24
М A V Z U
FISKAL SIYOSAT, DAVLAT
BYUDJETI VA UNING TAQCHILLIGI
REJA
1.
Davlatning fiskal siyosati,
uning maqsadi va iqtisodiy
dastaklari
2. Moliyaning mohiyati va
vazifalari. Moliya tizimi
3. Davlat byudjeti va uning
taqchilligi
4. Soliqlar, ularning turlari
va
takomillashtirish
vazifalari
Mavzuning
qisqacha
tafsiloti.
Ushbu mavzuda fiskal siyosat,
dalat byudjeti va uning taqchilligi
berilgan. O’zbekistonda amalga
oshirilayotgan fiskal siyosat va
xorij tajribasi batafsil ko’rib
chiqilgan. Soliqlarning mohiyati,
O’zbekiston soliq siyosati va shu
mavzuga
doir
statistik
ko’rsatkichlar berilgan.
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
449
Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy
dastaklari
Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlarni bir
maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflyasiya
sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida
soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga
qaratilgan.
Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega
bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal
ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar
stavkalarini
pasaytirish
yoki
bu
choralarni
o‘zaro
uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni engib o‘tish
maqsadida
ishchan
iqtisodiy
faoliyatni
rag‘batlantirishga
yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy
o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning
mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat
diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u
prezidentning
iqtisodiy
maslaxatchilari
kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident
tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish
va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch
iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib
belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion
o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular
avtamatik ravishda ro‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga
keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki
“avtomatik”), xisoblanadi
1
.
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya)
qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish
maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib
iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga
imkon beradi.
Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil
qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar
sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning
iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini
asoslash
va
milliy
iqtisodiyotning
muvozanatligini
ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy
tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo
bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy
1
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-209