta’sis etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab- quvvatlash masalalari ko‘tarilgan. Ushbu farmon o‘zining ijobiy natijalarini berayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |