To‘rtinchi bosqich 2008 yildan hozirgi vaqtgacha davom
etib kelmoqda. Mazkur davrda yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksi tasdiqlanib, 2008 yil 1 yanvardan
kuchga kiritildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining avvalgisidan asosiy
farqi ushbu Kodeks to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasir kuchiga ega bo‘lgani,
yani har bir soliqni hisoblash va to‘lash tartiblari turli huquqiy-
me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar asosida amalga oshirilmasdan,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri Soliq kodeksida aks ettirilganidir.
Shu bilan birga, Kodeksda soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida soliq to‘lovchilar, shuningdek, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur
elementlar belgilab qo‘yilgan taqdirdagina soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar belgilangan, deb hisoblanishi, soliqlar va
Do'stlaringiz bilan baham: |